Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Afrika davlatlari ta’lim tizimi va ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.62 Mb.
bet34/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

Afrika davlatlari ta’lim tizimi va ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. Eng yirik kutubxonasi- Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari-Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, Paster instituti (parazitologiya vamikrobiol.), gigiyena, traxoma va tropik oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi.
Janubiy Afrika Respublikasi ta’lim tizimi.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga yYEVROPAliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. YYEVROPAlikalarning dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yYEVROPAliklar va mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-96 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami o'quvchilar 9,3 mln kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Pretoriya, Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun universitetlari. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda tashkil topgan), Keyptaundagi shahar (1952), Parlament (1857), Janubiy Afrika ommaviy (1818) kutubxonalari, Keyptaun universitetining kutubxonasi (1829). Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi muzeyi, Janubiy Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya.
Zambiya ta’lim tizimi.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalar. Zambiya mustaqillikka erishgach, boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yYEVROPAliklar bilan birga o'qitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. Boshlang'ich maktabning 1-4 sinflarda darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik (to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2-3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 f-t), Kitve-Nkanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b. Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve- Nkanada ommaviy kutubxonalar bor.
Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling