O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”


Download 1.68 Mb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#207435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kURS ISHI

8-rasm. Panda 9-rasm. Fillar


Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma-xil bo’lsa, uning tashqi ta’sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. SHuning uchun biosferadagi

mavjud xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Genetik xilma-xillik, turlar xilma-xilligi, ekosistemalar xilma-xilligi ajratiladi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o’tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog’lar, buyurtmaxonalar tashkil qilish faoliyati jadallashgan.

Qo’riqxona deganda insonning har qanday xo’jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat kompleksi asl holida saqlanadigan hududlarga aytiladi.

Milliy bog’larda tabiatdan foydalanish, aholi dam olishi uchun sharoitlar ham mavjuddir.

Buyurtmaxonalarda qisman muhofaza yoki to’liq muhofaza ta’minlanishi mumkin. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yo’qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar, tabiat kompleksi muhofaza qilinadi.

Islom dinida qo’riqlanadigan hududlarni tashkil qilishga e’tibor qaratilgan va «xayma» deb ataladigan odat qadimdan ma’lum. Bunda hech kimga qarashli bo’lmagan hududlar muhofaza qilinadi va u yerlarni o’zlashtirish man qilinadi. Payg’ambarimiz(S.A.V) zamonlarida Makka va Madina shaharlari ichidagi va yon atrofidagi daraxtlar, qushlar, o’t-o’lanlar muhofazaga olingan. Bu qonunni buzgan kishining quroli tortib olinib, qattiq tanbeh berilgan.

Inson tomonidan buzilmagan hududlar «xaram» deb nomlangan va unday yerlar faqatgina alohida ruxsat bilan o’zlashtirilgan. «Xayma» va «xaram» tushunchalari tabiatni muhofaza qilishda yuqori salohiyatga egadir. Ushbu hududlar quyidagi sabablarga ko’ra qiymatga egadir:

-buzilgan yerlarni tiklash imkoniyatini beradi;

-biologik xilma-xillikni saqlaydi;

-suv ayrig’ichlar va daryo xavzalarini asraydi;

-sayyohlar uchun ahamiyatga ega.

Noyob va yo’qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e’tiborni kuchaytirish uchun 1966-yili Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro «qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida davlatlar o’z «qizil kitobi»ga ega.

«qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo’lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o’rtasidagi hamkorlik yo’li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko’chib yuruvchi hayvonlar, Dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, chegaralararo daryolarda yashovchi o’simlik va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo’li bilan muhofaza qilinadi. 1992-yili Rio-de-Janeyroda «Biologik xilma-xillikni saqlash» xalqaro Konvensiyasining imzolanishi boshlangan va hozirda bu konvensiyaga dunyodagi 170 dan ortiq davlatlar, shu jumladan O’zbekiston ham qo’shilgan. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish alohida maxsus xalqaro va milliy darajadagi qonunlar orqali nazorat qilinadi.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling