10
Davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda
ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi
asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin (4-rasm):
4-rasm. Davlat byudjetining funksiyalari
12
Byudjet tuzilishining qanday bo’lishi mamlakatning ma’muriy-hududiy
tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq bo’ladi.
Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar,
provinsiyalar, oblastlar, o’lkalar, yyerlar kabi) o’rtasida hokimiyat vakolatlarining
taqsimlanishiga ko’ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda
davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud)
davlatlarga bo’linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o’ziga xos
xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (5-rasm).
12
Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2014. 101-b.
Iqtisodiyotni tartibga
solish va boshqarish
funksiyasi
Davlat byudjeti orqali davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy
xizmatlar, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari mablag‘ bilan
ta’minlanadi
Ijtimoiy
funksiyasi
Davlat byudjeti orqali iqtisodiy jarayonlar tartibga solinadi,
iqtisodiyot tarmoqlari va markazlashgan investitsiyalar
moliyalashtiriladi, xo‘jalik subyektlari va davlat o‘rtasidagi
taqsimlash nisbatlari belgilanadi
Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki
mahsulot va milliy daromadning qiymati jamiyatdagi umumiy
ehtiyojlarni qondirish zaruriyati tufayli qayta taqsimlanadi
YaIM qiymatini qayta
taqsimlash funksiyasi
Mablag‘larning byudjetga kelib tushishi, byudjet
ajratmalarining ishlatilishi, byudjet intizomiga rioya qilinishi,
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik moliyaviy
faoliyati nazorat qilinadi
Nazorat
funksiyasi
Davlat byudjetining funksiyalari