O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 
IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun 
harakat tarkibi 
§1. Lokomotivlar 
85. Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun tegishli konstruksiyaviy 
tezlikka ega maxsus ajratilgan lokomotivlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan 
tartibda tayinlanadi. 
86. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlariga xizmat ko’rsatishga lokomotiv 
brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan intensiv texnologiyalar bilan ishlash 
bo’yicha o’rnatilgan tartibda kasbga oid tanlash va tibbiy tekshirishdan o’tgan birinchi klass 
malakali mashinistlar va lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist 
yordamchilaridan tayinlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish brigadalari tarkibidagi o’zgarishlarga, 
istisno tariqasida, faqat depo boshlig’i shaxsan ruxsatiga ko’ra yo’l qo’yilishi mumkin.
87. Tezyurar harakat tortish harakat tarkibining yo’l bosish me'yori, uning rejaviy ta'mir 
turlari, ularning davriyligi, ta'mir texnologik jarayonlari va texnik holatiga talablar "O’zbekiston 
temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
88. Asosiy depoda, aylanish punktlarida, lokomotiv brigadalarining almashinish 
punktlarida lokomotivni qabul qilish-topshirishda, shuningdek harakat yo’nalishidagi 
to’xtashlarda lokomotiv brigadasi: g’ildirak juftlarining, buksa va reduktor podshipniklarning 
(qizishi bo’yicha), tortish dvigatellari va reduktorlari osmalarining, tortish uzatmasi
gidroamortizatorlar detallarining, ALS g’altaklarining, tormoz richag uzatmasi va ressor 
osmasining mahkamlanish detallarining holatiga asosiy e'tibor qaratishi shart.
89. Mavjud va qayta ishlab chiqilayotgan tok qabul qilgichlarning parametrlarini ularning 
pasport ma'lumotlariga muvofiqligini tekshirish depoda va texnik xizmat ko’rsatish punktlarida 
amalga oshiriladi.
Tok qabul qilgichlarning ko’riklari lokomotiv depo va elektr ta'minoti distansiyasining 
maxsus ajratilgan xodimlari tomonidan, 161-200 km/soat tezlikni amalga oshiradigan elektr 
harakat tarkibi uchun esa har bir reys oldidan aerodinamika stabillashtirish qurilmalari (ekranlar) 
va avtomat tarzda tartibga solinuvchi tok qabul qilgichlarda muhofaza metall o’zakchalarining 
mavjudligini lokomotiv depo va elektr ta'minoti xodimlari tomonidan komissiyaviy tekshirib 
amalga oshiriladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling