Nazorat uchun test savollari
1. Masshtab deb nimaga aytiladi?
A) Shartli belgilarning izoxlari
V) Plan va kartadagi chiziqlarning xaqiqiy masofaga nisbatan kichraytirish darajasiga
S) Erning magnit kutblarini tutashtiruvchi chiziqqa
D) Gorizont tomnlarini ko‘rsatuvchi chiziqqa
E) Plan va kartadagi chiziqlarning shimoliy kutbga nisbatan ogish darajasiga
2. Erning ichki kismi qanday jismlardan tuzilganligini, ularning zichligi va solishtirma og‘irligini kanday usul orqali aniqlangan?
A) Gravitatsion
V) Elektirik
S) Orentirlash
D) Seysmik metod
E) Seysmograf
3. Qachon er quyoshga eng yaqin kelgan vaqt hisoblanadi ?
A) 27-dekbr’
V) 3-yanvar’
S) 21-mart
D ) 5-iyul’
E) 31-dekabr’
4. Okean va dengiz suvi sho‘rligi o‘lchov birligni ko‘rsating.
A) Gramm
V) Foiz
S) Promille
D) Kilogramm
E) Kilokaloriya
5-mavzu. Tabiatshunoslik o`qitish metodlari
Reja:
1-sinfda tabiatshunoslik materialini o`rganish metodikasi.
Kuzatishlar bilan bog‘liq bo`lgan birinchi mashg‘ulotni maktab o`quv-tajriba maydonida o`tkazish
Mustaqil kuzatishlar o`tkazish
Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o`rganish metodikasi.
1- sinfda tabiatshunoslik materialini o`rganish metodikasi. 1- sinf o`quvchilari tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o`rganmasdilar, balki kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shuningdek, “O`qish kitobi”ga kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. 1986- yildan boshlab, 1- sinf o`quvchilari yangi o`quv predmeti - “Atrofimizdagi olam”ni o`igana boshladilar. Bu o`quvchilar bilan ilk mashg‘ulotlardan boshlab, ya'ni savod o`igatishning alifbe davridayoq o`qituvchi o`quvchilar e'tiborini o`z joyidagi tabiat obyektlarini o`lka-shunoslik yo`nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikda o`qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi. To`g‘ri tashkil etUgan kuzatishlar 1- sinf o`quvchilarida tabiat to`g‘risida tasavvurlar shakllantirishga, unga muhabbatni va ehtiyotlik bilan munosabatda bo`lishni taibiyalashga yordam beradi. Yana shu holatni hisobga olish kerakki, 1- sinfga kelgan bolalar muayyan ko`nikmalarga ega bo`ladilar, kuzatishlar jarayonida ularni rivojlantirish zarur.
1- sinfda shakllantirilishi kerak bo`lgan asosiy tushunchalar - “tabiat”, “jonli va jonsiz tabiat”, “erta gullaydigan o`simliklar”, “darrandalar”, “qushlar”, “baliqlar”, “hasharotlar” tushunchalaridir. Bu tushunchalar mazmun jihatidan murakkabdir, shunga ko`ra 1- sinf o`quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to`g‘risida faqat oddiy tasavvurlarni shakllantirish kifoyadir. Masalan, bolalar hasharotlar to`g‘risida ularning tanasi, bosh, ko`krak va qorin qismlar haqida, ularning uch juftdan oyoqlari borligi to`g‘risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o`zlashtirib olishlari uchun o`quvchilar uncha katta bo`lmagan guruhlarga bo`linib, ular bilan dastur bo`yicha muntazam kuzatishlar o`tkazilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |