O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Bilimlarani puxta o`zlashtirish tamoyili
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qitishning individuallashtirish tamoyili. O`
Bilimlarani puxta o`zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o`quv hamda ko`nikmalarni o`quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O`quvchilar bilimining puxta bo`lishi o`qituvchining ko`rsatib o`tilgan tamoyillardan o`quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog‘liq.
Bilimlarni puxta bo`lishiga erishish uchun, avvalo, o`quv yili boshlanishida ilgari o`tilgan materialni yangi bilimlarning o`zlashtirilishi ongli bo`lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko`proq bog‘liq bo`lgan bo`limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o`zlash-tirishning birinchi bosqichida o`qituvchi o`quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o`zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak O`qitishning individuallashtirish tamoyili. O`rta ta'lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o`rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o`quvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o`zlashtirish jarayonlariga ta'sir ko`rsatadi. Biroq o`qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o`zlashtirish darajasi bir xil bo`lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to`g‘ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o`xshashligi bo`lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o`quvchi uchun o`zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi; 2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko`rgazmali va og‘zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi; 5) o`quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to`g‘risidagi bilimlarining sifati, og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o`ziga xosdir. O`qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o`quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o`rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak. O`qituvchining o`z o`quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o`quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o`rganib boradi. O`quvchilarning qanday o`zlashtirayotganligidan qat'iy nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni o`zlashtirishga qiynalayotganlarga o`z vaqtida qo`shimcha yordam ko`rsatish zarur. O`qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o`quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o`quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o`rganilayotgan ob’yektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak. O`quvchilarga individual yondashishga asoslangan o`qitish jarayoni o`quv materialining muvaffaqiyatli o`zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta'minlaydi, axloqiy me'yorlarni singdiradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling