Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 412.02 Kb.
bet3/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT

Toksikomaniya


Toksikomaniya uchadigan, bug‘lanadigan narkotik ta’sir etuvchi moddalarni qabul qilish natijasida kelib chiqadi. Ushbu guruh doirasi ancha keng bo‘lib, uning tarkibiga organik uchuvchi suyuqliklar va gazlarning ko‘pchiligi kiradi. Bu moddalarni qabul qilish (hidlash) tufayli giyohvandlarda eyforiya – ko‘tarinki kayfiyat kelib chiqadi. Havoni tozalaydigan (yangilaydigan) turli xil aerozollar, dezodorantlar, sochga sepiladigan loklar, «Moment» yelimi, erituvchi va dog‘larni ketkazuvchi eritmalar ham mazkur guruhga kiritilgan.
Uchadigan, bug‘lanadigan narkotik ta’sir etuvchi moddalar orga nizmdagi barcha organ va to‘qimalarni zararlantiradi. Organizmga shikast yetkazish tezligi va zaharlash kuchining yuqo riligi bo‘yicha ular eng tezkor hisoblanadi. Uchadigan, bug‘lanadigan narkotik ta’sir etuvchi moddalarni, asosan, bolalar qabul qilganligi tufayli, ular o‘z tengqurlaridan ham jismoniy, ham aqliy salohiyati rivojlanishi bo‘yicha orqada qolib ketadilar.
Toksikomaniya – qabul qilingan dori vositalariga ruhiy va jismoniy bog‘liqlik paydo bo‘lishi natijasida organizm reaktivligining o‘zgarishidir. U ko‘p hollarda psixotrop moddalar (antidepressantlar, trankvilizatorlar), ba’zi bir uyqu chaqiruvchi, stimullovchi, sedativ vositalarga o‘rganib qolishlik yoki shu preparatlar bilan noto‘g‘ri davolanish oqibatida ham kelib chiqishi mumkin.
Toksikomanik intoksikatsiya – yoki toksikomanik ekssess (kayf) ba’zi bir psixofaol moddalar qabul qilganda paydo bo‘lib, psixofizik (komfort) tinchlanish, orom olish maqasadida qo‘llaniladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, toksikomanik intoksikatsiya – bu o‘tkir zaharlanishdir.
Toksikomaniyaning kechishi uch davrga bo‘linadi:

  1. davr – ruhiy bog‘lanish paydo bo‘lib, tolerantlik ortadi, jis-moniy bog‘liqlik kamroq namoyon bo‘ladi. Bemorda shu doriga xohish, moyillik paydo bo‘ladi. Emotsional turg‘unlik yo‘qoladi (yoki kayfi chog‘ yoki haddan tashqari tund), tajang, uyqusi yomon. Eslab qolish qobiliyati past. Bu holatlar bemor psixofaol preparatni qayta qabul qilgach yo‘qoladi. Boshqacha qilib aytganda, bemorda gedeonik samara, ya’ni toksikomanik zaharlanish (intoksikatsiya) fonida psixofizik huzur-halovat yuzaga keladi.

  2. davr – narkomanik sindromning maksimal rivojlanishi bo‘lib, psixofaol modda qabul qilish surunkali holatga o‘tadi. Toksikomanik intoksikatsiya shakli o‘zgarib, toksikomanik ekssesslar kuchayadi. Psixofaol moddalar qabul qilish suiiste’mol qilingani uchun organizm da somatik patologiya kuzatiladi. Asteniya kuchayadi. Bemor uchun jismoniy va ruhiy huzur (komfort) paydo qilish hayotning mazmuniga aylanadi.

  3. davrda bemorda tolerantlik susayib, chuqur ruhiy va jismo-niy buzilishlar, kuchli astenizatsiyalar kuzatiladi. Qabul qilingan psixofaol preparatlar psixofizik huzur-halovat keltirmaydi. Aksincha, aqliy zaiflik, o‘z-o‘zini boshqara olmaslik paydo bo‘lishi mumkin.

Toksikomaniyaning kechishi xuddi narkomaniayga o‘xshab iste’mol qilingan preparatlar turiga bog‘liq.
Toksikomaniyaning keng tarqalgan turlaridan biri – teizm, ya’ni achchiq damlangan choy (chifir) iste’mol qilish. Chifirning tarkibida kofein alkoloidi bo‘lib, uning ta’siri 30–40 daqiqadan keyin boshlanadi. Natijada, toksikoman chifir ta’sirida mastlik holatiga tushadi. Kayfiyati ko‘tariladi, tez fikrlay boshlaydi, charchog‘i kamaygandek tuyuladi. Chifir ta’siri 4–5 soat davom etgach uyqu buziladi, lekin abstinensiya va depressiyalar kuzatilamydi. Shaxsda salbiy tomonga o‘zgarishlar, fikrlash doirasining torayishi kuzatiladi.
Uchuvchan kimyoviy birikmalar (benzin, aseton, yelim)ni muntazam iste’mol qilganlarda toksikomaniya 3–4 oyda shakllanadi. Bemorlar o‘qish yoki ishni tahslab, o‘z majburiyati va vazifalarini unutib qo‘yadilar. Agar toksikoman balog‘at yoshiga yetmagan bola bo‘lsa, shubhali shaxslar ta’siriga tushib qolishi mumkin. Kunduzi ular juda ko‘p (10–12 soat) uxlaydilar. Orastalik va odob-axloq qonun-qoidalarini unutadilar. Aqliy salohiyat buzilishlari dastlab fikr va diqqatni jamlay olmaslik, xotiraning susayishi, biror narsa ma’no sini anglay olmaslik shaklida boshlanadi. Tez orada bemorning bilim doirasi torayib, ilgari orttirgan hayotiy tajriba va ko‘nikmalarini unutadi.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling