O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Tabiatshunoslikni o`qitishning o`lkashunoslik tamoyili
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
Tabiatshunoslikni o`qitishning o`lkashunoslik tamoyili. Maktab o`lkashunosligining vazifasi o`quvchilar tomonidan ta'lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo`yicha va bevosita kuzatishlar asosida o`z o`lkasi hududini har tomonlama o`rganishdir.
O`lkashunoslik hayot bilan bog‘lanishning qudratli vositasidir. Ko`pchilik o`quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo`jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o`lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi. O`lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog‘liq, chunki o`z o`lkasini bilish o`quvchilarga uni muhofaza qilish va ko`kalamzorlashtirish bo`yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. o`z o`lkasini o`rganish o`quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi. O`lkashunoslik materialini o`rganish bo`yicha ish o`quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o`quv dasturi bilan belgilanadi. O`lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo`yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo`lishi mumkin. Faqat ular barcha o`quvchilar tomonidan bajarilsin. O`lkashunoslik tamoyili nazariy tabiatshunoslik kursining o`quvchilar o`z o`lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo`lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog‘lanishini nazarda tutadi. o`lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o`quv o`lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o`qituvchi yetarli o`lkashunoslik materiallariga ega bo`lishi, o`quv materialini o`zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma'lumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o`qitish “og‘zaki sxemada” bo`lmay, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o`lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o`qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma'lum bo`ladi. Barcha darslar o`lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak. O`quv o`lkashunosligini o`lkani o`rganish bo`yicha faqat yurish va to`garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam kuzatishlar bilan, o`rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini tekshirish bilan hamda o`z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog‘lash kerak bo`ladi. Darslardagi umumlashtirish o`rganiladigan dastur mavzulari bilan bog‘liq holda borishi lozim. O`lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o`quvchilarga tanish bo`lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Jonajon o`lkani o`rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o`rganish bilan parallel holda olib borilmog‘i lozim. 3- 4- sinflardagi o`lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o`simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o`rganish, tabiat muhofazasidir. O`quvchilar o`zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa? daryo,anhor kabi suv havzalari, ko`chatzorlar borligini, ifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarga g‘amxo`rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta'rifini tuzish va ularni qo`riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o`pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo`lgan jismlarning) odamning xo`jalik faoliyatiga ta'sirini o`rganish va ularning oldini olishda ishtirok etish lozim. O`lkashunoslik tamoyilini o`quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o`lkashunoslik burchagida mahalliy materiallarni izchil ravishda to`plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o`lkashunoslik kuzatishlari, boshlang‘ich sinfda o`quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to`planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o`rganishda kerak bo`ladigan asosiy tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo`lib xizmat qiladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling