O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash.
O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o`quv predmeti sifatida o`qitishga yetarli darajada e'tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho predmetli darslar va izohli o`qish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o`qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o`lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang‘ich sinflardagi tabiatshunoslik ta'limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.
Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik tamoyili hoziigi zamon fanida qaf’iy qaror topgan tamoyillarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta'minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma'lumotlarni tanlab olish kerak. O`quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o`quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to`g‘ri aniqlash o`quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o`quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to`g‘ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o`quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko`tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o`zlashtirib olinishiga imkon beradi. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash o`quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu ularning o`zlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta'limi va o`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. O`qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘lanish xarakterini o`quv predmetining mazmuni taqozo qiladi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o`quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o`zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o`quvchilarni nazariyani o`zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda bahor mavzusi (3- sinf) ni o`rganish bo`yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta'sirini aniqlash uchun urug‘lar ekish), keyin esa mavzuni o`rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma'qul. Tabiatshunoslikni o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lanishi, uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, shuningdek, amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. o`rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanish mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling