Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Sizilish koeffitsienti - tuproq qatlamini to‘yintirgan suvning sizib o‘tuvchi 
tezligi (m/sut; sm/s bilan aniqlanadi).
Sizot suvining kritik chuqurligi - sizot suv sathining kapillyar naychalar 
orqali ko‘tarilib, tuproqning o‘simliklarning ildizlari qismiga yetadigan va uni 
sho‘rlata boshlaydigan chuqurligi. 
Suv bilan ta’minlanganlik - xalq xo‘jaligining muayyan tarmoqlari, sug‘orish 
maydonlari, ishlab chiqarish korxonalari va ayrim xo‘jaliklarning suvga bo‘lgan 
haqiqiy extiyojlarining to‘la-to‘kis ta’minlanishi. 
Suv o‘lchagich - ariq, kanal, quvur va suv yo‘llaridagi suv miqdori, sathi va 
tezligini o‘lchaydigan asbob. 
Suvning loyqaligi - 1 m
3
suvdagi loyqaning og‘irligi yoki shu loyqa hajmining 
suvning hajmiga nisbatan foiz hisobidagi ifodasi.
Suvning minerallanishi - suvda turli mineral tuzlarning erishi va bu eritmalar 
bilan suvning to‘yinishi. 
Sug‘oriladigan yer maydoni - sug‘orish massividagi ekin va daraxtlar bilan 
band bo‘lgan sug‘oriladigan yerlar. 
Sug‘orish davri - ekinlar rivojlanish (o‘suv) davrining dastlabki sug‘orish 
boshlanishidan so‘nggi sug‘orish oxirigacha bo‘lgan qismi. 
Sug‘orish, irrigatsiya - tuproqni sun’iy namlantirish. 
Sug‘orish maydoni - bir xil ekin ekiladigan, bir tomonga qarab sug‘oriladigan 
va tomonlari doimiy maydonning tarkibiy qismlari (ariq, zovur, yo‘l, daraxtlar) bilan 
chegaralangan yer bo‘lagi. 
Sug‘orish melioratsiyasi - tuproqda namlik yetishmaganda unga suv berish va 
suvni dala bo‘yicha bir tekis taqsimlashdan iborat injenerlik, tashkiliy va xo‘jalik 
tadbirlar majmui. 
Sug‘orish me’yori- bir marta suv berish me’yori. 
Sug‘orish rejimi (frans. regime - aniq, belgilangan tartib) - ma’lum tuproq, 
gidrogeologik, iqlim va agrotexnika sharoitlarida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv, 
havo va oziqlanish tartibotlarini ta’minlaydigan sug‘orish sonlari, muddatlari va 
me’yorlari majmui. 


202

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling