Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. ZAX QOCHIRISH MELIORATSIYASI 7.1. Zax qochirish melioratsiyasining vazifalari
Nazorat savollari 1. Sug‘orish uchun suv manbalarining turlari va ularning xossalari. 2. Sug‘orish manbasining suv rejimini boshqarish shartlari. 3. Yer osti suv manbalaridan foydalanish va ulardan suv olish moslamalari. 4. Mahalliy oqova suv manbalari to‘g‘risida tushuncha. 5. Limanlarning turlari va o‘lchamlari. 5. Madaniy yaylovlarni shartli sug‘orish sxemasi 7. Chiqindi suvlarning xususiyatlari. 8. Chiqindi suvlar sifatiga qo‘yiladigan agromeliorativ talablar. 9. Sug‘orish suvidagi ba’zi elementlarning yo‘l qo‘yilgan miqdorlari. 10. Zovur-tashlama suvlari bilan sug‘orish. 103 7. ZAX QOCHIRISH MELIORATSIYASI 7.1. Zax qochirish melioratsiyasining vazifalari Zax qochirish melioratsiyasining vazifasi – tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida unda o‘simliklar uchun qulay suv rejimini va u bilan bog‘liq bo‘lgan havo, tuz hamda ozuqa rejimlarini vujudga keltirishdan iborat. Tuproqdagi ortiqcha namni qochirish faqat issiqlik va mikrobiologik rejimlarinigina yaxshilab qolmasdan, balki zaxi qochirilayotgan hududdagi yer usti havo qatlamining namlik va issiqlik sharoitlarini ham o‘zgartiradi. Ma’lumki, tuproqdagi namning maqbul miqdori ekinlarning fiziologiyasiga va tuproqning suv-fizikaviy xossalariga bog‘liq bo‘lib, bu miqdor chegaraviy dala nam sig‘imining 50–80% iga to‘g‘ri keladi. Tuproqda nam ortiqcha bo‘lgan taqdirda uning havo va issiqlik rejimlari me’yorga muvofiq kelmaydi, bu esa ekinning rivojlanishi va hosil berishiga salbiy ta’sir etadi. Zax qochirish – ortiqcha namiqqan yerdagi suvni ketkazish tuproq tarkibida havo miqdorini oshiradi, bu esa unda organik moddalarning chirishi va tuproq unumdorligining oshishiga imkon beradi. Sug‘orishning rivojlanishi natijasida yerning pastroq qatlamlaridagi sho‘r suv sathi ham yuqoriga ko‘tariladi va bug‘lana boshlaydi. Uning tarkibidagi tuzlar esa tuproqning ustki – ildiz tarqalgan qatlamida to‘planadi va uning unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun ham yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirishda ularning botqoqlanishi va sho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, suv va tuz muvozanatlarining kirim qismini kamaytirishi lozim. Zax qochirish melioratsiyasining asosiy muammosi qurg‘oqchil zonadagi sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni yaxshilashdir. Sho‘rlangan yerlarga ekilgan paxta, beda va donli ekinlar hosildorligi, shu yerlarning sho‘rlanish darajasiga qarab, 20–80% ga qadar kamayib ketishi aniqlangan. Yerlarning sho‘rlanishiga qarshi kurashishda ilmiy jihatdan asoslangan zovurlangan maydonlarda sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishiga qarshi kurashning eng samarali chorasi hisoblanadi. 104 Kelajakda kimyo sanoati va kimyoviy melioratsiyaning rivojlanishi natijasida tuproqdagi zararli tuzlarning foydali tuzlarga aylantirilishi ehtimoldan uzoq emas; u paytda har qanday zovur sug‘orish sonini kamaytirish va o‘tloq tuproq hosil bo‘lish jarayonini vujudga keltirish maqsadida faqat sizot suvlar sathini rostlab turish funksiyasinigina bajaradigan bo‘ladi. Arid zonada zax qochirish melioratsiyasi deganda faqat zax yerlar zaxinigina ketkazish emas, balki tuproqning faol qatlamidagi zararli tuzlarni zovurlar vositasida yuvish yo‘li bilan butunlay yo‘qotish va minerallashgan sizot suv sathini quritish me’yoridan pastga tushirib yuborish ham tushunilishi kerak. Melioratsiyaning hozirgi rivojlanishi va uning eng muhim muammolari yetarli darajada hal qilinishi uchun ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish va shu tadqiqotlar materiallarini geofizika, kimyo, mexanika va matematika singari bir-biriga yaqin fanlar ishtirokida ishlab chiqish talab etiladi. Amalda ko‘pincha, ilmiy asosda o‘rganish va loyihalash ishlarining ishlab chiqarishdan ortda qolishi seziladi. Dalada olib boriladigan tadqiqotlarda geofizika muammolaridan va loyihalashda kompyuter texnikasidan foydalanish hisoblarning ishonchli bo‘lishini, ishlab chiqarish talablarining o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydi hamda variantli loyihalash uchun imkoniyat tug‘diradi, bu esa eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyihani qabul qilish va uni amalga oshirish imkonini beradi. Suv rejimini aniqlashning matematik usullari, obikor dehqonchilikdagi tadqiqotlarda qo‘llaniladigan usullar va jihozlar, irrigatsiyadagi tadqiqotlarning radiometrik usullari ham yil sayin takomillashmoqda, matematik usullar va kompyuter texnikasi vositalari tobora keng qo‘llanilmoqda. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling