Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi


Download 159.49 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi159.49 Kb.
#1545378
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metallurgiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ta’lim yo`nalishi
4 - kurs «25-19IQ» guruh talabasi Ibragimov Botirning
Metallurgiya asoslari fanidan
MARKAZIY OSIYO MA’DANCHILIGI” mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI



Bajardi: Ibragimov B.


Qabul qildi: Asrorov A.


Baho “_____” ___________
Navoiy-2023
Reja:


1. Qadimiy davr ma’danchiligi.
2. Ko‘hna Iloqda mis ma’danchiligi.
3. Mis sanoatining jahondagi o‘rni.
4. O‘zbekistonda konchilik sanoati.
Foydalanilgan adabyotlar ro`yxati

1. Qadimiy davr ma’danchiligi

O‘tkazilgan arxeologik tekshiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining na­ti­jalari metall ishlab chiqarish qadimgi tosh asrining oxirlaridan bosh­­langan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Aslini olganda, foyda­li qazilmalardan chaqmoqtosh va boshqa qattiq minerallar tosh asrida ajdod­larimizning qurol-asboblar yasashdagi ilk xomashyosi hisob­lan­gan. Ko‘lbuloq manzili qariyb 20 yil o‘rganilib, minglarcha nusxa­larda tosh qurol namunalari topilganligi Olmaliq mintaqasining qadim­gi mada­niyat o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.


Ya. G‘. G‘ulomov, M. R. Qosimov, O. M. Rostovsev, M. A. Asqa­rov­­­­­­­lar­ning bu sohadagi ilmiy tadqiqotlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Metallarni, ayniqsa, oltin va kumush kabi noyob qazilmalarni izlab topish hamda ishlatish miloddan oldingi XX–XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Urartu mamlakatida metall ishlab chiqarish miloddan oldingi XX asrdan boshlangan, deb hisoblanadi. Qadimgi yozma manba­lar mual­lif­lari Gerodot, Strabon Yevropa mamlakatlari ma’dan­chili­gidan xabar berib, O‘rta Osiyoga ham alohida urg‘u berib o‘ta­dilar, jum­ladan, Strabon o‘z asar­lari­da O‘rta Osiyo xalqlari, ayniqsa, Jayhun va Say­hun (Amudaryo va Sir­daryo) bo‘ylarida yashovchi xalq­lar oltin hamda kumush­ning mo‘l­ligidan ot-ulov­larining barcha asbob-anjomlari, egar-jabduq, uzangi va yuganlarida temir o‘rniga oltin ishlatganlar, deb yozadi.
Ilk o‘rta asrlarga oid kon qoldiqlari va metall eritish manzil­lari, ayniqsa, oxirgi paytlarda ko‘plab topildi. Bu davrga kelib kon to­pish, uni qazish va metall eritib olish birmuncha taraqqiy etgan. Me­tall olish va eritishning VI–VII asrlarga oid namunalari Tunkent (Ol­ma­­liq jamoa xo‘ja­ligidagi Obiz qishlog‘i o‘rni), Buxoro, Toshkent, Far­g‘ona vi­loyatlari tog‘la­rida aniqlanib, bir-biriga o‘xshash metall eri­tish pech­larining ishlash tamoyil­lari va tuzilishi o‘rganildi (1.1-rasm).
VII–VIII asrlarga oid pechlarning bir guruhi Toshkent vi­­loya­ti Ohangaron tumani Boshug‘bov yoki Boshchibog‘ manzilida topilib, Yu.F.Buryakov tomonidan tavsiflangan. Olmaliq mintaqasining Oqtur­poq yaqi­ni­­dagi sochma oltin konlaridan oltin VII asrdan to XII asrgacha turli hajm­­da goh to‘xtab, goh uzluksiz qazib olingan, deb taxmin qili­nadi (1.2-rasm).






Download 159.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling