O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Tabiatshunoslikni o`qitishda o`quvchilarning ongliligi va ijodiy
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qitishning ko`rgazmalilik tamoyili.
Tabiatshunoslikni o`qitishda o`quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili. O`quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) o`quvchilarning o`qishga ongli va ijodiy munosabatda bo`lishlarini; 2) o`rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o`qishning ijodiy xarakterda bo`lishini ; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo`llashni va ularni ishonchga aylanishini o`z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o`qituvchiga taalluqlidir, u o`quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshi bajarishga qiziqish uyg‘otishi kerak.
O`qitishda onglilikni namoyon bo`lishining oliy shakli o`quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o`tkazilgan kuzatishlarni tavsiflash va o`qituvchi taklif qilgan mavzu bo`yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog‘liq bo`ladi. O`qitishning ko`rgazmalilik tamoyili. Ko`rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o`quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o`qitishni nazarda tutadi. Ko`rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o`rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o`quvchilari ko`rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to`g‘ri tushuncha va xulosalar hosil bo`lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak. Tabiatshunoslik bo`yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o`rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o`tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo`llanilishini, ya'ni o`quvchilarning bevosita ko`z bilan yoki bevosita ko`rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko`rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas. Tabiatshunoslikni o`qitishdagi Ko`rgazmalilikni mashg‘ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o`simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko`rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko`rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko`rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir. Predmetli va tasviriy ko`rgazmalilikni amalga oshirish asosida o`qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o`rganilayotgan masalalarga o`quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o`rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o`zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta'minlaydi. So`z bilan qabul qilish, so`z bilan tasavvur etish o`rtasida puxta bog‘lanishlarning vujudga kelishi o`quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to`g‘risida o`qituvchi hikoya qilib berganlaming va ular to`g‘risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling