Qaror qabul qilish murakkab intellektual faoliyat


Download 36.01 Kb.
bet3/10
Sana20.09.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1682033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI

Namunaviy ma’lumotlar shu soxada va shunga yaqin soxalarda qaror qabul qilish bo’yicha mavjud tajribalarni anglatadi. Bunda so’z qaror qabul qiluvchining shaxsiy tajribasidagi, hamda o’zgalar tajribasidagi namunalar haqida yuritiladi.
Albatta, avlodlarimiz ishlab chiqqan tajribadan xabardor bo’lishimiz zarur, chunki ularga qarab, o’rganib,xatolarga yo’l qo’ymaysan. Lekin u tajribani ko’rko’rona ishlatib ham bo’lmaydi, chunki xuddi bir-xil vaziyat bo’lmaydi. Qandaydir farq doim bo’ladi. Shuning uchun ularni namuna sifatida o’rganib, yangi, original qarorlar qabul qilishda foydalanish mumkin.
2. Qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari.
Boshqaruv faoliyatining nazariyasi va amaliyoti qabul qilinayotgan qarorga tegishli tamoyillarni ishlab chiqargan.
Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Muammoning ayrim qismlarini o’rganishdan avval butun muammoni o’rganib chiqish lozimligi;

  2. Barcha variantlarni ko’rib chiqmaguncha, qaror qabul qilmaslik;

  3. Ma’lumotlarga darrov ishonib qolmasliq, shubxalanish lozimligi;

  4. Muammoga aniqlik kiritish maqsadida ko’proq savol berish;

  5. Miyaga kelgan birinchi qaror varianti bilan qanoatlanmaslik;

  6. Qat’iy qaror qabul qilishdan avval o’zgalarning fikriga quloq solish;

  7. O’zgalar fikriga iltifotsizlik ko’rsatmaslik (bepisand bo’lmaslik);

  8. Har kim muammoga o’z nuqtai nazaridan (manfaatidan kelib chiqqan xolda) qaraydi;

  9. Masalaga bir tomonlicha emas, har tomonlama yondashishga xarakat qilish.

Muammoning moxiyatini anglash uchun o’xshash modellar (hodisalar, qarorlar) qidirish va ular bilan taqqoslash. Qarorning shakllanish jarayonida har qanday soxa xodimi, ular qatori pedagog hamechimning bir necha variantlari borligini ko’radi. Har biri bo’yichabarcha “+” va “-” larni tarozga soladi. Bu esa o’z yo’lida xodimda shak-shubxa, gumon, xar-xil kechinmalar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Qaror qabul qiluvchi sub’ektga, agar noto’ri qaror qabul qilsa, nafaqat o’zini, xatto boshqa shaxslarni, aytaylik mauammoga aloqasi bor bo’lgan ijrochilarni xam noqulay axvolga qo’yishi mumkinligi unga salbiy ta’sir etadi.. Shuning uchun bir necha variantlar orasida eng to’g’risini tanlash uchunfaqatgina bilim va ko’nikmalarning o’zi kifoya qilmaydi. Bu esa qaror qabul qilishning psixologik tarafidir.Buning uchun qaror qabul qilish jarayonini tashkillashtiruvchi va rag’batlantiruvchi iroda kerak bo’ladi. Bunday holatlarda iroda – qaror qabul qilishga ishini bilib yondashishni anglatadi. Kuchli iroda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, etarli ta’lim-tarbiya natijasida etishtiriladi. Shunday qilib qarorning shakllanish asosida bilim va irodaning mustaxkam qorishmasi yotadi.
Ko’pincha qaror qabul qilishda malumotlarning etishmasligiga, kamligiga duch kelamiz. Noaniq vaziyatda qaror qabul qilish – barchamizga ma’lum narsa. Shunday paytlarda (ma’lumot kamligi) qabul qilingan qaror,qaror qabul qiluvchi sub’ekt, qaror ob’ekti yoki vaziyatga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omil bo’lishi mumkin. Noto’g’ri qaror natijasida uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatar asosida kutilgan natija bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy oqibat yotadi.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling