Sizilish koeffitsienti - tuproq qatlamini to‘yintirgan suvning sizib o‘tuvchi
tezligi (m/sut; sm/s bilan aniqlanadi).
Sizot suvining kritik chuqurligi - sizot suv sathining kapillyar naychalar
orqali ko‘tarilib, tuproqning o‘simliklarning ildizlari qismiga yetadigan va uni
sho‘rlata boshlaydigan chuqurligi.
Suv bilan ta’minlanganlik - xalq xo‘jaligining muayyan tarmoqlari, sug‘orish
maydonlari, ishlab chiqarish korxonalari va ayrim xo‘jaliklarning suvga bo‘lgan
haqiqiy extiyojlarining to‘la-to‘kis ta’minlanishi.
Suv o‘lchagich - ariq, kanal, quvur va suv yo‘llaridagi suv miqdori, sathi va
tezligini o‘lchaydigan asbob.
Suvning loyqaligi - 1 m
3
suvdagi loyqaning og‘irligi yoki shu loyqa hajmining
suvning hajmiga nisbatan foiz hisobidagi ifodasi.
Suvning minerallanishi - suvda turli mineral tuzlarning erishi va bu eritmalar
bilan suvning to‘yinishi.
Sug‘oriladigan yer maydoni - sug‘orish massividagi ekin va daraxtlar bilan
band bo‘lgan sug‘oriladigan yerlar.
Sug‘orish davri - ekinlar rivojlanish (o‘suv) davrining dastlabki sug‘orish
boshlanishidan so‘nggi sug‘orish oxirigacha bo‘lgan qismi.
Sug‘orish, irrigatsiya - tuproqni sun’iy namlantirish.
Sug‘orish maydoni - bir xil ekin ekiladigan, bir tomonga qarab sug‘oriladigan
va tomonlari doimiy maydonning tarkibiy qismlari (ariq, zovur, yo‘l, daraxtlar) bilan
chegaralangan yer bo‘lagi.
Sug‘orish melioratsiyasi - tuproqda namlik yetishmaganda unga suv berish va
suvni dala bo‘yicha bir tekis taqsimlashdan iborat injenerlik, tashkiliy va xo‘jalik
tadbirlar majmui.
Sug‘orish me’yori- bir marta suv berish me’yori.
Sug‘orish rejimi (frans. regime - aniq, belgilangan tartib) - ma’lum tuproq,
gidrogeologik, iqlim va agrotexnika sharoitlarida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan suv,
havo va oziqlanish tartibotlarini ta’minlaydigan sug‘orish sonlari, muddatlari va
me’yorlari majmui.
202
Do'stlaringiz bilan baham: |