O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet162/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Ma‘lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlarni kiritish, ko'rib chiqish va tahrir qilishni (shu jumladan operator tomonidan amalga oshiriladigan kuzatishlarni) ta’minlaydi.
Ma‘lumotlarni grafik usulida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga imkon beradi.
Ma‘lumotlarni o'zgartirish utilitalari ma’lumotlarning arifmetik o'zgarishlarini, navlarga ajratishning har xil turlarini (shu jumladan bir necha o'zgarishlar banki), ma’lumotlarni agregatsiyalash (bitta alomat bo'yicha tanlab olishni) bajaradi.
«Olimp» ADP dasturlari bilan statistik tahlilning quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regression, disperssion, diskriminantli, omilli va
komponentli qatorlar bog'liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar.
Dinamik ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi:

  • dinamik regressiyaning modellari;

  • chizikli regressiya asosida bashoratlash modellari;

  • garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari.

Yuqorida sanab o'tilgan modellarning har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu modelni ta‘riflovchi parametrlar majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondoshish kiritilgan imkoniyatlarni asta-sekin o'zlashtirishga va u bilan ishlashni engillashtirishga imkon beradi.
Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xusu-siy korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko'pliqdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi.
Regression tahlil asosida bog'liqliklar: to'g'ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to'g'ri chiziqli bo'lmagan shakllarini belgilash vazifasi yechiladi.
Komponentli va omilli tahlillar — ikkita bir-biridan tubdan farklanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtai nazaridan o'zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o'zgarshlar orasidagi tarkibiy bog'liqlikni aniqlash uchun hizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo'lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o'zgaruvchanlarni komponentli tahlilga nisbatan o'zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo'ladi. Umumiy omillar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash omilli tahlil vazifalaridandir.
Ushbu ADP asosida iqtisodiy tahlilni yo'lga qo'yishning yadrosi bo'lib statistik ma‘lumotlar bazasi xizmat qiladi (15.4-rasm).












Elektron pochta

Korporativ ma’lumotlar bazasi

Statistik ma’lumotlar bazasi

Audioaxborot

Grafiklar

Elektron jadvallar

Matnlar

Skaner


15.4 - rasm. Statistik ma’lumotlar bazasining tarkibiy tuzilmasi.
Vaqtli qatorlar tahlili statistik ta’riflami hisoblash, 16 vazifa bo'yicha o'sishlarining tahlili va ba‘zi moslashtirilgan paramеtrik modеllami o'z ichiga oladi.
Dinamik qator avtokorrеlyatsiyasi tahlili avtokorrеlyatsiya grafiki yordamida bajariladi.
O'sish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko'rib chiqiladi, unda vaqt asosiy o'zgaruvchi bo'ladi.
Chuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy usullarini qo'llashni ko'zda tutadi. Chastotali tahlil vazifalarini echish uchun chastotali filtrlash, garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan keng foydalanish mumkin.
MNCALC axborot texnologiyasi o'z vazifaviy imkoniyatlari bo'yicha Lotus yoki SuperCalcs ADPlariga o'xshash jadvalli protsessorlarni qo'llashga asoslangan.
«Olimp» paketidan foydalanuvchining nuqtai nazaridan MNCALC ma’lumotlar bazasi jadvaldan, uning har bir ustuni o'zgaruvchidan iborat bo'ladi, qatorlari esa o'zgartiruvchilar miqdoriga ega bo'ladi.
MNCALCning «Olimp» paketi standartli muharririga nisbatan afzalligi uning ma‘lumotlar butun majmuasini darhol aks ettirishi va tahrir qilishga imkon berishidan iboratdir.
Bundan tashqari, jadval uyachalarida shunday formulalar mavjud bo'lishi mumkinki, ular yordamida yangi o'zgaruvchilarni shakllantirish mumkin. Jadval uyachalari o'zgaruvchilarni nom-lashga va ma‘lumotlar majmualarini izohlashga imkon beruvchi turli matnli axborotlarga ega bo'lishi mumkin.
AIT dasturiy vositasi so'rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so'rovnomalar bo'yicha ma‘lumotlarni kiritishga mo'ljallangan. Ma‘lumotlar klaviatura yordamida namunaviy shakllarga keltiriladi. AIT so'rovnomalarda ko'proq uchrovchi savollarning beshta standartli turlariga ega.
AIT dasturi ma‘lumotlarni keyinroq «Olimp» ADP yordamida ishlash maqsadida tayyorlash uchun ishlab chiqilgan, ammo ma‘lumotlarni boshqa dasturiy mahsulotlar uchun tayyorlashda hamda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
AITda noyob foydalanish interfeysi amalga oshirilgan, u AIT bilan ishlashning tez va oson o'zlashtirish imkoniyatini beradi.
Windows muhitida ishlash uchun OLYMP dasturi versiyasining yaratilishi «Olimp» ADP rivojlanishida yangi qadam bo'ladi.
«Mezozavr» amaliy dasturlar paketi. Paket interaktiv rejimdagi SHKda ishlaydi, uning asosiy belgilanishi — vaqtli qatorlarning tahlilini o'tkazishdir. Tadqiqotchi xohishiga ko'ra mavjud raqamli axborotlarni ishlab chiqishning turli usullarini qo'llab va bunda olinadigan natijalar, ularning o'xshashligini tahlil qilish bilan «sinab ko'rish» zarur bo'lgan vaziyatga e‘tibor beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g'oyatda tezkor va samarali o'tadi. «Mezozavr» ADPdan o'rtacha (bir necha ming kuzatishlardan ortiq bo'lmagan) uzunlikdagi vaqtli qatorlarni tahlil qilish uchun foydalaniladi. Dialog foydalanuvchining istagiga ko'ra ruscha yoki inglizcha olib boriladi.
«Vaqtli qator» deganda vaqt davrida (masalan, har yili, har oyda, har 5 daqiqada) qadamba-qadam qilingan ba‘zi bir raqamli ta‘riflar orasidan kuzatishning izchilligi tushuniladi. Milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma‘lumotlarga har yillik, har choraklik, har oylik ishlab chiqarish, etkazib berishlar, tashishlar, iste‘mol hajmlari, narxlarning indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, xarajatlar, resurslar sarflanishi, sifat ta’riflarining evolyutsiyasi va boshqalar misol bo'lib xizmat qilishi mumkin.
«Mezozavr» ADP axborot kiritish va saqlash bo'yicha bir qator afzalliklarga ega: u o'z ma’lumotlar fayllarining standartiga ega, unda axborotini kiritish elektron jadvali turidagi ma‘lumotlar muharriri orqali amalga oshiriladi; standart fayllarda tah- lilni borishi davomida olingan har qanday ma‘lumotlarni saqlash imkoniyatlarini taqdim qiladi.
Bitta tahlil qilinadigan vaqtli qatorning chegaraviy uzunligi 18 ming belgiga teng, ammo bunday qatorning tahlil qilish imkoniyati g'oyatda cheklangan bo'ladi, shu bois 2—3 ming ma‘noga ega qatorlar bilan ishlash eng sifatliroq bo'ladi. Bir vaqtda 256 ta qatorchani tahlil qilish mumkin, ammo ularning miqdori, uzunligi 60 ming belgidan (tezkor xotiraning 640 Kbayt hajmida) oshib ketmasligi kerak. Bunda yoki haqiqiy vaqtli shkalalar 11 daqiqadan to istalgan vaqtgacha, yoki shartli vaqtli shkaladan foydalanish mumkin.
Ma‘lumotlarni tahlil qilish qurilgan jadvalli muharrir yordamida yoki grafik usulida amalga oshiriladi, ularni o'zgartirish esa ko'rilgan vazifalarning katta majmuasi bilan jihozlangan formulalar interpretatori yordamida hamda maxsus xarakterdagi o'zgarishlarning qo'shimcha menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma‘lumotlarning oldingi o'zgarishlarini bevosita ko'rsatish imkoniyati bor, u keyingi tahlil jarayonida hisobga olinadi. Katorlar ustidan barcha arifmetik operatsiyalarda vaqtli shkalalarning birga bo'la olishligi hisobga olinadi.
ADP vaqtli qatorlar tahlili bo'yicha quyidagi asosiy tadbirlarni: silliqlash, filtrlash, hamda har xil regression bog'liqliklarni amalga oshiradi. Barcha tadbirlar turli shakllarni o'rnatish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi interaktiv imkoniyatlarning katta soniga ega qudratli grafik qo'llab-quvvatlash bilan ta‘minlanadi.
Statistika sohasiga zamonaviy AAT va AATexni keng tadbiq qilish barcha hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnattalablikni kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi.

    1. Davlat statistika hisobotlarini elektron ko'rinishda shakllantirish
      va taqdim etish


"eStat 2.0" Davlat ctatistika hisobotlarini elektron shaklda yig'ish avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o'rinlarda - tizim), yuridik shaxslar tomonidan davlat statistika hisobotlarini tayyorlash, to'ldirish va davlat statistika organlariga elektron ko'rinishda taqdim etish bo'yicha ishlarni bajarish uchun mo'ljallangan.



    1. rasm. "eStat 2.0" statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etish oynasi

Tizimni yaratishdan quyidagi maqsadlar ko'zlangan:

  • davlat statistika hisobotlarini taqdim etish va yig'ishda dasturiy va

telekommunikatsion vositalar yordamida axborot almashinuvi uslublarini joriy etish;

  • yuridik shaxslar tomonidan statistika hisobotlarini elektron ko'rinishda tashkiliy ravishda taqdim etish;

  • elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda foydalanuvchilarni indentifikatsiyalash va avtorlashtirish bo'yicha zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni qo'llash va foydalanish.




    1. rasm. eStatSetup2.0.exeni ishga tushiring va Masterning ko‘rsatmalari
      asosida eStat 2.0 dasturini o‘rnatish

Dasturni ishga tushirish jarayonida tashkilotni tanlashning dialog oynasi ochiladi.

15.7-rasm. Dasturni ishga tushirish oynasi

Dialog oynasida quyidagi menyular mavjud:
«Tanlash» - Tashkilot (korxona)ni tanlash;
«Qo'shish» - Yangi tashkilot (korxona)ni qo'shish;
«O'zgartirish» - Tashkilot (korxona) rekvizitlarini o'zgartirish;
«O'chirish» - Tanlangan tashkilot (korxona)ni o'chirish;
«Chiqish» - Dasturdan chiqish;
Yuridik shaxs to'g'risida ma‘lumotlarni kiritish uchun «Tashkilot rekvizitlari» oynasi ochiladi:

15.8-rasm. «Tashkilot rekvizitlari» oynasi

Tashkilotni tanlash oynasida kerak tashkilotni tanlab «Tanlash» tugmasini bosing. «Mijoz»ning asosiy oynasi ochiladi:

15.9-rasm. «Mijoz»ning asosiy oynasi
eStat 2.0 dasturining interfeysi o'zida 4 ta katalogni jamlagan: «Qoralanmalar», «Yuborilganlar», «Arxiv», «Shakllar».
«Qoralanmalar» katalogi yangi hisobotlarni tuzish va ular bilan ishlashga mo'ljallangan.
«Yuborilganlar» katalogida statistika organlariga ko'rib chiqish uchun jo'natilgan hisobotlar saqlanadi. Katalog interfeysi yordamida respondent hisobotning holatini tekshirishi, o'zgartirishlar kiritish uchun ko'chirma olishi, ko'rish uchun ochishi, o'chirishi, qabul qilingan hisobotni arxivga jo'natishi mumkin.
«Arxiv» katalogi chaqirilganda quyidagi 2 holat taklif etiladi:
«Ochish» - arxivdagi hisobotni ochish;
«O'chirish» - arxivdan hisobotni o'chirish.
«Shakllar» katalogi avtomatik usulda kerakli hisobotlarning namunalarini tanlash va yuklab olish, hamda ular bo'yicha yangilanishlarni tekshirish imkonini beradi.
«Shakllar» katalogi yordamida kerakli hisobot namunalarini tanlang va yuklab oling.

15.10-rasm.«Shakllar» katalogi oynasi

Hisobot tuzish uchun «Hisobot turkumi» satrida kerakli hisobotni, «Hisobot davri» satrida esa hisobotni topshirish muddatini tanlab «Yaratish» tugmasini bosing. Hisobotni tahrir qilish oynasi ochiladi.

15.11-rasm. Hisobotni tahrir qilish oynasi.


Hisobotni to'ldiring va «Hisobotni saqlash» tugmasini bosing. Hisobotda xatoliklar mavjud bo'lsa, ularning batafsil bayoni keltirilgan oyna ochiladi.
Jo'natish uchun hisobotni tanlang va «Yuborish» tugmasini bosing.
Hisobot muvaffaqiyatli ravishda jo'natilgan holda, Siz statistika organlaridan hisobot olinganligi haqida xabarnoma olasiz.



    1. rasm. ««Inspektor» maxsus dasturi oynasi

Statistika organlari xodimlari tomonidan «Inspektor» maxsus dasturi yordamida elektron shakldagi hisobotlar qabul qilinadi va qayta ishlanadi.
Qayta ishlashga qabul qilingan hisobotlar «Необработанные» katalogida namoyon bo'ladi. Qayta ishlash natijalariga ko'ra hisobotlar «Принятые» yoki «Отклоненные» katalogidan joy oladi.
Jo'natish uchun hisobotni tanlang va «Yuborish» tugmasini bosing.
Hisobot muvaffaqiyatli ravishda jo'natilgan holda, Siz statistika organlaridan hisobot olinganligi haqida xabarnoma olasiz.
Nazorat savollari

  1. Dаvlаt stаtistikа idоrаlаrining vаzifаlаrini aytib bеring.

  2. Statistik ахbоrоt tizimlari оldigа murakkab tizim sifаtidа qаndаy talablar qo'yiladi?

  3. Statistik vazifalar qanday vazifalarga bo'linadi?

  4. ADPlari qanday statistik axborotlarni tahlil qilish va bashoratlashga imkon beradi?

  5. Respublika darajasida ko'rsatkichlar Mb muhitida ma’lumotlarning qanday bazalaridan foydalaniladi?

  6. —Olimp” amaliy dasturlar paketi qanday vazifalarni yechishga mo'ljallangan?

  7. «Mezozavr» amaliy dasturiy paketi qanday vazifalarni echishga

mo'ljallangan?
16-mavzu. SOLIQ AXBOROT TIZIMI

    1. Soliqlarning mohiyati va ahamiyati

    2. Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo'llashning zaruriyati va dolzarbligi.

    3. Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot

texnologiyalarining shakllanishi va huquqiy asoslari.

    1. Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarining qo'llanilishi.

    1. Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari.

    2. Soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasi.


Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling