O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Samaradorlikning kuchsiz shakli haqida xulosalar


Download 0.77 Mb.
bet95/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Samaradorlikning kuchsiz shakli haqida xulosalar
Samaradorlikning kuchsiz shaklini tadqiq qilish natijalari bo‘yicha umumiy xulosa shundan iborat bo‘lishi kerakki, kapital bozorlarida, shu jumladan LFB da sodir bo‘lgan hodisa samaradorlikning kuchsiz shakliga mos kelishi kerak. Samarasizlik sezilarsiz tarzda namoyon bo‘lishi mumkinligiga qaramay, umuman olganda, ular iqtisodiy ahamiyatga ega emas va dilerlik bitimi bo‘yicha xarajatlar bilan neytrallashadi.
Xususan, tasodifiylik narxlarning noratsional tarzda o‘rnatilganligini anglatmaydi. Aksincha, yangi ma‘lumotlar tasodifan paydo bo‘ladigan vaqtdan boshlab, agar bozor samarali bo‘lsa, buning qimmatli qog‘ozlar kursida aks etishi ham tasodifiy bo‘lishi kerak. Kursdagi muayyan o‘zgarishdan so‘ng, real voqealarga asoslangan holda, nima uchun shunday bo‘lganini to‘laqonli tushuntirish mumkin. Bu yerda tasodifiylik va asossizlikni aralashtirmaslik lozim. Trendlar doirasida kurs tebranishlari va o‘tgan sxemalar takrorlanishi mavjud ma‘lumotlar
ushbu kurslarda to‘liq aks etirilmaganligiga, ya'ni, kurslarni
o‘matishnmg samarasizligi va asossizligiga ishora qiladi.
Samaradorlikning o„rtacha shakli tadqiqi
Samaradorlikning o‘rtacha shaklini tadqiq qilish markazida qimmatli qog‘ozlarning muomaladagi kursiga ta'sir etishi mumkin bo‘lgan yangi axborotning kutilayotgan va kutilgan narxga nisbatan ta‘sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga bog‘liq masala turadi.
Qimmatli qog‘ozlar kurslarining yangi axborotga ratsional javob berishini tekshirish uchun samarali holat shuki, ba‘zi boshqaruv xatti- harakatlari yaqinroq ko‘rib chiqilganda bir qarashda tuyulganidek bo‘lib chiqmaydi. Agar qimmatli qog‘ozlar kursi voqea-hodisaning ratsional emas, balki yuzaki aks ettirsa, bu investorning soddaligi oqibatida bozor (o‘rtacha shaklda) samarasiz bo‘lganini anglatadi. Boshqacha aytganda, menejerlar investorlarni aldashga muvaffaq bo‘lgan.
Aksiyalarning bonusli emissiyasi
Kapitallashuv (capitalization) yoki aksiyalarning bonusli emissiyasi (bonus share issue) bu shunchaki mavjud aksiyadorlarga har birining kompaniyaga egalik ulushini oshirmagan holda aksiyalar sonini oshirishni ta‘minlaydigan buxgalteriya provodkasi sanalmaydi.
Masalan, aksiyalarining umumiy soni 1 millionni tashkil qiladigan kompaniyaning 100 dona oddiy aksiyasiga ega investor ushbu firma aksiyadorlik kapitalining o‘n mingdan bir qiymatiga egalik qiladi. Agar kompaniya aksiyadorlar o‘rtasida 1:2 nisbatda bonusli taqsimlash uchun aksiyalar emissiyasini amalga oshiradigan bo‘lsa, u holda bizning aksiyador endi 150 ta aksiyaga ega bo‘ladi, lekin chiqarilgan aksiyalarning umumiy soni endilikda 1 500 000 tani tashkil qilgani uchun, uning ulushi baribir kompaniya o‘z kapitali qiymatining taxminan o‘n mingdan biriligicha qolaveradi. Aksiyalarning bonusli emissiyasi natijasida aksiyadorlik kapitalining umumiy qiymati o‘zgarmaganiga bog‘liq ravishda, mantiqqa ko‘ra, aksiyalar kursi
shunday korreksiya qilinishi kerakki, emissiyadan so‘ng uchta
aksiyaning qiymati bungacha ikkita aksiyaning qiymati qancha bo‘lsa shunchani tashkil qilishi kerak. Sodda investorlar buni chindan ham foydali deb o‘ylashi va emissiyadan so‘ng emissiyagacha bo‘lgan qiymatga 2/3 nisbatda belgilangan kursni chinakam foydali bitim sifatida ko‘rib chiqishi mumkin. Bu ularni bozorga xaridor sifatida 153
chiqishiga turtki berib, narxlar ko‘tarilishiga olib keladi. Fyort (Firth 1977), shuningdek, Fama, Fisher, Jensen va Roll (Fama, Fisher, Jensen and Roll 1969) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, mos ravishda, LFB va Uoll Stritda (Nyu-York fond birjasi) bunday soddalikni namoyon etmadi, faqatgina qimmatli qog‘ozlar kurslari tabiiy ravishda o‘zgarib borishini ko‘rsatdi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling