O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti
TALABALARGA MUMTOZ MUSIQANI O’RGATISHNING
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarga mumtoz musiqani orgatishning oziga xos yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. UMUMIY XULOSA.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
2.2. TALABALARGA MUMTOZ MUSIQANI O’RGATISHNING MEZONINI BELGILASH VA TAJRIBA-SINOV ISHLARI
Talabalarda mumtoz musiqani o’rgatishning o’ziga xos yullarini shakllantirishda eng avvalo unga asos bo’ladigan dalillarni yani mezonlarni aniqlab olish talab etiladi. Bu o’rinda talabalarda shakllangan mumtoz musiqa
ohanglarining tarbiyaviy va o’ziga xos o’zlashtirish oson bo’lgan yullarni tushuntirib o’tish ham muhum ahamiyat kasb etadi. So’ngi yillarda mumtoz musiqani xususan o’zbek mumtoz musiqasini o’rganish, o’zlashtirish va targ’ib etishga, ularni yanada ravnaq toptirishga qaratilgan qator etiborli ishlar amalga oshirildi. Endilikda o’zbek mumtoz musiqamiz, kengroq, ananaviy musiqamiz maxsus fanlar sifatida musiqa, sanat va madaniyat talim tizimida joriy etila boshlanganligini takidlash kerak. 1973-yili ananaviy ijrochilik ilk bor Toshkent konservatoriyasida joriy etilgan bo’lsa, 1990-yildan boshlab o’rta maxsus bilim yurtlarida va 2002-yildan akademik letsiylar va musiqa maktablarda ananaviy ijrochilik bo’limlari o’z faoliyatlarini boshladi va yosh avlodning milliy ananalirimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. O’zbek mumtoz musiqasi va ananaviy ijrochilik nafaqat konservatoriyada, madaniyat va sanat institutlari, musiqa, sanat va madaniyat kollejlari, akademik letsiylarda, balki umumtalim maktablarining o’quv jarayoni hamda talim-tarbiya tizimidan ham munosib o’rin ola boshladi. Respublikamiz miqyosida muntazam ravishda uyushtirilayotgan ko’rik- tanlovlar, bir jihatdan buyuk sanatkorlarimizning musiqa madaniyatimizga qo’shgan hissasi, ularning o’ziga xos mahorat va istedod qirralarini aniqlashga, ommalashtirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, xalq orasida mumtoz sanatimiz va sanatkorlarimizning ijodini keng tarqalishi va kelajakda yanada davom ettirib, rivojlanishiga olib keladi degan umiddamiz. Bu nodir manaviy xazinani yoshlar ongi, faoliyatiga zamonaviy vosita va uslublar asosida singdira olish zarur. Ana shunda avlodlar va qadriyatlar vorisiyligi, ananalarning umrboqiyligi, musiqa sanatimiz istiqboli, ravnaqi va zamonaviyligini taminlagan bo’lamiz. Malumki, o’zbek mumtoz musiqasining eng salobatli, eng sermahsul va eng ardoqli qismini maqomchilik sanati tashkil etadi. Bo’lajak bakalavrlarni har tamonlama komil inson qilib tarbiyalashda ularni mustaqil fikrlashga layoqatli inson qilib rivojlantirishda o’zbek musiqiy merosimiz va milliy qadriyatlirimizdan, xususan mumtoz musiqamizdan foydalanish nihoyatda zarur ekanligini turmush tarzimiz, hayotiy ehtiyojlarimiz va ruhiy intilishlarimiz talab qilmoqda. Mumtoz musiqamizni talabalar bilan o’rganishda ularning repertuarlarini boyitib borish bilan bir qatorda asarlar davomida sayqal topib kelgan milliy bezaklar, nola va qochirimlardan foydalana olishi ularning hissiy olamiga kirita olish, ularni bekami-kust ijro eta olishi va va ularning badiiy qiymatini o’tkir zehn va nafis did bilan baholay olishi kabi jihatlarga ham alohida etibor berish lozim bo’ladi. O’zbek xalqining hozirgi avlodi o’z ajdodidan juda katta boy musiqiy merosni, bebaho asarlar hazinasini qabul qilib olgan. Bular ichida mumtoz musiqaning o’rni alohidadir. Turli hududlarimizda yaratilgan “Shashmaqom”, “Xorazm
maqomlari”, “Farg’ona-Toshkent maqomlari” mumtoz
qo’shiqchiligimiz yunalishida yaratilgan, yirik hajmdagi, keng diapozon talab qiladigan ashulalarimiz, katta ashulalarning har biri o’ziga xos musiqiy bezaklarga ega bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikni asrab avaylab asrashi ularni yangicha talqinlar bilan boyitib, yosh avlodga singdirib borishi uchun ularda o’ziga xos xassolik va mumtoz musiqaga qiziqishni tarbiyalashdir. Talabalarga mumtoz musiqani o’rgatishning o’ziga xos yullarini o’rgatishda avvalo talabalarning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish lozim. Chunki kimningdir ovozi shu qo’shiqqa mos tushadi boshqa bir talabada esa bu imkoniyat yuq bulishi mumkin shunday ekan dars davomida har xil metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi, yani talabalarni malum guruhlarga bo’lib olgan holda ularga zanjirli nafas olish usulidan foydalangan holda barchani birdek qiziqtirish va darsga jalb etish oson bo’lardi. O’tkazilgan sinov-tajriba ishlarimiz olib borgan ilmiy tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatdiki mumtoz asarlarni muvaffaqiyatli o’rgatishda yakka dars si fatida o’tiladigan “ananaviy qo’shiqchilik” va guruhli tarzda o’tiladigan “xalq qo’shiqchiligi”, “xor sinfi”, “maqom asoslari” hamda “cholg’u ijrochiligi” fanlarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Mumtoz musiqamiz va mumtoz cholg’ularimizni talabalarga o’rgatish aynan shu fanlarning maxsus xususiyatlariga va tabiatiga bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda sanab o’tilgan fanlarimizning har biri qay darajada ahamiyatli ekanligini belgilab olish va ular orqali mumtoz musiqani o’rgatishdagi umumiylikni belgilab olish lozim bo’ladi. Olib borilgan tadqiqot va sinov ishlarimiz natijalaridan kelib chiqqan holda bu fikrning umumiy maqsadi bitta ekanini va ularda olib boriladigan ishlarning ahamiyatini belgilab beruvchi umumiy mezon quyidagilardan iborat deb belgilandi: 1. Talabalarning mumtoz asarlar bo’yicha repertuarlarini kengaytirish; 2. Asarlarning mualliflari, so’z matnini yozgan shoir va musiqasini yaratgan bastakorning ijodiy faoliyatidan xabardorligi, ularning qalamiga mansub boshqa asarlarni bilishi; 3. Asarda uchraydigan, tushinishda qiyinchilik to’g’diradigan so’zlarning manosini qay darajada bilishi va umuman o’rganiladigan asarning mazmunini va undagi asosiy obrozlarni aniqlab olishi; 4. bu asarlarning ijrochilari va ularning ashulachilik uslublariga xos xususiyatlarini bilish; 5. Asarning jozibali chiqishidagi ijroning asosiy rolini aniq belgilab olish; 6. Asarning barcha bezaklariga amal qilgan holda ijro eta olish mahoratini qay darajada egallaganligi; 7. Asarda uchraydigan qochirim va nolalarning o’ziga xos xususiyatlarini, undagi murakkabliklarni bilishi va bu qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf eta olishi. Asarlarda uchraydigan dinamik tuslar, his hayajonli joylarini bilishi; 8. Asarning mumtoz musiqasida tutgan o’rnini, uni ijro etgan ijrochilarning mahoratini, boshqa ijrochilarning va o’z ijrosini to’g’ri baholay olishi; Talabaning belgilangan mezondan kelib chiqqan holda mumtoz musiqani o’rgatishning o’ziga xos yullarini qay darajada shakllanganligini aniqlab olish uchun bir nechta savol-javob anketalar bilan aniqlab olish lozim bo’ladi. Bu savollarni tuzishda talabaning mumtoz musiqaning o’ziga xos yullarini aynan shu o’rganilgan musiqalar jarayonida shakllanganligini va bu savollarga beriladigan javoblar mezon talablariga mos bo’lishi lozimligini ham hisobga olish zarur. Talabalarga beriladigan anketa savol-javoblar. 1. Mumtoz musiqa nima va uni qanday tushunasiz? 2. Mumtoz musiqalarimizning nechtasini bilasiz? 3. Siz bilgan mumtoz musiqalarning ijrochilari kimlar va ular haqida nimalarni bilasiz? 4. Ushbu mumtoz musiqalarni yana kimlar ijro etganlar? 5. Asarda qanday bezaklardan, nola va qochirimlardan foydalanilgan? 6. Qaysi mumtoz musiqalarni o’zingiz sevib maroq bilan ijro etasiz? 7. Mumtoz musiqachilarning qaysi birlarining ijodiga alohida qiziqish bilan etibor berasiz? Pedagogik amaliyot va tajriba-sinov ishlarini olib borishda talabalarga shunday savollar bilan murojat qilindi va bu talabalarning mumtoz musiqaning o’ziga xos yullarini qay darajadi egallaganini ko’rsata oladigan mezon bo’lishiga ishonch hosil qildik. Talabalar bu savollarga bergan javoblari qay darajada ekanligini aniqlash uchun biz bu javoblarni uch xil ko’rinishga ajratdik. Yuqori daraja-savollarning barchasiga berilgan javob alo bo’lganda talabaning mumtoz musiqa to’g’risida va uni o’ziga xos yullarini alo darajada egallagan deb ayta olamiz va ushbu talabalar sonini yuqori ko’rsatgich bilan ibelgilaymiz. O’rta daraja-berilgan savollarimizga talabalarning bir necha kamchiliklari bo’lganini kiritamiz. Past daraja-bunda talabaning mumtoz muqiqamiz to’g’risida berilgan javoblarida xatolari ko’p bo’lganlarini kiritamiz. Belgilangan javoblar darajasi - talabaning mumtoz musiqani o’rganishning o’ziga xos yullarini qay darajada egallaganligini ko’rsatuvchi asosiy faktorlar ekanini hisobga olgan holda, bu darajadagi talabalarga xos xususiyatlar nimalardan iborat ekanligini aniqlashtirib olishga imkon beruvchi javoblar darajasi tahliliga alohida to’xtalishni joiz deb bildik. Talabalarning berilgan savollarga bergan javoblarini aniqlash bo’yicha belgilangan darajalar va ularga qo’yilgan talablar: 1.-Cavol.mumtoz musiqa nima va uni qanday tushunasiz? Yuqori daraja O’rta daraja Past daraja Un beshdan ortiq talaba mumtoz musiqa haqida malumotga ega. Unga yaqini mumtoz musiqalarimiz haqida
qisman malumotga ega. Beshta
talabada mumtoz musiqa haqirda malumotlar qisman bor.
2.-Savol: mumtoz musiqalarimizdan nechtasini bilasiz? Yuqori daraja. O’rta daraja. Past daraja. Un beshdan ortiq. Un-un ikkta. Yetti-sakkista
3.-Savol: Siz bilgan mumtoz musiqalarning ijrochilari kimlar va ular haqida nimalarni bilasiz? Yuqori daraja. O’rta daraja Past daraja. O’zlari bilgan
mumtoz musiqalarining ijrochilari va ular haqida puxta bilimga ega. Ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda o’zlari bilgan mumtoz musiqachilar haqida yetarlicha malumotlar bor.
Ayrim mumtoz
musiqachilar va ular ijro etgan
mumtoz musiqalarini bir biriga adashtirib yuboradi.
4.-Savol: Ushbu mumtoz musiqalarni yana kimlar ijro etgan? Yuqori daraja. O’rta daraja. Past daraja. Bu
haqida malumotga ega To’liq bo’lmasada yetarlicha malumotga ega. Malumotlari kam. 5.-Savol. Asarda
qanday bezaklardan, nola va
qochirimlardan foydalanilgan? Yuqori daraja. O’rta daraja. Past daraja. Asarda uchraydigan chiroyli bezaklarni, nolalarni biladi. Asardagi bezaklarni tula mukammal ajratib ololmasada buni tushunadi. Asardagi bezak va nola,
qochirimlarni unchalik farqlay olmaydi. 6.-Savol.Qaysi mumtoz musiqalarni o’zingiz sevib maroq bilan ijro etasiz? Yuqori daraja. O’rta daraja. Past daraja. Undan ortiq mumtoz musiqalarni maroq bilan ijro etadi. Beshdan
ortiq mumtoz
musiqalarni maroq bilan ijro etadi. Mumtoz musiqalarni ijro
etishda texnik
xatolarga yul qo’yadi.
7.-Savol: Mumtoz musiqachilarning qaysi birlarining ijodiga alohida qiziqish bilan etibor berasiz? Yuqori daraja. O’rta daraja. Past daraja. Barcha mumtoz
musiqachilar ijodi bilan qiziqadi va etibor beradi. O’zi sevib
tinglaydigan mumtoz
musiqachilar ijodi bilan qiziqib etibor beradi. Mumtoz musiqachilar ijodiga unchalik qiziqish bilan etibor bermaydi.
Berilgan savollarga yozma ravishda berilgan javoblarn ing yetarli emasligini hisobga olgan holda bu savollarga og’zaki javoblar olish ham mumkin bo’ladi. Bunda talabaning bevosita o’zi ishtirok etadi. Xuddi shunga o’xshash tajriba sinov ishlarini eksperimental guruxda ham sinab ko’rish mumkin eksperimental gurux maxsus tayyorlovda bo’lganini hisobga olsak ularning natijalari ancha yuqori va samarali natijaga erishishimiz mumkin. Eksperimental guruhdan maxsus 25-ta talaba tanlab olinsa ulandagi ijobiy baholar 20-tadan yuqorisi ijobiyni tashkil qiladi. Past daraja umumiy olganda kuzatilmaydi. III. UMUMIY XULOSA. Bo’lajak bakalavrlarni har tamonlama komil inson qilib tarbiyalashda, ularni mustaqil fikrlashga layoqatli, mumtoz musiqamizga yuksak xurmat ruhida tarbiyalash, ularga mumtoz musiqani ijro etishning o’ziga xos yullarini o’rgatish, yuksak badiiy didli inson qilib tarbiyalashda o’zbek mumtoz musiqa merosimiz va milliy qadriyatlarimizdan, xususan mumtoz asarlardan foydalanish nihoyatda zarur ekanligini turmush tarzimiz, hayotiy ehtiyojlarimiz va ruhiy intilishlarimiz talab etiladi. Mumtoz musiqalarni talabalar bilan o’rganishda, ularning repertuarlarini boyitib borish bilan bir qatorda asrlar davomidasayqal topib kelgan milliy bezaklar, nola va qochirimlardan foydalana olish ularning hissiy olamiga kirita olish, ularni bekamu\kust ijro eta olishi va ularning badiiy qiymatinio’tkir zehn bilan baholay olishi kabi jihatlarga ham alohida etibor berish lozim bo’ladi. O’zbek xalqining xozirgi avlodi o’z ajdodidan juda katta boy musiqiy merosni, bebaho asarlar hazinasini qabul qilib olgan. Bular ichida mumtoz musiqaning o’rni alohidadir. Turli hududlarimizda yaratilgan “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”,”Farg’ona-Toshkent maqomi”, mumtoz qo’shiqchiligimiz yunalishidayaratilgan yirik hajmdagi, keng diapozon talab qiladigan ashulalarimiz, katta ashulalarimizning har biri o’ziga xos musiqiy bezaklarga ega bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikniasrab avaylab saqlashi, ularni yangicha talqinlar bilan boyitib, yosh avlodga singdirib borishi uchun o’ziga xos xassoslik, yuksak malakali kadr qilib tarbiyalash talab etiladi. Buyuk allomalarimiz, musiqashunos olimlarimiz, musiqiy olamning sir\sinoatlarini ochib beruvchi ko’plab nodir asarlarni va qo’l yozmalarni meros qilib qoldirib ketganlar. Bu xazinani o’rganib undan yetarlicha xulosa chiqarib olish va undagi durdona fikrlarni yoshlar ongiga singdirib, ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirib, o’stirib borish ham bo’lajak bakalavrlarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni alohida takidlash lozimki musiqa pedagogikasi olimlari musiqaning turli jihatlariga qalam urib, musiqaorqali yoshlarga estetik va axloqiy tarbiya berish, musiqiy bilimlarini shakllantirish kabi qator mavzularni yoritib berganlar. Xalqimizning kelajak ishonchm va tayanchi bo’lgan yoshlarga musiqa sirlarini o’rgatish ishiga bel bog’lagan bakalavrlar bu muammoni asosli hal qilishga jalb qilinishi uchun ularni oliy musiqa dargohlarida tizimli ravishda tayyorlab borish lozimdir. Yosh avlodni tarbiyalovchi o’qituvchi eng avvalo o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Oliy darajadagi bilimga ega bo’lgan musiqa mutaxasisi har bir talabaning bolalikdan boshlab o’rganib kelgan asarlarini jamlab borishi, ularning xotirasini yangi-yangi asarlar bilan boyitishi, uning qo’liga tushadigan har bir asarning mazmunan tahlil qila olishi va ulardagi fikrni umumlashtira olishi (analiz va sentizdan xabardor bo’lishi) bilan bir qatorda uning badiiy qiymatini aniq belgilab, jamoatchilikning fikriga, uning qay darajada mos kelishini ham aniqlay olishi talab etiladi. Musiqa o’qtuvchisining yuksak bilimi xalqimizning urf odatlari, turli ananalari, bayramlari, xalqimizga xos odob-axloq normalari, do’stlik, o’rtoqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, burch, matonat, mehnatsevarlik kabi axloqiy tushunchalar, estetiklik, badiiylik, obrozlilik kabi tuyg’ular asosida kamol topib, barqarorlashb boradi. Mumtoz musiqaning uch ildizi haqida fikr yuritilar ekan uning muhim jihatlariga alohida tuxtalar ekanmiz qo’yidagi xulosaga kelish mumkin. 1. Lerik qo’shiqlar, xususam mumtoz qo’shiqlar folklor qo’shiqlardan farqli ularoq asosan zanjirli kampazitsiyaga ega bulib, unda ikki misrali bandlar ko’plitlar o’rnini bosadi va barcha ko’plitlar asar mavzusidagi asosiy mazmunni davom ettirib uni yangi yangi tashbehlar bilan boyitib boradi. Adabiy til bilan bayon etilganda fikrlar yechimi qisqa ifoda va unga qarshi tahlillar natijasi olib boriladi. 2. Mumtoz asarlarning musiqiy matn tuzilishi oddiy folklor kuy va qo’shiqlardan farqli ularoq ularda folklor asarlardagi.kuy qo’shiqlaridan farqli o’laroq ularda folklor asarlaridagi kabi frazalar qisqa va mazmunan kichik-kichik bo’lakli fikrlarnigina ifodalab qolmasdan unda melodik tuzilmalar borgan sari rivojlantirilib boriladi va fikr keng miqyosda tahlil qilib beriladi. Mumtoz kuylarga xos xususiyat melodik leniyaning rivoj topib borishi, dramatizmning eng yuksak cho’qqisigacha ko’tarilishi va avjidan so’ng malum miyyorga keltirilib fikrni yakunlashga olib keladi. Shu tariqa mazmunli yaxlit bir tasviriy musiqa orqali ifodalanadi. Bunday asarlarni idrok qilish va ularning asil qiymatiga yitib, ularni baholay olish talabalardan katta idrok, kuch va mahorat talab qiladi. Aynan shu jihatlari bilan mumtoz musiqa talabalarning ruhiy kechinmalarini boyitib musiqaga qiziqtirish va rivojlantirishga imkon beradi. 3. Musiqa asarlaridagi, xususan mumtoz ashulachilikdagi badiiy didni takomillashtirishda ikki
muhim vositaning sheriyat va
musiqa ohanglarining, xofiz ovozi va talaffuzining o’zaro bir-biri bilan uyg’unligini, ifodadadagi senxironlikni xis qila olishga bevosita bog’liq bo’ladi. Bu o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, sheriy matnlar va ohanglar orqali asar mazmunida yashiringan badiiy obrozlarini ifodalab bera olishga alohida etibor beriladi. So’zlarning orqama ketin bir-biriga bog’lanib, fikrlar zanjirini uzmasdan davom ettirish va voqiylik dramatizmining eng yuqorigi nuqtagacha, avjga chiqa olishi hamda hissiy tulqinlarni jilovlab,asardan tugal bir fikr chiqarib asarni mantiqan miyyotli qilib tugallay olishga erishish asar obrozlarining talabalar tasavvuridan aniq o’chmas joy olishiga erish benihoya mmurakkab jarayon bo’lib, bu talabalardan katta diqqat etibor, ruhiy ko’tarinkilik, murakkab jismoniy mehnat talab qiladi. Aynan shunday mukammallikka erishish-sheriy matn va ohanglar jarangidagi uyg’unlikka erishish va obrozlar tasvirini yurakda his jtish juda katta aqliy mehnat, idrok va ijodkorlik natijasida yuzaga keladi. Aynan shu sayi
harakat va
mehnat natijasi sifatida talabalarning mumtoz musiqanio’rganishini qiziqishida ham ijobiy o’zgarishlar, mukammallik yuzaga keladi. 4. Talabalarning mumtoz musiqani o’rganishlarida ularning cholg’u asarlari hamda mumtoz ashulalarning qadriga yetib, ularning qiymatiga to’g’ri baho bera olish bilan bir qatorda, bu asarlarni sevib tinglash, asrab avaylash shunday asarlarni mukammagl ijro etishga intilish kabi ishtiyoqning paydo bo’lishida ham o’z ifodasini topadi. Bunday asarlarni ijro etgan kishilarning mahoratini baholay olish. Bu tulabalarga mumtoz musiqamizni o’rgatishda ham muhim vosita bo’lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. I. Karimov. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T; - O’zbekiston. -1997 yil. 2. I. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – T; - O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. -2000 yil. 3. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – T;- Ma’naviyat. – 2008 yil. 4. I.Karimov. “Jahon moliyaviy inqirozi va O’Zbekiston sharoitida uni bartaraf etish chora tadbirlari”. T; - O’zbekiston. –, - 2008 yil. 5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – 1997 yil. 6. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. – T; XTV, 1995 yil. 7. Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi. – T; - Ta’lim taraqqiyoti, maxsus 6-7-sonlar-1999 yil. 8. X.Lutfullayev Qo’shiq va san’atkor. – T; O’qituvchi. 9. Popov. S.V. Organizasionniye i metodicheskoye osenы rabotы s xorom. – M; - Muzыka, - 1981 god. 10. Asafyev B.V. O xorovom iskuyestva. – L., - 1980 god. 11. Demyanov. N. Shkola xorovogo peniya. –M; - Proyeveщyeniye, - 1979 god. 12. Gudknova. Ye, Vasilyeva F, Ashula darsligi metodikasi. -T; O’qituvchi- 1974 yil. 13. Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitish metodikasi. (Ma’ruzalar matni). Tuzuvchi G.Sharipova. – TDPU – 2004 yil. 14. Musiqa o’qitish metodikasi. (Ma’ruzalar matni). Tuzuvchi G.Sharipova. – TDPU – 2000 yil.
15. Estetik tarbiya asoslari. N. Kumayev tahriri ostida. – T; - O’qituvchi, - 1998 yil. 16. I. Qudratov. Talabalar va bolalar ashula va xor jamoalarini tashkil etish va ular bilan ishlash metodikasi. – Toshkent, - Fan va texnologiyalar bosmaxonasi – 2006 yil. 17. D. Soipova. Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish. –T;- Fan va texnologiyalar, - 2006 yil. 18. C. Begmatov va A.Zokirov Muhtorjon murtozoyev.-T; -O’qituvchi. - 2006 yil. 19. X.Nurmatov, N.Yuldasheva O’zbek xalq musiqa ijodi. –T;2007 yil. 20. Qo’shiq bizning do’stimiz. Tuzuvchilar S. Abramova, F. Alimov. T; - G’.G’ulom nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1989 yil. 21. G.Sharipova Musiqa va uni o’qitish metodikasi. 22. S.Begmatov, M.matyoqubov O’zbek an’anaviy cholg’ulari. –T; - O’qituvchi, 2009 yil. 23. O’zbekiston vatanim manim. 1-kitob. – Toshkent, - T;- G’.G’ulom nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1997 yil. 24. O’zbekiston vatanim manim. 2-kitob. – Toshkent, - T;- G’.G’ulom nomidagi Adabiyot san’at nashriyoti- 1998 yil. 25. Xrestomatiya po metodike muzыkalnogo vopitaniya. - M;-Provesheniye, 1988 god. 26. S.Begmatov, Maqom surnay yo’llari. Toshkent 2010 yil. 27. Yu.Rajabiy, O’zbek maqomlari – Shashmaqom. Toshkent 2006 yil. 28. O.Xayitova, Xorazm qo’shiq ijrochilik an’analari. 29. Katta ashula. Toshkent 1987 yil. 30. O. Ibragimov. Shashmaqom. (Farg’ona – Toshkent maqomi). Toshkent 2006 yil. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling