O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”


Download 1.68 Mb.
bet10/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#207435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kURS ISHI

-rasm. Xasharot


Xashoratlar o’simliklarni changlaydi, qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar uchun ozuqa manbaidir. yer yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig’i umurtqasizlarga to’g’ri keladi.

Umurtqali hayvonlar ichida sug emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahamiyatga egadir.




6-rasm. Sut emizuvchilar. 7-rasm. Okean sut emizuvchilari


Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir.

Er yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita ta’siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut emizuvchilar va qushlar turlari yo’q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, yerlarning o’zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta’sir ko’rsatadi. yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o’ziga xos ekologik makonni egallaydilar.

Har qanday jonzotga rahmli va muruvvatli bo’lish savob amallardan hisoblanadi. Hayvonlarga azob berish, ularni urushtirish orqali ko’ngilochar tomoshalar uyushtirish islomda qat’iyan man qilinadi. Hayvonlarni tor, qorong’u xonalarda boqish qoralanadi. Hayvonlarni so’yish faqat «halol» yo’l bilan, ularga

ortiqcha aziyat yetkazmasdan amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlanadi. Alloh barcha jonzotlarning yaratuvchisi va ularni birdek sevishi qur’oni Karim oyatlarida bayon etilgan:

« yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi(Bizning qo’l ostimizdagi)jamoalardir. Kitobda(ya’ni, taqdiri-azal kitobida) biron narsani qo’ymay (yozganmiz). Keyin hammalari Parvardigorlari dargohida to’planurlar» («An’om» , 38).

Bu hikmatdan hamma jonzotlar Allohning yagona oilasi vakillari ekanligi haqidagi ma’no kelib chiqadi. Bizning ularning ichida foydali, zaralilarini ajratishimiz, ayniqsa, zaruratsiz jonzotlarni nobud qilish noo’rin ishlardandir. Faqatgini ovqat zarurati uchun ov qilishga ruxsat beriladi. Har qanday katta-kichik hayvonlarni behuda o’ldirish, ayniqsa bolalarini ovlash qat’iy man qilinadi. Islomda fil, ayiq, maymun, sichqon, ilon, kaltakesak va boshqa hayvonlar go’shtining xarom qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Islomda nafaqat hayvonlarga ozor berish, hatto ularni xaqoratlash ham man qilinadi. XIII asrda arab olimi Abu as-Salom payg’ambarimiz(S.A.V)ning o’gitlarini o’rganib hayvonlarning huquqlari to’g’risida asar yozgan(Boreyko,2000). Daraxtlar va o’simliklarga, xatto tog’u-toshlarga ham mehrli munosabatda bo’lish islomga xos hisoblanadi.







Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling