Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi Reja


Miloddan avvalgi XIII asrda


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana28.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1302941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qadimgi Mitani davlati

Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga 
bo`linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta`siriga tushib, o`z mustaqilligini 
yo`qotadi. 
3. Mitanni davlatining xo`jaligi. Mitannining katta qismini Arman 
tog`liklari egallagan. Mamlakat janubida Yuqori Mesopotamiya pasttekisligi 
joylashgan. 
Mitannidagi daryo va soy sohillarida yashagan aholi asosan arpa, bug`doy, 
no`xat, kunjut, sabzavot va mevalar ekib bog`dorchilik va sabzavotchilik bilan 


shug`ullanganlar. Sohibkorlar xurmo va uzum ham yetishtirganlar. Mitanni aholisi 
qo`y, echki, sigir, buqa, buzoq, eshak boqib, chorvachilikka katta ahamiyat bergan. 
Mamlakatda ot boqib, yilqichilikni rivojlantirish katta ahamiyat kasb etgan. 
Mitanni otlari butun Old Osiyo mamlakatlarida mashhur bo`lib, ularning narxi 
yuqori baholangan. 
Mitannida kulolchilik, to`qimachilik, zafgarlik, qurolsozlik, ma`dansozlik ham 
rivoj topgan edi. 
Mitanni to`rt tomonga boradigan yo`l ustida, shuningdek madaniyat rivoj 
topgan mamlakatlar o`rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va 
tashqi savdo rivojlangan edi. Mitanni Misr, Suriya, Palastin, Finikiya, Xett, 
Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlari 
olib borgan. Mitanni qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lgan. 
4. Mesopotamiyaga xoldeylar hukmronligining boshlanishi. Miloddan 
avvalgi XIII asr oxirlarida Bobil podsholigi kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan 
foydalangan Ossuriya va Elam podsholari Bobilga bir necha bor bostirib kirib 
mamlakatning ko`p yerlarini bosib oladilar. Isen shahri hokimlari, xususan 
Navuxodonosor I (1126–1105) elamliklarni Bobildan quvib chiqaradilar. 
Miloddan avvalgi IX asr boshlarida Fors qo`ltig`i sohilida yashagan Xoldey 
qabilalari Janubiy Mesopotamiyaga kelib joylashadilar. Shimoli-g`arbdan esa 
aramey qabilalari o`rta Mesopotamiyaga kelib o`rnashadilar. Xoldey hukmdori 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling