O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Dividend siyosatining barqarorligi


Download 0.77 Mb.
bet144/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Dividend siyosatining barqarorligi
Tasodifiy kuzatuvlar ma‘lumotlariga ko‘ra, menejerlar dividendlar haqidagi qarorlarni muhim deb bilishadi. Shu bilan birga, ular erishilgan darajadagi dividendlarni ushlab turishga harakat qilishadi; dividend to‘lovlarini kamaytirish juda kam uchraydi.
Bu izchil tadqiqotlar bilan sezilarli darajada tasdiqlanadi.
Beyker, Pauell va Veyt (Baker, Powell and Veit, 2002) muntazam ravishda dividendlar to‘laydigan eng yirik amerika kompaniyalarining 187 nafar yuqori bo‘g‘in moliyaviy menejerlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rov natijasiga ko‘ra, menejerlarning 90% dan ziyodi quyidagi fikrlarga rioya etishi aniqlangan:


  • Kompaniya kelajakda dividendning yanada yuqori darajasini ta‘minlashga qodir ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib dividendlarni oshirmaslik kerak (93%).



  • Hech qachon dividend to‘lovini e‘tiborsiz qoldirmaslik kerak (95%).



  • Bozor dividend to‘lovlarining barqaror darajasini saqlab turuvchi kompaniya qiymatini dividendlar to‘lashga foydaning doimiy ulushini yo‘naltiradigan (shuning uchun to‘lov hajmi foyda darajasi o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi) kompaniyaga nisbatan yuqoriroq baholaydi (94%).



So‘rovda qatnashgan menejerlar muntazam ravishda dividendlarni to‘layotgan kompaniyalarning vakillari bo‘lganligini e‘tiborga oling, ya‘ni, ular respondentlarning tasodifiy tanlovi emas edi.
Ma‘lum darajada menejerlarning o‘z mulohazalarida adolatli bo‘lgani yoki bo‘lmagani muhim emas.
Agar ular kamaymaydigan va to‘lanmay qolmaydigan muntazam ravishda to‘lanuvchi dividendlar investorlarga foyda keltiradi, deb taxmin qilishsa, aftidan, aynan shunday dividend siyosatini amalga oshirishga intilishadi.
Dividendlarning aksiya bahosiga ta’siri
Frend va Pakett (Friend and Puckett, 1964) aksiyalar bahosi va kompaniyaning dividend siyosati o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tadqiq qilishdi. Ushbu mualliflar bir qator metodologik muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, dividendlar va aksiyalar qiymati o‘rtasida yaqin korrelyatsiyani aniqlashmadi.
Blek va Shulz (Black and Scholes, 1974) tomonidan ham Frend va Pakett tadqiqotiga o‘xshash tadqiqot o‘tkazildi, lekin ular avvalgi tadqiqotlarga xos ayrim qiyinchiliklarni yengib o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ularning tadqiqotlarida soliqqa tortishdan oldin ham, keyin ham dividendlar darajasining ortishi yoki pasayishi daromadlilik o‘sishi yoki kamayishiga olib kelishiga doir hech qanday dalil aniqlanmadi.
Buyuk Britaniya va AQSH ma‘lumotlari asosida o‘tkazilgan ko‘p sonli keyingi tadqiqotlarda ham dividend miqdori bilan aksiyalar qiymati o‘rtasidagi chambarchas aloqa mavjudligi aniqlanmadi. Buni ilk marta Fama va French (Fama and French, 1998) aniqlash imkoniga ega bo‘ldi. Olimlar dividendlarning o‘sishi bozor tomonidan menejerlarning o‘sgan kutishlari haqida signal sifatida baholanishini taxmin qildilar. Bu kompaniya aksiyalarining bahosi o‘sishiga olib keladi, chunki investorlar biznes qiymatini qayta baholashadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling