P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§.  Jahon mamlakatlarining urbanizatsiyasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
11-§. 
Jahon mamlakatlarining urbanizatsiyasi
Shahar, urbanizatsiya jarayoni, millioner shaharlar, aglomeratsiya, me-
galopolis. 
Qishloq va shaharlar aholi punktlarining ikki asosiy ko‘rinishi hisobla-
nadi. Ma’lumki, shahar deb aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligidan 
boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan aholi punktlariga aytiladi. Hozirgi davrda 
shaharlar har bir davlatning asosiy ishlab chiqarish, boshqaruv, transport 
markazlariga aylanib qolganligi hech kimga sir emas. Aynan shaharlar 
aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlab beruvchi manzilgohlar 
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi, ayniqsa, sanoat inqilobining 
yuz berishi, olis, chekka hududlargacha yetib borish imkonini beruvchi 
transport yo‘llarining barpo etilishi jahonda shaharlar sonining keskin or-
tishiga olib keldi. Shaharga xos hayot tarzi esa ko‘plab insonlarni o‘ziga 
jalb qilib, ularni shaharga ko‘chib kelishga undamoqda. Natijada jahonda 
urbanizatsiya
jarayoni tez sur’atlarda rivojlanmoqda. 
Urbanizatsiya – (lotincha «urb» – «shahar») – shaharlar, shahar aho-
lisining soni va salmog‘ining o‘sishi, shahar turmush tarzining tarqalish 
jarayoni. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


36
Urbanizatsiya darajasi, odatda, jami aholi tarkibida shahar aholisining 
salmog‘i bilan o‘lchanadi. Agar 1800-yilda Yer yuzi aholisining 3 % i sha-
harlarda istiqomat qilgan bo‘lsa, oradan yuz yil o‘tib, mazkur ko‘rsatkich 
14 % ga yetdi. 2000-yilga kelib jahonda urbanizatsiya darajasi 47 % ni 
tashkil qildi. 2018-yil holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha urbanizatsiyaning 
o‘rtacha ko‘rsatkichi 55 % ga teng bo‘ldi. 
Urbanizatsiya darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon davlatlarini uch 
toifaga ajratish mumkin:
1. Shahar aholisining ulushi 75 % dan yuqori bo‘lgan yuqori darajada 
urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, AQSH, Yaponiya, Belgiya va b.);
2. Shahar aholisining ulushi 50 % dan 75 % gacha bo‘lgan o‘rtacha 
darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, JAR, Peru, Xitoy va b.);
3. Shahar aholisining ulushi 50 % dan kam bo‘lgan past darajada ur-
banizatsiyalashgan davlatlar (masalan, Misr, Bangladesh, Moldova va b.)

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling