O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§4. Sun'iy inshootlar 
41. Sun'iy inshootlarning texnik xizmati va foydalanishi Sun'iy inshootlarni saqlash 
bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq, tezyurar poezdlar harakati amalga oshirilishi bo’yicha 
qurilmalarga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak.
42. Ko’priklarda asosan tezyurar harakat shartlariga mos keluvchi R65 rusumli termik 
mustahkamlangan uloqsiz yo’llar, temir beton shpalli mayda toshli ballastdagi temir beton 
ko’priklarda, metall ko’priklarda ko’prik bruslariga yotqizilishi kerak. 1 km ga shpallar soni 
asosiy yo’llarning tutash uchastkalaridan kam bo’lmasligi kerak. Ballast prizmasi yelkasi 
kengligi kamida 40 sm, rels osti zonasidagi shpal ostidagi ballast qalinligi - 30 sm, +5 sm ruxsat 
etilgan o’lchamlar bilan. Ballast prizmasi yelkasining kamroq kengliklarida rels taglari ballast 
toq’oralari yon devorlaridan 10 sm dan kam bo’lmagan masofalarda joylashishi kerak, bunda 
ularning balandligini 200 mm gacha kattalashtrishga yo’l qo’yiladi.
43. Ko’priklar temir yo’l ko’priklari bo’yicha harakat tarkibini o’tkazish qo’llanmasiga 
muvofiq III toifadan kam bo’lmagan yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Eng katta 
ekvivalent yuklamalar va tezkor yo’lovchi poezdlar turlari harakat tarkibi pasport ma'lumotlari 
bo’yicha aniqlanadi.
Tezyuar poezdlarning dinamika koeffisientlari miqdorlari amaldagi normativ 
hujjatlarning formulalari bo’yicha hisoblanadi.


81 
44. Ko’priklar oraliq qurilmalarining vertikal egiluvchan bukilish ko’rsatkichlari eng 
so’nggi ruxsat etilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.
45. Ko’priklarning qirqiluvchi metall va chekka qirqilmaydigan oraliqlar qurilmalaridagi 
rels yo’li strelasi ko’tarilishi, hisobiy oraliq o’lchamlarning 1/2500-1/3000, qirqilmaydigan 
tizimlar o’rta oraliqlarida esa 1/5000-1/6000 chegaralarida bo’lishi kerak.
Ko’prik bruslarining yalpisiga almashtirilishiga qadar rels yo’li strelasining mavjud 
ko’tarilishi miqdorini 1/2000 oraliq ko’rsatkichidan oshirmasdan saqlashga ruxsat etiladi. 30 m 
gacha uzunlikdagi ballastda yurish bilan oraliq qurilmalarida qurilish ko’tarilishini 
uyushtirmaslikka ruxsat etiladi, loyihalarda ularni ishlab chiqish nazarda tutilgan holatlar bundan 
mustasno. Oraliq qurilmalarida rels yo’li belgilarining ustunlar yuqorisidagi uchastkalarga 
nisbatan pasaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
46. Uloqsiz rels yo’li ko’priklarda Uloqsiz yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi 
bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq yotqizilishi kerak. Ko’priklarning haroratli oraliqlari 66 
m dan ortiq hamda uloqsiz yo’l bo’lganda tenglagich asboblar o’rnatilishi kerak. Haroratli 
oraliqlar 66 m dan ortiq bo’lganda uloqli yo’llarni tenglagich asboblarsiz qurilishiga 
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK sining yo’l boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan loyihalar 
bo’yicha ruxsat etiladi. Oraliq qurilmalari deformatsiyalaridan rels yo’lidagi kuchlanishlarni 
kamaytirish uchun oraliq qurilmalari uzunligi qismidagi rels biriktirgich klemmalari Uloqsiz 
yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq 
qisqartirilgan panjachalarga ega bo’lishi kerak.
47. Muhofaza moslamalari yotqizilishi talab etiladigan ko’priklarda kesimi 160x160x16 
mm li kontrugoloklar va olib qochishga qarshi (muhofaza) ugoloklar qo’llaniladi. 
48. Tenglagich asboblari yotqizilishi zaruratida R65 rusumli tenglagich asboblari 
qo’llaniladi, bunda rama relslari va ostryaklarning 4 mm dan ortiq vertikal yemirilishiga yo’l 
qo’yilmaydi.
49. Sun'iy inshootlarning qayta qurilish va tub ta'mirlarida afzallik ballastda qurilgan 
yo’lli oraliq qurilmalariga berilishi kerak.
50. Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq tezligi yo’lning sinovi (obkatkasi) va 
uning barqarorlashishidan keyin o’rnatiladi. Dinamika sinovlari o’tkazilgunga qadar yo’lning 
ballastsiz konstruksiyasida, bo’g’inli yo’lda va tenglagich asboblar mavjudligida poezdlarning 
harakat tezliklari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK normativlari bo’yicha o’rnatiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling