O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


§7. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

§7. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalar 
69. Piyodalar harakati tashkil etilgan joylardagi to’silish o’tish joyiga ega bo’lishi kerak. 
Temir yo’llar orqali piyoda yo’lakchalari bu holatlarda ogohlantirish yozuvli to’sqichlar bilan 
jihozlanishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi paytida harbiylashtirilgan qo’riqchi bo’linmalari 
xodimlari tomonidan qo’riqlanmog’i kerak.
70. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalarning saqlash tartibi "O’zbekiston 
temir yo’llari" DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilanadi.
§8. Kesishmalar 
71. Tezyurar uchastkalarda temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishish 
joylari (kesishmalar) kesishmalarni to’sish moslamalari (KTM) bilan jihozlanishi kerak. 
72. Kesishmalarning tuzilishi va qurilishi Temir yo’l kesishmalaridan foydalanish 
yo’riqnomasi talablariga, shuningdek mazkur bob talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
73. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda bayon qilingan talablarga nomuvofiq bo’lganda, 
kesishmalar yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati joriy qilingunga qadar "O’zbekiston temir 
yo’llari" DATK tomonidan tasdiqlanadigan loyihalar bo’yicha to’sish qurilmalari o’rnatilishini 
ham o’z ichiga olib qayta qurilishi kerak.
74. Yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati amalga oshiriladigan barcha kesishmalarda 
navbatchi xodim xizmat ko’rsatishi kerak. 


84 
75. Kesishma bo’yicha navbatchi yoki uning vazifasini bajaruvchi xodim tezyurar 
yo’lovchi poezdi o’tishidan 10 daqiqa oldin kesishma orqali transport vositalari harakatini 
to’xtatishi va to’sma q’ov (shlagbaum)ni berkitishi kerak.
76. Yuk bilan yoki yuksiz yirik gabaritli va og’ir yukli transport vositalarini, sekin 
yuruvchi mashinalar va avtopoezdlarni tezyurar poezd o’tishidan 1 soatdan kamroq vaqtda temir 
yo’l kesishmalari orqali o’tkazilishi taqiqlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin chorva mol haydab o’tish 
to’xtalishi kerak.
77. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida kesishma bo’yicha navbatchi chekka relsdan 
kamida 5 m masofada turishi kerak.
78. Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida 
qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida 
joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi 
kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK rahbariyati tomonidan 
belgilanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling