O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Dividendlarning axborot tarkibiy qismi (signal)


Download 0.77 Mb.
bet145/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Dividendlarning axborot tarkibiy qismi (signal)
Pettit (Pettit, 1972) fond bozori dividend haqida xabarlarni aksiyalarni baholash uchun axborot sifatida hisobga olishi bo‘yicha taxminning yaqqol tasdig‘ini aniqladi.
Bu xulosa keyinchalik, masalan, Axaroni va Suori (Aharoney and Swary, 1980) tadqiqotlarida ham tasdiqlangan. Nissim va Ziv (Nissim and Ziv, 2001), o‘zgarishlar amalga oshgandan keyingi davrda dividendlardagi o‘zgarishlar daromadlilik darajasi haqida ma‘lumot berishini aniqladi. Dividendlar ko‘payishi, odatda, dividendlar ortishi ortidan ikki yil mobaynida buxgalteriya foydasi ham o‘sishini anglatadi. Bu Fama va French xulosalariga mos keladi (Fama and French, 1998, yuqoriga qarang). Dividendlarning axborot ta‘siri haqida ma‘lumotlar rad etilmas deb tasavvur qilinadi.
Mugue va Rao (Mougoue and Rao, 2003) barcha kompaniyalar ham dividend siyosati vositasida kelajakdagi daromadliligi bo‘yicha axborot berishga intilmasligini aniqladi, so‘rovda qatnashgan kompaniyalarning faqat to‘rtdan bir qismi shunday yo‘l tutgani ma‘lum bo‘ldi. Mualliflar, o‘z holatini ma‘lum qilgan kompaniyalarning kichik ekanligi, aktivlarining o‘sish sur‘atlari pastligi va o‘rtacha ko‘rsatkichga qaraganda yuqoriroq moliyaviy leverijga ega ekanligini qayd etgan. Deuenter va Uorter (Dewenter and Warther, 1998) AQSH va Yaponiyadagi signal berish samarasini solishtirgan. Ular dividend darajasi AQSHda Yaponiyaga qaraganda ko‘proq ma‘lumot tashiydi degan xulosaga kelishadi. Bu esa Yaponiyada investorlar bilan menejerlar o‘rtasida yaqin munosabatlar bilan shartlangan, shuning uchun investorlar tomonidan olinayotgan axborotning yuqori sifati ta‘minlanadi. Mazkur holat Yaponiyada agentlik muammosining ko‘lami kichik ekanligidan dalolat berishi mumkin. Aksiyadorlarda axborot etishmasligi agentlik xarajatlarining asosiy sababini tashkil etadi.
Mijozlar ta’siri
Elton va Gruber (Elton and Gruber, 1970) mijozlar ta‘sirini baholash uchun ancha qiziq tadqiqotni amalga oshirishdi. “Dividendli” aksiyalardan —dividendsiz” (bevosita dividend to‘lovi oldidan) aksiyalarga o‘tish sharoitida aksiyalar narxining pasayishini kuzatar ekan, mualliflar kompaniya aksiyalarining ixtiyoriy egasi uchun chegaraviy daromadga o‘rtacha soliq stavkasini aniqlash imkoniga ega bo‘lishdi. Ular dividendlarning ko‘p ulushini oluvchilarda daromad solig‘i stavkasi pastroq, dividend to‘lovlarining kam ulushini oluvchilarda soliq stavkasi yuqoriroq ekanligini payqab qolishdi, ya‘ni, mijozlar ta‘sirini aniqlashdi.
Pettit (Pettit, 1977) yirik amerika birja maklerining ko‘p sonli mijozlarining qimmatli qog‘ozlar portfellari to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega bo‘ldi. U daromadiga soliq nisbatan yuqori stavkali, yosh, shuningdek, o‘rtachadan yuqori riskni qabul qilishga moyil investorlarga (yuqori beta- koeffitsiyentli aksiya egalari) past darajali dividend taqdim etilishini aniqladi.
Biroq Lyulin, Stenli, Liz va Sklarbaum (Lewellen, Stanley, Lease and Schlarbaum, 1978) xuddi shu ma‘lumotlarni foydalanib, lekin Pettitdan farqli o‘laroq boshqa yondashuvni qo‘llagan holda qarama- qarshi xulosaga kelishdi: ularning fikricha, mijozlar bazasining faqat juda zaif ta‘siri mavjud. Littsenberger va Ramasvami (Litzenberger and Ramaswamy, 1982) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari mijozlarning ta‘siri mavjudligini tasdiqladi. Krosslend, Dempsi va Moyzer (Crossland, Dempsey and Moizer, 1991) Buyuk Britaniya ma‘lumotlaridan foydalangan holda, mijozlarning sezilarli ta‘siri bo‘yicha yaqqol dalillarni qo‘lga kiritishdi. Allen, Bernado va Uelch (Allen, Bernado and Welch, 2000) mijozlar va agentlik muammolari o‘rtasidagi qiziqarli munosabatlarni topdi. Ularning ta‘kidlashicha, dividendlar to‘layotgan kompaniyalar institutsional investorlarni jalb etishga odatlangan, ularning ko‘pchiligi soliqlardan ozod qilingan (sug‘urta, pensiya jamg‘armalari kabi). Ushbu muassasalar, odatda, yirik investorlar bo‘lgani va mutaxassislar tomonidan boshqarilgani tufayli, o‘zlari investitsiya kiritayotgan kompaniyalarda menejment sifatini tekshirish uchun tegishli choralar ko‘rishadi. Umuman olganda, mijozlar ta‘siriga oid turli tadkikotlar uning mavjudligini tasdiqlaydi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling