Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar


Download 1.62 Mb.
bet35/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV


partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.

JAHON MAMLAKATLARI TA’LIMI TARAQQIYOTINING AYRIM MASALALAR
Boshqa ko’plab kasblar kabi o’qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki pedagogik ta’lim olingandagina tugamaydi. O’qituvchilarga doimiy yangilanib turuvchi talablar qo’yiladi. Professional o’qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy ravishda o’z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. O’qituvchilami tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o’z ichiga olishi kerak.
O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash.
YYEVROPA Ittifoqining aksariyat davlatlarida(Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya) boshlang’ich va o’rta maktab o’qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o’quv yurtlarida kechadi. O’rta maktabning boshlang’ich sinflarida dars berish uchun o’qituvchilar oliy ma’lumotli bo’lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya bundan istisno.
O’qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida(izchil usul) olib boriladi. Baravar usul bo’yicha kirish talablariga to’liq o’rta ma’lumot to’g’risidagi attestat, ba’zi hollarda oliy ma’lumot olishga loyiqligi haqidagi sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo’yicha dastlabki oliy ma’lumot (universitet yoki undan boshqa)ni maxsus fan yo’nalishda egallagan talabalar muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi.
Baravar usul o’qituvchilarining barcha ta’lim va tayyorgarligi boshlang’ich maktablarda izchil usulda yo’lga qo’yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab o’qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan.
Shotlandiyada kasbiy ta’limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari mumkin. Bu majburiy bo’lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo’ladilar. Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. Oliy ta’limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta’lim kurslarida pedagogik metodlarga taya’niladi.
Lektorlardan oliy ta’limda ham, undan keyingi ta’limda ham ta’lim usullarini doimiy yaxshilab borish talab qilinadi. Bu turli sabablar bilan izohlanadi. Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijalarga erishish talabi qo’yilgan qoidalar mavjud. Shuningdek:

  1. Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog’liq moliyaviy pul ulushi mavjud.

  2. Talabalarga har bir predmet bo’yicha so’rovnomalarni to’ldirishga beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo’mitasi a’zolari, talabalarning vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar vakillari huzurida e’lon qilinadi.

  3. Ta’lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa universitet xodimlari ishtiroki.

  4. Talabalarni baholovchi professionallar guruhi.

Yomon o’qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to’plashga sabab bo’ladi va bu o’z navbatida kurning yopilishiga olib kelishi mumkin. Dastlabki kurslarni tasdiqlash
Shotlandiya Davlat kotibi o’qituvchilar tayyorlanishini bir necha yo’l bilan nazorat qiladi:
-U maktab o’quvchilari ta’limi kursini tasdiqlaydi.
-Tasdiqqa ega bo’lgan, sharoitlarni yaratib beruvchi homiy tashkilotlarga ko’rsatmalar beradi.
-Har yili malaka oshirish kurslariga kirish talablarining eng quyi darajasini ishlab chiqadi.
-Ta’lim uchun o’qituvchilar soni o’rnini nazorai qiladi.
Maktab inspektori pedagogik ta’lim sifati kafolatida muhim rol o’ynaydi.
1994 yili angliya va Uelsda o’qituvchilar tayyorgarligi agentligi (O’TA) tashkil qilindi. Uning maqsadlari quyidagicha:
-Ta’limning barcha yo’nalishlari bo’yicha sifat va samaradorlikni yaxshilash -O’qituvchilarning barcha maktablarda kurslarga jalb qilinishini kafolatlash. -O’qituvchilarning dastlab tayyorgarligi uchun davlatrejasini ishlab chiqish hamda yangi o’qituvchilar uchun davlat standarti va talablarini ko’rib chiqish.
O’TA “O’qituvchi malakasi statusining davlat standarti”ni ishlab chiqdi. Shuningdek ro’yxatdan o’tgan tashkilotlarda o’qituvchilarning dastlabki tayyorgarligi kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar malakali o’qituvchi maqomi(MO’M)ga ega bo’ladilar.
Har bir kurs har bir ta’lim oluvchiga har bir standart bo’yicha alohida bahoni o’z ichiga oladi.
Talabaga quyidagi standartlar talabi qo’yiladi:

  • Predmetni bilish va anglash.

  • Rejalashtirish, sinfdagi o’quvchilarga ta’lim berish va uni boshqarish.

  • Nazorat, baholash, jurnal yuritish bayonot va hisobot berish.

  • Boshiqa kasbiy talablar.

Oxirgi toifa quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi: o’quvchilarga o’zining shaxsiy va kasbiy xulqi bilan namuna bo’lish, kasbiy takomillashishi kerakligini anglash va pedagogika yangiliklari, o’z predmeti yangiliklaridan xabardor bo’lib borish.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling