Mavsumiy sug‘orish me’yori - 1 ga ekin maydoniga sug‘orish mavsumida
beriladigan suv miqdori (m
3
/ga).
Melioratsiya (lot. Melioratio - yaxshilash) - ma’lum maydonda qishloq
xo‘jalik ekinlaridan muttasil yuqori hosil olish maqsadida shu maydonning noqulay
tuproq, gidrogeologik va iqlim sharoitlarini yaxshilash.
Muvaqqat sug‘orish shaxobchalari - 1) doimiy shohariqdan suv oladigan
muvaqqat ariqlar; 2) muvaqqat ariqlardan suv oladigan o‘q ariqlar; 3) o‘q ariqlardan
suv oladigan egatlar.
Muvaqqat zovur - sizot suvlarining sathi yuza joylashgan sho‘r yerlarni
yuvishni jadallashtirishda ko‘llaniladigan zovur. Doimiy zovurlar sizot suv sathini
belgilangan muddat ichida kerakli chuqurlikkacha pasaytirib berolmagan hollarda
quriladi.
Oq shudgor - shudgor qilib tashlab qo‘yilgan, o‘t bosmagan dala.
Oq sho‘rxok yerlar - sho‘ri tuproq betiga chiqib, oqarib turadigan yerlar.
Oqizib sho‘r yuvish - bunda sho‘r yuvish suvi sizot suvi bilan qo‘shiladi va
erigan tuzlar tuproqning pastki qatlamlariga va undan yondosh tomonlarga singib
ketadi.
Ochiq egat - nishabi 0,001-0,01 va undan qiyaroq qilib olinadigan, berilgan
suvlar oqib ketadigan egatlar.
Qator oralig‘i, egat - o‘simliklarni sug‘orish, oziqlantirish uchun yonma-yon
ekilgan ekin qatorlari orasida qoldirilgan bo‘sh joy.
Qayta sho‘rlanish - yer osti suvining ko‘tarilishi natijasida sho‘ri yuvilgan
yerlarning qayta sho‘rlanishi.
Qora sho‘rxok - sirti qoramtir tusli sho‘rxok tuproq.
Quruq drenaj - sug‘orilmaydigan yer tuprog‘i sirtidan suvning bug‘lanishi.
Quyuq (quruq) qoldiq - 1 l tabiiy suvni bug‘latgandan keyin qolgan qoldiq.
Suvlardagi loyqalarda qanday moddalar borligini tekshirish uchun ulardan namunalar
olinadi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |