O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


-BOB. INVESTITSIYALARNI BAHOLASH USULLARI


Download 0.77 Mb.
bet28/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

3-BOB. INVESTITSIYALARNI BAHOLASH USULLARI
Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:
  • sof keltirilgan qiymat;


  • ichki daromadlilik stavkasi;


  • qoplash davri;


  • investitsiyalarni baholash usullaridan foydalanish amaliyoti.




3.1. Sof keltirilgan qiymat3
Qaror qabul qilish uchun asoslar
Kompaniyalar tomonidan qabul qilinayotgan investitsiyaviy qarorlarning muhimligini hisobga olib, taxmin qilish mumkinki, menejerlar yuzaga kelayotgan investitsiyaviy imkoniyatlarni baholashning mantiqiy va amaliy protsedurasiga muhtoj sanaladi. Mazkur protsedura aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishga ko‘maklashishi lozim. Shu bilan birga, yakuniy qaror qabul qilishda boshqa maqsadlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Biz ikkinchi bobda agar zayomlar va kreditlar, shuningdek, kompaniyalar va xususiy shaxslar uchun foiz stavkalari bir xil bo‘lsa, u holda muayyan vaqt davrida alohida olingan ixtiyoriy aksiyadorlik kompaniyasining xarid imkoniyatini oshiruvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyiha boshqa har qanday vaqt davrida qolgan aksiyadorlarning xarid qobiliyatini ham oshiradi. (2- bobning 2.2-misolida uchta aksiyador pullarni turli vaqt davrida sarf qilmoqchi bo‘lganligiga qaramay, X loyihani qabul qilishdan ularning barchasi foyda olganligini eslatib o‘tamiz.)
Shunday qilib, taxmin qilish mumkinki, bizning baholash protseduramiz hozir, bir yil keyin yoki vaqtning boshqa istalgan davrida erishilgan farovonlikka qaratilishi ahamiyatga ega emas. Agar mazkur
3Ayrim, jumladan, rasmiy manbalarda ushbu atama sof diskontlangan daromad tarzida tarjima qilinadi. - Mualliflar eslatmasi
loyihaning amalga oshirilishi joriy farovonlikni yaxshilasa, unda kelgusidagi farovonlik ham yaxshilanadi; joriy farovonlikni yuqori darajada yaxshilagan jarayon kelgusi farovonlikni ham yuqori darajada yaxshilaydi. O‘z navbatida, loyihani qabul qilish yoki uni rad etish uchun va ularni jozibadorlik jihatiga qarab tartiblashtirish uchun barqarorlik ta'minlangan holatda farovonlikka bo‘lgan ta'sir vaqtining qaysi davriga nisbatan baholanishi ahamiyatga ega emas.
Biz qarorlarni aniq, —joriy” davrda qabul qilishimiz sababli loyihani joriy farovonlikka bo‘lgan ta'sirini ko‘rib chiqish mantiqliroq ko‘rinadi. Aynan shunday yondashuv amaliyotda qo‘llaniladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling