O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)



 
 
 
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO'LOVCHILAR 
TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O
‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN 
TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI 
 
qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 
2012 yil 02 noyabr holatiga 
 
 
(2001 yil 1 dekabrdan
"O'zdavtemiryo'lnazorat" DI sining
2001 yil 13 avgust 36-son buyrug'i bilan joriy etilgan) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent
2012 yil 
 
 



1-BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR 
O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llar 
va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar
qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan 
talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek
tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poezdlarinning harakatini tashkil etilishini mazkur 
qoidalarning 1- va 2-ilovalariga muvofiq
o‘rnatadi.
(birinchi xatbosh «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son 
buyrug’iga muvofiq to’ldirildi).
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprel 767-I-son “Temir yo‘l 
transporti to‘g‘risida” qonuni
1
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 mart PF-
2815-son “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” Farmoni
2
va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlari 
asosida ishlab chiqilgan.
Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo’l transportining barcha bo‘linmalari va 
xodimlari uchun majburiydir, ularni bajarilishi temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, 
temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi. 
Mazkur qoidalar “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i buyrug’i 
(farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin. 
Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish masalalari bo‘yicha “O‘zdavtemiryo‘nazorat” 
inspeksiyasi temir yo‘l miqyosida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi 
temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida 
signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi,
"O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik temiryo‘l kompaniyasi ( keyingi matinlarda 
DATK) vazirlik va idoralar esa - kompaniya bo‘limlarining tarmoq korxonalari faoliyatini 
belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 
Temir yo‘llari, ishnoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnikaviy foydalanish va 
loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar mazkur goidalarning 
talablariga mos bo‘lishi kerak. 
Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakati tartibi 
davlatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling