O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Yodda tuting!
G. Rozenbax boshlang‘ich maktablar, rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Shu asosda birinchi rus-tuzem maktabi 1884-yilda Toshkentda, Said- g‘ani Saidazimboy uyida ochildi. 137 Bu davrda o‘lkadagi mahalliy ziyolilar, jadidchilik harakatining namoyandalari tomonidan milliy mada- niyat, diniy e’tiqod, mahalliy an’analar asosidagi yangi maktablar ochilgan edi. Bunday yangi usuldagi jadid maktablarida tarix, matematika, geografiya, ona tili kabi fanlar ham o‘qitilgan. Yangi usul maktablarining diniy maktab va madrasalardan yana bir farqi shunda bo‘lganki, unda nafaqat islom dini va tarixi, balki mahalliy – turkiy xalqlar tarixi bo‘yicha ham ta’lim berilgan. Turkistonda dastlab jadid maktablari Buxoro, Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Xiva kabi shaharlarda ochilgan edi. Yangi usul maktablari jadidchilik harakati, uning namoyandalari fao- liyatlari bilan birga mahalliy aho lining umummilliy g‘oyalari, o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy birli- gini mustahkamlashga xizmat qildi. Jadid maktab- larining ta’lim tizimida o‘quvchilarga vatanga mu- habbat, milliy davlatchilik, milliy mada niyat, xalq birligi oldida mas’uliyatini his qilish, yurt ravnaqi uchun mehnat qilishga va kurashishga chor lov chi g‘oyalar singdirildi. Jadidlarning yangi usul maktablaridan zamona- sining yetuk olimlari, adabiyotshunoslari, rassom- lari, shoirlari, san’atkorlari, maorif sohasi mutaxas- sislari yetishib chiqdi. Jumladan, shoir akademik G‘afur G‘ulom, shoir va dramaturg Uyg‘un, Oybek kabi davlat va madaniyat arbob larini ko‘rsatish mumkin. Jadidlarning yangi usul maktablaridagi milliy g‘o- ya larga asoslangan ta’lim berishi o‘lkada hukm- ron bo‘lgan mustamlakachi hukumat tomonidan kuzatuv va nazoratda bo‘lgan. Ma’muriyat jadid- larning ta’ lim tizimida olib borayotgan faoliyati o‘lkada mustamlakachilik siyosatiga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan harakatlanti ruv chi kuch ekanligini angladi va ularning faoliyatiga ochiq- dan ochiq qarshilik ko‘rsata boshladi. Jadidlar faoliyati qattiq ta’qibga olindi. Har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham yangi usul maktablari faoliyatiga zarba berishga harakat qilindi. O‘lkada ma’muriyat tomonidan chiqariladigan matbuot sahifalarida yan- gi usul maktab lari tanqid etilib, ularning faoliyatiga noto‘g‘ri baho be- rilgan maqolalar e’lon qilindi. Dastlab jadid maktablarida turk va fors adabiyotlaridan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling