Qaror qabul qilish murakkab intellektual faoliyat


Echim variantlarini ishlab chiqish


Download 36.01 Kb.
bet8/10
Sana20.09.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1682033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI

Echim variantlarini ishlab chiqish.
Muammo aniqlanib, muammoli vaziyat o’rganilgandan keyin, ushbu muammoni qanday qilib echib bo’ladi degan savol tug’iladi. Vaziyatning nostandartligi muammoni echishda eski, mavjud tajribani ishlatishni qiyinlashtiradi, xatto yo’qqa chiqaradi. Vaziyat bizdan muammoga yangicha nazar tashlashga, yangi echimini qidirishga, unumli ijodiy fikrlashga majbur etadi.
Amaliyotda muammo bo’yicha bo’lajak xarakatni aniqlashning evristik uslublaridan muammoni dekompozitsiya qilish, paralel vazifalarni ilgari surish, asosiy vazifalarni aniqlash, ilgari surilgan vazifalar orasidagi munosabatlarni o’rganish, analogiya, vaziyatning rivojlanishini oldindan aytish (prognozlashtirish), gipotezalar (bo’lishi mumkinlik) oqibatini aniqlash va xisobga olish kabi usul va uslublar qo’llaniladi.
Muammoni dekompozitsiya qilish, uni majmuaviy yondashuv asosida kichik vazifalarga bo’lish.
Bunda biz muammoning ichidagi muammochalar, ular orasidagi munosabatlarni o’rganamiz, qaysi vazifani oldin, qaysi birini keyin keyin echish kerakligini aniqlaymiz.
Paralel vazifalarni ilgari surish, yani muammoning echimini boshqa, shunga o’xshash vaziyatlarni xal qilishda ishlatsa bo’ladimi degan savolga javob berishimiz lozim. Shu bilan biz kuch va vositalarimizni tejagan bo’lamiz.
Muammoning asosiy vazifalarini aniqlash, muammoning ichida shunday vazifalarni topishni ko’rsatadiki, ularning echimi butun muammoning echimini yaqinlashtiradi.
Ilgari surilgan vazifalar ichidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash, muammo bo’yicha qaror ishlab chiqarishning asosiy uslublaridan biri bo’lib, muammoni xal qilish uchun kerak resurslarni aniqlab beradi. Muammoning echmi uchun qanday kuch va vositalar kerakligini aniqlaydi.
Analogiya - shunga o’xshash muammolarni xal qilish tajribasidan foydalanishni anglatadi. Muammoning o’zi echish jarayoni ilgari o’z echimini topgan muammo bilan solishtirib boriladi. O’xshashliklar topiladi. Lekin xech qachon ikkita bir xil narsa bo’lmagandek va o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini inobatga olib, muammoga yarasha yangi, unga mos echim qidirish esdan chiqmasligi zarur.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling