O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet27/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Biznes maqsadlari
  • Turli imkoniyatlar taklif etilgan: masalan, daromadni


maksimallashtirish.


  • Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish hamma joyda asosiy maqsad sifatida e‘tirof etilgan, chunki daromad va xavfni hisobga oladi hamda baholashning amaliy mezonlarini o‘z ichiga oladi.




Agentlik munosabatlari muammosi
  • Aksiyadorlar va direktorlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi.


  • Agentlik munosabatlari muammosi aksiyadorlar uchun xarajatlarga olib kelishi mumkin.


  • Biznes mablag‘lari turli sohalarda yuzaga keladi.




Kreditlash, investitsiyalash va mustaqillik
  • Agar mablag‘larni qarz olish va kredit bilan ta‘minlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, investitsiya va moliyaviy qarorlar bir-biridan mustaqil ravishda qabul qilinishi mumkin.


  • Kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish maqsadida investitsiya qilish uchun mablag‘larni qarz olish va kredit bilan ta‘minlash foiz stavkasiga nisbatan yuqoriroq daromadlilik darajasi mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanishlari kerak.


  • Ayrim aksiyadorlarning shaxsiy xohish-istaklari direktorlar uchun ahamiyatga ega emas, chunki aksiyadorlar o‘z farovonligini o‘zlari maksimallashtirishlari mumkin.


  • Moliyalash usullari aksiyadorlar farovonligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.


• Ushbu xulosalar vaziyatni soddalashtiruvchi dastlabki farazlar asosida chiqarilgan.


NAZORAT SAVOLLARI
  1. Qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan axborot ahamiyatli va qimmatli bo‘lishi uchun ikkita mezonga javob berishi kerak. Ushbu ikkita mezon qanday mezonlar?


  2. Nima uchun daromadni maksimallashtirish aksariyat kompaniyalar uchun maqsadlarni belgilash sifatida yetarli emas?


  3. Juda yuqori narxlarni belgilash orqali iste‘molchilarni ekspluatatsiya qiladigan monopolist-kompaniya harakatlari aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish maqsadlariga muvofiqmi? O‘z javobingizni izohlab bering.


  4. Kompaniya ixtiyorida 1 mln f. st. mavjud. Menejerlar ushbu summa yoxud ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi, yoxud aksiyadorlarga dividendlar sifatida to‘lanishi mumkinligini yaxshi tushunadilar. Mustaqillik teoremasiga muvofiq menejerlar qanday yo‘l tutishlari kerak? Kompaniya bir vaqtning o‘zida mablag‘larni investitsiya qilishi va dividendlar to‘lashi mumkinmi? O‘z javobingizni izohlab bering.


  5. Mustaqillik teoremasiga muvofiq, nima uchun moliyalash (aksiyadorlik kapitali yoki kredit) usulini tanlash aksiyadorlar farovonligiga ta‘sir ko‘rsatmasligini izohlab bering.


  6. Nima uchun amaliyotda kompaniya tomonidan dividendlar to‘lovlari uchun ssuda olinishi iqtisodiy jihatdan alohida aksiyadorlar tomonidan o‘zini naqd mablag‘lar bilan ta‘minlashi uchun ssuda olinishiga teng qimmatli emas? (E‘tibor bering, mazkur bobda ushbu savolga bevosita javob berilmagan. Shunga qaramay, asosiy bilimlar va sog‘lom ma‘no uyg‘unligi sizga to‘g‘ri xulosalarga kelishga yordam berishi kerak).





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling