Qaror qabul qilish murakkab intellektual faoliyat


Vaziyat rivojini prognoz qilish (oldindan aytib berish)


Download 36.01 Kb.
bet9/10
Sana20.09.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1682033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI

Vaziyat rivojini prognoz qilish (oldindan aytib berish) qabul qilinadigan qaror qanday bo’lishidan qat’iy nazar, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni inobatga olish kerakligini ko’rsatadi. Gipotezalar qancha ko’p bo’lsa, ularni tekshirishga qaratilgan xarakatlar ham shuncha ko’p bo’ladi. Demak xato ham shuncha ko’p bo’lishi mumkin.
Xarakatlarimizning bo’lajak natijasi bo’yicha gipoteza qilish, xarakatlarimiz nimaga, qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan aniqlash degani.
Shunday qilib, keltirilgan barcha usullar echim variantlarini ishlab chiqarishga o’z xissasini qo’shadi.

Xulosa
Qarorning eng yaxshi variantini tanlash o’rganilayotgan jarayonning eng oxirgi bosqichi xisoblanadi. Bunda barcha variantlar bir-biri bilan bog’liq bir necha mezonlar asosida baxolanadi. Mezonlar har-hil bo’lishlari mumkin, ular muammoning mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, agar muammoni qandaydir muxlatgacha echish, xal qilish kerak bo’lsa, shu muxlatga chidamagan barcha variantlar kerak emasligi tufayli o’rganishdan olib tashlanadi.
Mezonlarga foydalaniladigan kuch va vositalar ham kiradi. Bunda ularning
xajmi, tayyorligi, sarflanadigan xarajatlar va xokazo va xokazolar xisoblanadi.
Yana bir mezon – xavf-xatar darajasi, kutilayotgan salbiy oqibat. Bu erda inobatga olinishi kerak bo’lgan faktorlar – salbiy oqibatning xarakteri va uning bo’lish-bo’lmasligi. Qaror qabul qilish jarayonida mana shu ikki savolga ham javob erilishi lozim.
Albatta har qanday muammo o’rganilib, u bo’yicha qaror qabul qilinayotganda bir emas, bir necha mezonlarni inobatga olish kerak bo’ladi
(masalan vaqt bo’yicha, salbiy oqibatlar bo’yicha, natijalar bo’yicha va xokazo).
Variantlar orasidan tanlab, bir echimga kelish uchun qaror qabul qiluvchiga aql, zakovat, bilim va ko’nikmalardan tashqari kuchli iroda ham kerak bo’ladi. Qaror qabul qiluvchi bir necha echim variantlari orasidan eng yaxshisini tanlab olishda, uning irodasi tebranish, shubxalanish, juratsizlik kabi inson psixologiyasiga xos qo’rquvlarni engishga yordam beradi.
Qaror qabul qilish jarayonida tanlangan variantning qismlari, qaror qanday shaklda qabul qilinishigi, uning chegaralari aniqlanadi. Qaror qabul qilayotib, sub’ekt uni ijrochilarga qanday etkazishni, uning amalga oshirilishi qanday tarzda bo’lishini va nixoyat qanday tarzda nazorat qilinishi lozimligini o’ylashi lozim.


Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling