Mavzu: Manfaatlar to‘qnashuvi: aksiyadorlar menejerlarga qarshi. Agentlik munosabatlari muammosi
Download 9.77 Kb.
|
MMT 97-2 Eshqobilova Mahzuna BM
Mavzu: Manfaatlar to‘qnashuvi: aksiyadorlar menejerlarga qarshi. Agentlik munosabatlari muammosiNazariy jihatdan kompaniyalar faoliyati aksiyadorlar tomonidan nazorat qilinishiga qaramay, amaliyotda kompaniyalar faoliyatining kundalik nazorati aynan menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday taxmin bildirilganki, ayrim kompaniyalar aksiyadorlar boyligini oshirish (maksimallashtirish) o‘rniga menejerlar farovonligini maksimallashtirishga yo‘naltirilgan siyosat olib borishi, shu bilan bir vaqtda aksiyadorlarga ortiqcha norozilik bildirmasliklari va menejerlarga noqulayliklar tug‘dirmasliklari uchun yetarlicha haq to‘lashi mumkin. Menejerlar o‘z farovonligini oshirishga urinishlarida yordam beradigan usullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:Nazariy jihatdan kompaniyalar faoliyati aksiyadorlar tomonidan nazorat qilinishiga qaramay, amaliyotda kompaniyalar faoliyatining kundalik nazorati aynan menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday taxmin bildirilganki, ayrim kompaniyalar aksiyadorlar boyligini oshirish (maksimallashtirish) o‘rniga menejerlar farovonligini maksimallashtirishga yo‘naltirilgan siyosat olib borishi, shu bilan bir vaqtda aksiyadorlarga ortiqcha norozilik bildirmasliklari va menejerlarga noqulayliklar tug‘dirmasliklari uchun yetarlicha haq to‘lashi mumkin. Menejerlar o‘z farovonligini oshirishga urinishlarida yordam beradigan usullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:o‘zlariga o‘zlari yuqori ish haqi va ustamalar to‘lash, biroq qonun bo‘yicha direktorlar ish haqi miqdoridan xabardor bo‘ladigan aksiyadorlarni xavotirga soladigan darajada juda katta emas; martabani oshirish imkoniyatlarini yaxshilash va ijtimoiy maqomni kuchaytirish maqsadlarida qo‘shilish va tashqi ekspansiya orqali shaxsiy boshqaruv sohalarini kengaytirish; diversifikatsiya hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish, bu, 7-bobda qayd etilganidek, aksiyadorlarga foyda keltirmasligi, biroq menejerlar barqarorligini sezilarli oshirishi mumkin. Menejerlar aksiyadorlar manfaatlariga zarar yetkazgan holda faqat shaxsiy manfaatlariga amal qilishlarini ta‘kidlash uchun hech qanday sabab yo‘q. Shunga qaramay, menejerlarning bir qismi, balki aksariyati kompaniya faoliyati to‘g‘risida qaror qabul qilishda o‘z farovonligini o‘ylashi mumkin. Bu, shubhasiz, aksiyadorlar nuqtayi nazaridan optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, menejerlar qarorlari ustidan nazorat uchun boshqaruv auditini o‘tkazish narxi ancha yuqori bo‘lib, bu audit qo‘llanishini foydasiz tadbirga aylantiradi. Menejerlar tomonidan aksiyadorlarning yuqori manfaatlariga javob bermaydigan qarorlar qabul qilinishi tufayli aksiyadorlar tomonidan ko‘rilgan yo‘qotishlar va/yoki menejerlar qarorlari ustidan nazorat uchun aksiyadorlar xarajatlari agentlik xarajatlari (agency costs) deb ataladi, chunki menejerlar aksiyadorlarning kompaniya aktivlari boshqaruvi bo‘yicha agentlari sifatida faoliyat yuritadilar. Agentlik xarajatlari - biznes mablag‘lari bir necha sohalarida yuzaga keladigan holat. Albatta, aksiyadorlar daromadiga bog‘liq qo‘shimcha haqlar va direktorlarga beriladigan aksiyalar uchun opsionlar - menejerlarni aksiyadorlar farovonligi kuchaytiriladigan tarzda kompaniyani boshqarishga undash uchun amalga oshiriladigan agentlik xarajatlariga misol bo‘la oladi. Kitobning keyingi bo‘limlarida agentlik munosabatlari muammolari paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan boshqa sohalarni turli nuqtayi nazarlardan ko‘rib chiqamiz. Shunga qaramay, muntazam ravishda optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qiladigan menejerlarga jiddiy jazo - biznesning yutilib ketish ehtimoli xavf soladi. Aksiyalari narxi aktivlardan to‘liqsiz foydalanishni aks ettiradigan kompaniya butunlay yutilib ketish obyektiga aylanib qolishi mumkin, buning natijasida beparvo menejerlar ishsiz qoladilar. Aksiyalarning yuqori narxi biznesni yutilib ketish uchun jozibasiz qiladi, shu tufayli menejerlarda aksiyalar narxini maksimallashtirish, hech bo‘lmasa oshirish yo‘nalishiga ko‘maklashishdan qonuniy manfaatdorlik mavjud. Download 9.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling