O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 0.77 Mb.
bet18/20
Sana31.10.2020
Hajmi0.77 Mb.
#139490
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
187 06.04.2017


Falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Estetika:

Estetika fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarda estetik tafakkurning yuzaga kelishi va taraqqiyotini, san’atdagi, turmushdagi, sanoatdagi, tabiatdagi nafosatning, go‘zallikning inson hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishdan iborat.

Estetika fanini o‘qitishning vazifalari:

o‘quvchilarda estetik ong va ijodiy qobiliyatning shakllanishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashish;

milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish;

yosh avlodda go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissini shakllantirish;

o‘quvchilarga haqiqiy san’at asarlarining millat va jamiyat hayotidagi ulkan ma’naviy hodisa ekaniligini uqtirish;

o‘quvchilarda san’atni chuqur tushunish malakasini hosil qilish;

o‘quvchilarga texnika estetikasi va dizaynning, tabiat estetikasi, turmush estetikasi hamda sport estetikasining erkin, demokratik jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini anglatish;

fanni o‘rganishda ijodiylik, ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilish hamda manbalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;

o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda estetik voqelik va estetik obyektlar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlariga erishishdan iborat.

Dinshunoslik asoslari:

Dinshunoslik asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: — o‘quvchi yoshlarga jamiyat va inson ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan din va uning ta’limoti, tarixi to‘g‘risida ilmiy-nazariy tushunchalar berish, ularni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash;

yoshlarda din va uning turli shakllari, yo‘nalishi va oqimlari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoqarashni shakllantirish.

Dinshunoslik asoslari fanini o‘qitishning vazifasi:

o‘quvchilar ongiga fuqarolarning faoliyati vijdon erkinligiga doir qonun talablariga muvofiq ekanligi hamda e’tiqodi sog‘lom shaxs ma’naviyatida milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini singdirish;

din, uning mohiyati va mazmuni, ezgulik g‘oyalari bilan o‘quvchilarni qurollantirish;

diniy qadriyatlarning umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan mushtarak jihatlarini tahlil qilish orqali diniy e’tiqod va his-tuyg‘ularga hurmat ruhida tarbiyalash;

dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish, ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarini niqoblashning reaksion mohiyatini fosh etish;

yurtimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi, ma’rifiy islomning rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yoshlarni tanishtirishdan iborat.

Shaxs va jamiyat:

Shaxs va jamiyat fanini o‘qitishning maqsadi:

ijtimoiy bilishga bo‘lgan qiziqishga asoslangan holda Shaxs axloqiy madaniyatining, uning hozirgi tafakkur tarzi va ijtimoiy xatti-harakatining shakllanishi, o‘zining taqdirini o‘zi belgilashi va o‘zini o‘zi namoyon etishini shakllantirish;

Shaxs va jamiyat fanini o‘qitishning vazifalari:

inson, uning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyat, ijtimoiy madaniy tizim sifatida sivilizatsiya va uning tarixi to‘g‘risida umumgumanitar va oliy maktab tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning bundan keyingi o‘qitilishi, mustaqil ta’lim olish yoki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimlar tizimini o‘rganish;

turli millat va elatlarning yonma-yon yashashi, turli konfessiyalarning mavjudligi sharoitida milliy g‘oyaga, O‘zbekiston Respublikasidagi bag‘rikenglik, konstitutsiyaviy, demografiyaviy qadriyatlarni hurmat qilishni tarbiyalash;

inson va jamiyat hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tanqidiy mulohaza qilish malakalarini egallash;

shakllanayotgan fuqarolik jamiyati va demokratik, huquqiy davlat hayotida hamda millatlararo munosabatlar va oilaviy turmush sohasida zarur bo‘lgan kommunikativ amaliy faoliyat usullarini o‘rganishdan iborat.

Falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

Estetik madaniyatga ega bo‘lish (anglash; qadrlash; qo‘llay olish) kompetensiyasi

A1

tabiat va jamiyat uyg‘unligini anglaydi;

estetik tushunchalarni anglaydi, ta’riflaydi va ularni amalda qo‘llay oladi.

nafosatni, go‘zallikni tushunadi va anglay oladi;

estetik ong va ijodiy qobiliyatga ega;

milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini biladi;

go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissiga ega;

san’atni chuqur tushunish malakasiga ega;

estetik tarbiyaning mazmun-mohiyatini anglab yetadi;

kreativlik qobiliyatini shakllantiradi va amaliyotda qo‘llay biladi.

Diniy erkinlik va bag‘rikenglik (bilish, anglash, amal qilish) kompetensiyasi

B1

dinlar haqida umumiy ma’lumotlarga ega;

imon-e’tiqodli;

dinlarning ezgulik mohiyatini anglay oladi;

diniy va milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglaydi;

dunyoviy davlatda diniy munosabatlar haqida tushunchaga ega;

din ma’naviyatning o‘zagi ekanligini his etadi;

dinlararo munosabatlarda bag‘rikeng bo‘ladi;

yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga xolis munosabat bildira oladi.

Jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqadorligini idrok eta olish (bilish; anglash; qo‘llay olish) kompetensiyasi

A1

jamiyat va shaxs haqida nazariy bilimlar va dunyoqarashga ega;

insonning kelib chiqish omillari to‘g‘risida mustaqil pozitsiyaga ega;

buyuk shaxslar maqomi, ularning jamiyatdagi o‘rnini biladi;

sivilizatsiya, madaniyat va qadriyatlar uzviyligini anglaydi;

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’limiga doir siyosat asoslarini biladi va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oladi;

hozirgi dunyoning tuzilishi, globallashuv jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega;

jamiyatdagi voqea va hodisalarni baholaydi, ularga xolis munosabatda bo‘ladi;

O‘zbekistonning rivojlanish yo‘llari va omillari haqidagi bilimlarga ega;

millatlararo munosabatlarda o‘zaro hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

sog‘lom ijtimoiy munosabatga kirisha oladi;

ziddiyatlar qurshovida vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladi;

bilim va ijtimoiy faollikni namoyon eta oladi;

jamiyatdagi voqea va hodisalarga daxldorligini namoyon qila oladi.

23-§. O‘zbekiston Konstitutsiyasi fani

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Fanni o‘zlashtirish darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

“O‘zbekiston Konstitutsiyasi” fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘zbekiston Konstitutsiyasi fanini o‘qitishning maqsadi:

Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, uning mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, qonunlarga hurmat uyg‘otish, yosh avlodning huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda huquqiy davlatni bunyod etishda faol ishtirok qiladigan huquqiy bilimga ega komil insonni tarbiyalashga qaratilgan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi fanini o‘qitishning vazifasi:

o‘quvchilarga davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanish qonuniyatlari, davlatning mohiyati, huquqning mohiyati, uning zaruriyati, davlat va huquqning shakllari, funksiyalari, tizimi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishdan iborat.

Konstitutsiyaviy qonun bo‘yicha beriladigan ta’limni yuqori ilmiy-nazariy va tarbiyaviy saviyada amalga oshirish orqali o‘quv jarayonini faollashtirish;

har bir o‘quvchini hayotdagi amaliy faoliyatida zarur bo‘lgan Konstitutsiya bo‘yicha huquqiy bilimlar bilan qurollantirish;

Konstitutsiyaviy qonunlarning mazmun va mohiyatini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;

o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy tafakkurini zamon talablari darajasida shakllantirishga erishish;

o‘quvchilarning Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish va ularda huquqiy madaniyatli bo‘lish his-tuyg‘ularini tarbiyalash;

o‘quvchilarning o‘zi egallayotgan mutaxassislik va kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha huquqiy bilimlarini boyitish;

Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha olgan huquqiy bilimlari natijasida o‘z hayotining kelajagini belgilash, o‘z Vatanining dunyoda munosib o‘rin egallashida halol mehnat qilish bilan hissa qo‘shish hamda boshqa millat vakillarining huquqiy manfaatlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

Mustaqil fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kompetensiyasi

A1

Mustaqil fikrlash qobiliyati va dunyoqarashi shakllanadi hamda mustaqil qarorlar qabul qila oladi;

inson erkinliklari — muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini his qiladi;

Konstitutsiyada davlat mustaqilligi, xalq, millat va inson manfaati hamda demokratik g‘oyalarning ustuvor ekanligini anglaydi;

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish konsepsiyasiga oid bilimlarni egallaydi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasidan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi

A1

O‘z huquq va burchlarini amalga oshirishda konstitutsiyaviy-huquqiy normalarga rioya qiladi;

Konstitutsiya va qonunlarni o‘rganishi asosida erkin fikrlaydi, ularning ma’nosini tushunadi va huquqiy terminlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash kompetensiyasi

A1

Huquqiy olgan bilimlarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashda kundalik hayotga tatbiq etadi;

jamiyatdagi voqea va hodisalarga huquqiy jihatdan munosabat bildira oladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga


4-ILOVA

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomlarning davlat
NAMUNALARI


Akademik litsey diplomining
TAVSIFI

Akademik litsey diplomi namunasi 150 x 100 mm o‘lchovda to‘q-ko‘k (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” so‘zlari yozilgan.



A’lo darajali diplomlar uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” va “REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM” so‘zlaridan quyida qizil-marmar rangda davlat tilida “A’lo darajali” va ingliz tilida “With honour’s” so‘zlari yoziladi.

Diplomning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a’lo darajali” — 5+№.

Diplomning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: L harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.

Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — to‘q ko‘k, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q ko‘k va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi.

Qog‘oz tafsiloti:

qog‘oz-100% paxta, qalinligi 140 ± 5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;

yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;

ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz ko‘rinadi;

ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.

Bosma tafsiloti:

bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;

ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi;

ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;

blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;

ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi;

kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “AKADEMIK LITSEY” so‘z birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “ACADEMIC LYCEUM” so‘zi “DIPLOM” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;

seriya “L” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.

Diplomning ichki chap tomoni:


(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


AKADEMIK LITSEY DIPLOMI
L № 0000000

________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yilda ___________________________________________________________ga


(o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasi nomi)
kirib, 20___yilda __________________________________________________________
________________________________________________________________akademik
litseyni _________________________________________________________ yo‘nalishi
(yo‘nalish nomi)

bo‘yicha tamomladi.

M.O‘

Davlat attestatsiya
komissiyasi raisi


Direktor
Kotib(a)


_______ shahri (tumani), _______ yil

Ro‘yxat raqami ______________

Diplomning ichki o‘ng tomoni:


(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM

L № 0000000



________________________________________________________________________
(full name)
________________________________________________________________________

in 20___ entered

________________________________________________________________________
(name of secondary specialized educational establishment)

________________________________________________________________________
and in 20___completed

________________________________________________________________________
(name of academic lyceum)

________________________________________________________________________
having spesialized in

________________________________________________________________________
( field of study )
________________________________________________________________________

(Seal)

Chairperson of the State
Attestation Commission


Director Secretary

____city (district)_20____year Registration Number______________

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling