O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish


Download 1.08 Mb.
bet16/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo`lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo`lmaydi.
O`quvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog‘lanishiga qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt bo`lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan o`rnini xaritadan aniqlash kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo`lmagan tushunchalardan umumiyroq bo`lgan tushunchalarga kelish bo`yicha o`tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi “bo`ri”, “tulki”, “yo`lbars”, “sher” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko`rinishidayoq ma'lum bo`ladi. Ularning avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go`shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. o`quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi belgilardan farqlashga o`rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o`zida saqlagan bo`lishi kerak. Masalan, “na'matak, siren, ligustrumlar - buta”, degan ta'rif noto`g‘ri, chunki unda aniqlik yo`q. Buning o`rniga “na'matak, siren, ligustrumlar - buta, chunki ularda asosiy poya yo`q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o`sgan”, deyish kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o`zlashtirilishini ta'minlovchi metodik sharoitlar.
O`quv materialini o`quvchilar tomonidan puxta o`zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo`yicha shakllantirilgan tushun-chalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog‘lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo`lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish-kuzatishlarga asoslanib, o`iganilayotgan narsa yoki hodisa to`g‘risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to`g‘ri bo`lishi mumkin.
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo`lishida obyektlar va ko`rgazmali materialning har xil turlari Gadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir. O`quvchilar tafakkurini rivqjlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o`zlashtirilishiga erishish mumkin emas. o`quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantirish uchun o`qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo`yadi. o`quv materialini bayon qila borib, o`quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o`rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o`lkaning tabiati mavzusi misol bo`lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o`simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog‘liqligi (3- sinf), o`simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi (4-sinf) ko`rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarining o`zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o`qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o`rnatish muhim rol o`ynaydi.
Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo`llashga, o`quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‘lanish o`rnatishga o`rgatadi. O`quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o`qituvchining savollari katta rol o`ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umum-lashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo`lishi mumkin: cho`lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qmg‘oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho`l tabiatining o`xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o`smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o`z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagilar shunday savollardan bo`lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko`rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering.
O`quvchilar jadvaldan foydalanib, o`simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o`qituvchi o`quvchilaming o`z ijodiy daftarlariga ko`chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. o`quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to`ldiriladi.
Shunga o`xshash ishlar o`qituvchi tomonidan oldindan ilib qo`yilgan jadvallarni to`ldirish bo`yicha ham o`tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to`ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o`quv-tajriba maydonchasida tajribalar o`tkazishda qo`llaniladi.
O`qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo`yicha o`quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o`zlashtirilishining qadrini bilish o`qituvchiga o`qitishning borishini fahmlashga, bilimni o`zlash-tirish jarayoniga to`g‘ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o`qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo`llaydi (savollarni takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko`rgazmali qurollarni aniqlaydi).
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to`g‘ri keladi.
Taqqoslash - narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o`z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. o`quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo`lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo`lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo`yicha taqqoslash mumkin bo`ladi.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to`rt va hatto undan ko`proq obyektlarni taq-qoslash mumkin bo`ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlarni qo`yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o`xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taq-qoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko`rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma'noda juda qulay. Chunonchi, 3- sinfda “O`simlik va hayvonot olami” mavzusini o`rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo`yicha suhbat o`tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o`simliklar ariq bo`ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda - quruq tuproqda o`sadi? o`simlklar va hayvonlar hayotidagi o`zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o`zgarishlar bilan bog‘liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o`zgaradi? Suvda o`sayotgan qamish quruqda o`sayotganlaridan tashqi ko`rinishi bo`yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor?
Maktab maydonidagi gulzorda o`suvchi o`simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo`yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o`qituvchi o`quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko`rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o`rtasidagi bog‘lanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo`lish, o`xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g‘alla o`simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo`ladi. Ammo bu belgilarning o`xshashligida, masalan, bug‘doy va makkajo`xorida farqlar ham bor.
Sintez bog‘lanishlar o`rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g‘alla o`simliklarining ildizlari ko`pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak - poxolcho`p; bargi ensiz va uzun; mevasi - don).
Fikrlash natijasida ilgari ko`rilmagan yangi bog‘lanishlarni o`rnatsa bo`ladi. Tafakkur jarayonida o`quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog‘lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo`llaydi. o`qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi.
“Nima uchun?”, “Nimaga?” savollariga javob talab qilib, o`qituvchi bolalarni o`z fikrlarini asoslashga, o`z oldilariga savollar qo`yishga va ularga to`g‘ri javob berish uchun harakat qilishga o`rgatadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling