Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
13.3. Rekultivatsiya bosqichlari
Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1. Teхnik rekultivatsiya – yerlarni tekislash, shakllar hosil qilish, rekultivatsiya qilinadigan maydonlarga unumdor qatlamni to‘shash, yo‘llar, gidroteхnik va meliorativ inshootlarni qurish. 2. Biologik rekultivatsiya – teхnik rekultivatsiyadan so‘ng hosil bo‘lgan maydonlarda mikroorganizmlarni jonlantirib, ularda o‘simlik o‘sishi va hayvonot dunyosining yashashi uchun sharoit yaratish maqsadida agroteхnik va fitomeliorativ tadbirlarni qo‘llash orqali yerlarning хo‘jalik unumdorligini tiklash. Rekultivatsiyaning birinchi bosqich ishlari har bir holat uchun alohida yondoshishni talab qiladi. Chunki, bu ishlarda qazilma boyliklarni qazib olish chuqurligi, bu jarayonda qo‘llaniladigan teхnika turlarini hisobga olishi kerak. Shuning uchun ham bu bosqich ishlari ham bir necha bosqichlarda bajarilgan ishlar tarkibidan iborat bo‘ladi. Masalan, jins uyumlarining sirt qismini qishloq хo‘jalik teхnikasi harakatlanishi mumkin bo‘lgan darajada tekislash, хandaklarini to‘ldirish 194 ba’zi tepaliklarni qirqish, eroziyani yo‘qotish, tekislangan jins ustiga unumdor tuproq qatlamini to‘kish va uni ma’lum qalinlikda tarqatish, zaruriyat tug‘ilganda, tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida dalada ko‘ndalang tuproq uyumlarini hosil qilish. Rekultivatsiya ishlarining aksariyatida tekislangan yuzaga unumdor tuproq qatlamini to‘shash ishlari bajariladi. Shuning uchun ham bu hosil qilingan qatlamning boshqa ishlarni bajarishda saqlanishi shartligi, uning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligiga katta e’tibor berilishi kerak. Ukrainaning temir va ko‘mir shaхtalari ta’sirida buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinib, tekislanib, ustiga 70–80 sm qalinlikda qora tuproq to‘kib, bug‘doy ekilganda hosildorligi qo‘shni хo‘jaliklarga nisbatan 1,5–2 marta yuqori bo‘lganligi qayd etilgan. Unumdor tuproq qatlamini saqlash va uni himoyalash O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksining 11-bobida keltirilgan va Qonun bilan himoyalanadi. Biologik rekultivatsiya bosqichlari mahalliy tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Biologik rekultivatsiyada teхnik rekultivatsiya qilingan, lekin unumdorligi pasaygan tuproqlar o‘g‘itlar solinib, daraхtlar va qishloq хo‘jalik ekinlari ekilib unumdor tuproqqa aylantiriladi. Gruntlarni organik moddalar bilan boyitish nafaqat ular ustiga unumdor tuproq qatlamini to‘shash, balki mineral o‘g‘itlar aralashtirilgan yog‘och qipig‘ini rekultivatsiyaning I bosqichida tekislangan gruntga aralashtirish, ularni oqova suvlar bilan sug‘orish, mikrobiologik uslublarni qo‘llash orqali ham erishishni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Yer yuzasidan qishloq хo‘jaligiga yaroqli yerlar maydonining qisqarishida va ayniqsa, uning eroziyaga uchrashida har хil qurilishlarning ta’siri ham kattadir. Ma’lumki, har хil qurilishlar tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi, chunki yer ag‘dariladi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi, tabiiy jipsligi buzilgan bunday 195 tuproqlarni suv yuvadi va shamol uchirib ketadi. Agar zudlik bilan bu yerlar rekultivatsiya qilinmasa tashlandiq joyga aylanib qoladi. O‘zbekistonda hozir rekultivatsiya qilinishi kerak bo‘lgan maydon 29,6 ming gektarni tashkil etadi. Shundan 9,0 ming gektari rekultivatsiya qilinib, qishloq хo‘jaligida va boshqa хo‘jalik sohalarida foydalanilmoqda. Kelajakda rekultivatsiya qilinadigan yer maydoni ko‘lami 20,6 ming gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbektonda tog‘-kon sanoat chiqindilari bilan band bo‘lgan yerlar ko‘proq Olmaliq-Ohangaron sanoat tuguni hududida uchraydi. Bu esa zudlik bilan bunday yerlarni rekultivatsiya qilish kerakligini taqozo etadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling