O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet148/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Agentlik muammosi
Agentlik muammolari (va agentlik xarajatlari) aksiyadorlar bilan top-menejerlar turli maqsadlarga ega bo‘lgan joyda yuzaga kelish tendentsiyasiga ega. Skuli va Barni (Schooley and Barney, 1994) bir qator misollarda agar top-menejerlar bir vaqtning o‘zida aksiyadorlar bo‘lsa, dividendlar bo‘yicha agentlik muammosi deyarli yo‘q bo‘lishini ko‘rsatadi. Shuningdek, —Mijoz ta‘siri” bo‘limida qayd etilgan Allen, Bernado va Uelch (Allen, Bernado and Welch, 2000) tadqiqotiga ham qarang.
Dividendlar qayta investitsiyalash
MM aksiyadorlar dividendlarni rad qilishi mumkinligini va ularni shu kompaniyaga qayta investitsiya qilishlarini ko‘rsatdi. Ba‘zi ingliz kompaniyalari ushbu amaliyotni aksiyadorlar uchun nisbatan soddalashtiradilar. Masalan, "Royal and Sun Alliance Group plc” sug‘urta kompaniyalari hamda —Kingfisher plc” kompaniyasi o‘z aksiyadorlariga naqd yoki qo‘shimcha aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar olish huquqini beradi.
Bir qator kompaniyalar aksiyadorlar tomonidan aksiyalar xaridi ular uchun eng kam xarajatlar bilan amalga oshirilishi uchun alohida aksiyadorlarga tegishli aksiyalarni fond birjasida sotib olishda dividend to‘lovlaridan foydalanadi. Ushbu kompaniyalar quyidagilardan iborat:
British Petroleum plc, Dixons Group plc, Rio Tinto plc, GKN plc, Manchester United plc va Scottish and Newcastle plc.
Ierarxiya nazariyasi
lerarxiya nazariyasini qo‘llashga oid amaliy misollar oldingi boblarda ko‘rib chiqildi.
Biz u yerda nazariyani amalda qo‘llash borasida ishonchli ma'lumotlar yo‘qligini ko‘rdik.


    1. Dividend muammosi bo‘yicha xulosalar



Moliyaviy leverej holatida bo‘lgani kabi, MM yoki an‘anaviy yondashuv tarafdorlaridan qay biri o‘z da‘vosida haqligini aniqlay olmaymiz. Shu bilan birga, bizda bu masalalar bo‘yicha ma‘lum miqdordagi empirik bilimlar mavjud va shuning uchun biz bu ikki pozitsiyani o‘zaro bog‘lashga harakat qilamiz. MMning dividendlar siyosati muhim emasligi haqidagi bayonoti muayyan ma‘noga ega. Taxminlar to‘liq ishonarli emas, lekin ularning hech biri qat‘iy inkor etadigan darajada asossiz ham emas. Eng muhimi shundaki, faktlar MM pozitsiyasini tasdiqlaydi, ammo bu dividendlar darajasiga to‘laqonli mos kelmaydi.
Faktlar mijozlar ta‘siri mavjudligidan dalolat beradi: aniq aksiyalarga nisbatan dividend siyosati ma‘lum bir investor guruhini jalb qiladi. Mijozlar ta‘sirini tan olish ularda dividend to‘lovlari o‘zgarishiga qiziqish yo‘qligini ma‘lum darajada izohlashi mumkin.
Ehtimol, MM ning keng miqyosda mohiyatiga ko‘ra, dividendlar aksiyalar qiymatiga ta‘sir qilmaydi, deb hisoblaymiz, bu esa investorlarning kompaniyaning dividend siyosatini anglashiga bog‘liq. Dividendlar siyosati bo‘yicha investorlarni xabardor qilishning eng samarali usuli, odatiy izchil modelni yaratish va unga amal qilishdir. Ishonchliligini namoyish etmaslik, investorlar uchun noaniqlikka olib kelishi va aksiyadorlar uchun bu kompaniyani boshqasidan ajralib chiqishi kerakligi, shunda afzalroq dividend siyosati bo‘lishi mumkin.
Qanday bo‘lmasin, dividendlar siyosatidagi o‘zgarishlar shunchalik past narxlarda va kapitalning yuqori xarajatlariga olib keladi. Bu shuni anglatadiki, likvidlik dividendlar qarorida ayniqsa muhim omil bo‘lmasligi mumkin va kompaniyalar dividendlarni to‘lash uchun etarli mablag‘lar mavjudligini tasdiqlashga harakat qiladilar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling