P-elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns


Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 16.36 Kb.
bet2/2
Sana26.12.2022
Hajmi16.36 Kb.
#1066676
1   2
Bog'liq
5 мавзу Davriy sistemaning VI A gruppa elementlaridan (O-kislorod) olinishi, xossalari va ishlatilishi.

2. Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Tabiatda uchrashi. Kislorod–Yerda eng ko`p tarqalgan element. U yer po`stlog`i massasining 47,2 % ni tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95 % va massa jihatdan 23,15 % ga teng. Kislorod suv, tog` jinslari, ko`pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yog`lar va uglevodlarda bo`ladi.

Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (Ni elektrodlar), bertole tuzini qizdirib turib parchalash yoki kaliy permanganatni qizdirib turib parchalash yo`llari bilan olinadi:
2KClO3 = 2KCl + 3O2↑ 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2
Sanoatda kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod po`lat ballonlarda 15MPa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi.

Fizik–kimyoviy xossalari. Kislorod–rangsiz, ta`msiz, hidsiz va havodan bir oz og`ir gaz. Suvda kam eriydi (1L suvda 20 0C da 31ml kislorod eriydi).–183 0C harorat va 101,325 kPa bosimda suyuqlanadi. Suyuq kislorod havorang tusli bo`ladi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: 16O (99,76 %), 17O (0,04 %) va 18O (0,20 %) bo`ladi.
Tashqi elektron pog`onasini to`ldirish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Kislorod molekulasi ikki atomdan tarkib topgan O2. Unda kimyoviy bog`lanish–kovalent qutbsiz.
Ozon molekulasi kislorodning uchta atomidan tarkib topgan O3. Ozon bu kislorod elementining allotropik shakl o`zgarishidir. Ozon–o`ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko`pchilik metallarni, shu jumladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya bormaydi:
2KJ1- + O30 + H2O = J20 + 2KO2-H + O20
2J1- - 2e- = J2 │2 │1
O3 + 2e- = O2 + O2- │2 │1
Kislorod deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qiladi. Bunda ko`pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan: 2Ca + O2 = 2CaO C + O2 = CO2
Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo`llar bilan olinadi.
Murakkab moddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa oksidlar va oddiy moddalar hosil bo`ladi. Masalan:
2C2H2 + 5O2 = 4CO2 + 2H2O 4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2N2
Kislorod kimyoviy reaksiyalarda doimo oksidlovchi bo`ladi, chunki elektronlarni biriktirib oladi. Yonish, zanglash, chirish va nafas olish jarayonlari kislorod ishtirokida boradi. Bular oksidlanish–qaytarilish jarayonlaridir.


Ishlatilishi. Metallurgiya sanoatida kislorodning ancha ko`p miqdori sarflanadi. Kislorod yuqori harorat hosil qilish uchun ishlatiladi. Kislorod–atsetilen alangasining harorati 3500 0C ga, kislorod–vodorod alangasining harorati 3000 0C ga yetadi.
Tibbiyotda kislorod bemorlarning nafas olishini yengillashtirishda (kislorodli yostiqcha va palatkalar) ishlatiladi. Nafas olish qiyin bo`lgan atmosferada ishlarni bajarishda (yer osti va suv osti ishlarida, kosmik parvozlar), kislorodli asboblarda kisloroddan foydalaniladi.
Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling