Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi
Download 159.49 Kb.
|
metallurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-jadval Tunkent toshqoli va undagi metallarning miqdori
1.6-rasm. Yer ustidan o‘yib ochiq usulda rudani qazib olish va yer ustida maydalab, navlarga ajratish.
Shundan so‘ng Chingizxon istilochilari bu shaharga yerosti sopol quvurlari orqali Qurama tizmasi tog‘laridan suv kelib turganini aniqlab, suv yo‘lini berkitgan. Shundan keyingina shaharliklar darvozalarini ochib, dushman bilan mardona kurashib, halok bo‘lganlar. Chingizxon istilochilari har yerda bo‘lganidek, bu yerga ham o‘t qo‘yib, bor boyligini talab, aholisini nobud qilganlar. Akademik M.E.Masson va boshqa olimlarning yozishicha, Tunkent tanga pullar zarb qilishda Buxoro va Samarqanddan keyin O‘rta Osiyoda uchinchi o‘rinda turgan. Iloqda zarb qilingan tangalar dunyoning turli mintaqalarigacha borib yetgan [2]. Kitob mualliflari Toshkent davlat texnika universitetining talabalari va shogirdlari bilan birga 1996–1998-yillari Tunkent xarobalarini deyarli to‘liq ilmiy o‘rganib chiqdilar. 150 gektardan ortiq yerni egallab yotgan Tunkent xarobalari, ma’danchilar maskani (rabod) hamda shahristondan iborat bo‘lgan shahar qismlari va undagi 7 ta toshqollar uyumi tahlil qilindi. Har bir uyumdagi toshqollar miqdori, hajmi va ularning asosan ustki qatlamdagi tarkibi alohida o‘rganib chiqildi. 1.1-jadvalda har bir uyumning hajmi va metallar miqdori berilgan. 1.1-jadval Tunkent toshqoli va undagi metallarning miqdori
Jadvaldan ma’lum bo‘ladiki, toshqollar miqdori 162878,80 tonnani tashkil qiladi. Bu arxeologlarning Tunkent toshqollari 150 ming tonnadan ortiq, degan taxminiga mos keladi. Unda mis tarkibi 0,21% dan to 1,68% gacha bo‘lib, asosan, oksid holida uchraydi, chunki ularning yillar, asrlar mobaynida asta-sekin oksidlanishi muqarrar. Oltin 0,2 g/t dan 2 g/t.gacha, kumush esa ayrim qatlamlarda 600 g/t gacha topildi . Tunkentning ma’dan tashlandiqlari to‘liq loyihalashtirilib, ilgari ishlatilgan ruda, toshqol, xomashyo, xomaki mis tarkibi va ayrim fizik-kimyoviy mineralogik xossalari ham atroflicha o‘rganildi. Olmaliqsoy bo‘yida (Ohangaronning so‘l irmog‘i) Qalmoqqir konlaridan yuqorida qadimiy konchilik o‘yiqlari, mis toshqollari to‘plami ko‘p saqlanib qolgan. Xuddi shu paytlarda o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari tufayli qadimiy kon handaqlari va toshqollari maydonini kuzatish ulkan natijalar berdi. 1925–1926-yillarda S. F. Moshkovsev geologiya-qidiruv ishlari natijasida katta va kichik Qalmoqqir mis konlarini topdi. Xalq orasida bu yerda “Miskon” borligi haqidagi qarash keng tarqalgan, qolaversa, Mulla Mansur bobo geologlar bilan ilmiy izlanishlarda muntazam ishtirok etib, bu konlarning tezroq topilishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1931–1933-yillarda ham qadimgi konlar o‘rni geologlardan A. V. Korolev boshchiligidagi guruh tomonidan o‘rganildi. 1933-yilda F. I. Bolfson bu yerda juda katta oksidlangan mis koni borligini aniqladi. Qadimgi Qalmoqqir, Sarobutkon, Qo‘rg‘oshin konlari O‘rta Osiyo va Olmaliq geologiya-qidiruv xodimlari tomonidan chuqur o‘rganildi. Qalmoqqirdan yuqoridagi Oqturpoqsoy bo‘yida ham qadimgi mis konlarining o‘yiqlari aniqlangan. Nakpaysoyning yuqori qismida Baliqti oltin-mis koni, Miskon, Sovuqbuloq, Sariqcho‘qqi, Kovuldi, Ungurlikon, Tangil, Orabuloq, Kaltasoy, Golduran, Togan konlari qadimdan oltin va mis metalini olish manbai bo‘lgan. 1978-yildan Olmaliq kon hududining janubiy qismida Cho‘yansoyning o‘ng qirg‘og‘ida temir eritish maydoni kuzatila borilib, undan 1 km yuqoriroqda ko‘plab pistako‘mir tayyorlash pechlarini topishga olimlarimiz muvaffaq bo‘lishgan. Bu ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, agar yoqilg‘i tayyorlash mumkin bo‘lsa hamda shu joyda ma’dan miqdori ham yetarli bo‘lsa, u holda metall eritib olish pechlarini yasash maqsadga loyiq bo‘lib, iqtisodiy jihatdan samara bergan. Ustoz M.Asqarov boshchiligidagi ToshPIning Olmaliq kechki kon-metallurgiya fakulteti talabalari 1978-yilgi kuzatuvlar davrida ham o‘nga yaqin tosh qaylalar (metall eritish uchun pechning o‘tga chidamli suvoqlari), shamotli g‘ishtlarini topdilarki, bu qadimgi misgar va chilangarlarimizning o‘tga chidamli minerallardan unumli foydalanganliklaridan guvohlik beradi. Konimansur koni qadimiy Olmaliq konlari ichida eng yiriklaridan biri bo‘lib, uni 1961-yilda Yu. F. Buryakov ham kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. U ochiq usulda kovlab olingan konlardandir. Maydoni 40–50 metr, ayrim joyda chuqurligi 60 metrga ham yetib boradi. Ochiq kon o‘yiqlari uzunligi to 125 metrgacha, kengligi 75 metr va chuqurligi 5 metrgacha boradi . B. N. Nasledov va A. V. Korolevlarning kuzatishlaricha, u ko‘p qavatli xona (kamera)dan iborat. Kuzatuvchilar u joydan ko‘plab qadimiy konchilarning archali tayanchi, tukli ustun kabi asbob-anjomlarini topishga erishdilar. Asosiy o‘yiq xonalar o‘lchami 50 metrdan to 200 metr uzunlikkacha borgan. Bu joydan olingan metall namunasi kimyoviy tahlil qilinganda, uning tarkibida 1% dan 7% gacha qo‘rg‘oshin, 186,5 g/t, ayrim hollarda 241–263 g/t kumush borligi aniqlandi. B. N. Nasledov tahlillari bo‘yicha kumush miqdori 580,632 va hatto 756 g/tn gacha bo‘lgan. Kumush ayrim paytlarda 1240 g/tn va 1370 g/tn ga yetgan. Bu yerda topilgan tosh bolg‘alar uzunligi 11 sm, o‘rtada dasta uchun burg‘ulab topilgan o‘yiq diametri 2–2,5 sm gacha yetgan. Kon o‘yiqlaridan shimoli-g‘arbda ma’danlarni boyitish ishlari manzili aniqlangan. Bunda turli o‘lchamdagi 3x4,5 va 4,5x5,0 metrli maydonchalar mavjud bo‘lib, ular metalni saralash va maxsus o‘lchamga keltirish uchun ishlatilganligini bildiradi . Download 159.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling