Elim sun’iy yul bilan xam olinishi mumkin. Buning uchun o‘simlik po‘stlog‘ini bigiz, pichoq yoki boshqa asbob bilan tilinadi natijada elim oqib chiqadi. - Elim sun’iy yul bilan xam olinishi mumkin. Buning uchun o‘simlik po‘stlog‘ini bigiz, pichoq yoki boshqa asbob bilan tilinadi natijada elim oqib chiqadi.
- Elim kimeviy tarkibiga ko‘ra shilliq moddalarga yaqin turadi. Patologik shilliq moddalar o‘simlik tuqimalaridan oqib chiqayotganida yulda uchragan birikmalar masalan: oshlovchi, buyoq, mineral moddalar, fermentlar, va boshqalarni o‘zi bilan birga olib chiqishi mumkin.
- Elim xar xil rang va shaklda xamda qattiq bo‘lakchalar xamda bo‘ladi. YUqori sifatli elim rangsiz yoki och sarg‘ish rangli bo‘lib, o‘ziga xos shirin mazaga ega u organik erituvchilarda erimaydi. Elim spirt ta’sirida eritmada chqkadi.
- Elimning kimeviy tarkibi yaxshi aniqlanmagan. SHu sababli u fizik xossasiga qarab 3 guruxga bo‘linadi.
- 1. Arabin - suvda yaxshi eriydigan elim.
- 2. Bassorin - suvda kam eriydigan, lekin yaxshi shishadigan elim.
- 3. Serazin - suvda erimaydigan va kam shishadigan elim. Bu issiq suvda qisman erishi mumkin.
Elim tibbiyotda me’da kasalliklarida o‘rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada esa xab dorilar xamda emulsiyalar tayyorlashda qo‘llaniladi. - Elim tibbiyotda me’da kasalliklarida o‘rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada esa xab dorilar xamda emulsiyalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
- Texnikada elimni chit bo‘yash, tush, siyox, akvarel bo‘yoqlar, qalam, gugurt va plastmasslar tayyorlashda xamda boshqa soxalarda ishlatiladi.
- Tibbiyotda xamda farmatsevtika amaliyotida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun astragal elimi - tragakant va o‘rik elimidan foydalanadi.
- o‘rik elimi - Gummi armeniacal.
- o‘rik elimi daraxt po‘stlog‘ining darz ketgan joyidan oqib chiqadi. Ana shu elim yig‘ib olinadi. O‘rik elimi rangsiz, yoki och sariq rangli, qattiq, mo‘rt, yaltiroq va katta-kichik bo‘laklardan iborat. Elim poroshogi oq yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, xidsiz, chuchmal mazaga ega. Elim suvda eriydi.
- O‘rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabika o‘rnida emulsiya tayerlash uchun emulgator sifatida ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |