O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet26/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Dastlabki farazlar
X va Y loyihalari bo‘yicha tahlilimiz va umuman mustaqillik teoremasi quyidagi to‘rtta asosiy farazga tayanadi:
  1. Investitsiyalar faqat bir yil davom etadi.


  2. Investitsiyalardan daromad aniq ma‘lum: masalan, agar X loyihasi qabul qilinsa, kelgusi yilda biz 120 000 f. st. olishimizga shubha qolmaydi.


  3. Har bir odam yaxshiroq moddiy holatni yomonroq moddiy holatdan afzal ko‘radi.


  4. Qarzdorlar va kreditorlar uchun foiz stavkalari jismoniy shaxslar uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham teng va bir xildir.


Ushbu farazlardan ayrimlari, ayniqsa, birinchi ikkitasi aniq norealdir. Biroq ular mustaqillik teoremasini jiddiy zaiflashtirishi yoki zaiflashtirmasligini va undan chiqarilgan xulosalarni baholashning imkoniyati yo‘q hisob. Teorema haqiqatga unchalik muvofiq bo‘lmasada, u ma‘lum darajada real investitsiya qarorlarini qabul qilish nuqtayi nazaridan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish imkonini beradi. Shubhasiz, teorema ushbu kitobda biz keyinroq duch keladigan bir qator asosiy moliyaviy nazariyalar poydevorini tashkil etadi.


Xirshleyfer mustaqillik teoremasi isboti ushbu bobga ilovada keltirilgan.


    1. Nazariya va amaliyot

Biznes moliyasi nimani o‘rganishi va moliyaviy qarorlar nima uchun qabul qilinishini muhokama qildik. Shuningdek, moliya va investitsiya masalalari bo‘yicha qarorlarni qanday qabul qilish kerakligi to‘g‘risida ayrim nazariy xulosalarni tahlil qilib chiqdik. Kitobning keyingi bobida bunday qarorlar nazariyada qanday qabul qilinishi kerakligi va ular amaliyotda qanday qabul qilinishini ko‘rib chiqamiz. Nazariya va amaliyot o‘rtasida yuzaga keladigan farqlarni solishtirishga urinib ko‘ramiz.


REZYUME
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish oltita bosqichga ega:
  1. Maqsadlarni shakllantirish.


  2. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishini belgilash.


  3. Qaror qabul qilishga tegishli ma'lumotlarni to‘plash.


  4. Ma‘lumotlarni baholash va qaror ishlab chiqish.


  5. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish.


  6. Qaror qabul qilish natijalari monitoringini o‘tkazish.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling