Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
12.2. O‘zbekistonning o‘rmon fondi.
Mavjud statistik ma'lumotrga ko‘ra jahon mikyosidagi quruqlikning 29% yoki 3722 mln ga o‘rmonzorlar qoplagan, shundan 1235 mln ga (30,5%) o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Maxsulot bermaydigan (borish qiyin bo‘lgan) o‘rmonzorlar maydoni 1044 mln ga. dan ortiroq. Katta xajmdagi pishib etishgan yog‘ochli o‘rmon daraxtlari mavjud, ularning uchdan birini ninabargli qimmatbaho daraxtlar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan o‘rmonlar davlat mulki va boyligi hisoblanadi. O‘rmonlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ta’qiqlanadi. Respublika miqyosida o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmonzorlarning unchalik rivojlanmaganligi tufayli o‘rmon daraxtlari yogochiga bo‘lgan katta extiyoj boshqa mintaqalar hisobiga qondiriladi. Davlat ahamiyatidagi o‘rmonlardan joyiga qarab to‘g‘ri va maqsadga muvofiq foydalanishni ta'minlash maqsadida ular uch guruhga bo‘linishi (1977 y) qabul 178 qilingan. Birinchi guruh o‘rmonlariga - havzasini himoyalovchi (daryo, ko‘l va suv omborlari qirg‘og‘ida joylashgan); ixotalaydigan–himoyalaydigan (tog‘ qiyaliklarida eroziyaga qarshi joylashgan, dalalarni ixotalaydigan, yo‘l va kanallar yoqasida joylashgan); sanitariya-gigiena va sog‘lomlashtirish ahamiyatidagi (shahar va qishloq aholi atrofida joylashgan o‘rmonlar, suv manbalarini himoyalovchi sanitariya mintaqasida joylashgan); alohida joylashgan qimmatbaho o‘rmon massivlari, qo‘riqxonalar, tabiiy va milliy bog‘lar, ilmiy va tarixiy ahamiyatdagi o‘rmonlar, mevali va yong‘oq, mevali o‘rmonlar kiradi. Bu o‘rmonlardagi o‘rmon xo‘jaligi faoliyati ularni saqlashga, quvvatlashga va qo‘yilgan talabga javob beradigan foydali xossalarni kuchaytirishga karatilgan. Bu o‘rmonlardagi daraxtlardan yog‘ochlar tayyorlanmaydi. Ikkinchi guruh. Bu guruhga aholiy zich joylashgan mintaqalardagi asosan himoya qilish va sog‘lomlashtirish vazifasini bajaruvchi, ekspluatatsiya qilish chegaralangan o‘rmonlar kiradi. Bu o‘rmonlarda yog‘och tayyorlash o‘rmondan uzluksiz foydalanishni ta'minlash bilan bog‘liq. Bu guruhga birinchi guruhga kirmagan jamoa xo‘jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardagi barcha o‘rmonlar ham kiradi. Uchinchi guruh. Bu guruhga ko‘p o‘rmonli mintaqalarning o‘rmonlari kiritilgan. Bu o‘rmonlarda asosiy yog‘och tayyorlash ishlari olib boriladi. Xalq xo‘jaligining yog‘ochga bo‘lgan talabi aynan shu guruh o‘rmonlari orqali qondiriladi. O‘rmon yog‘ochini tayyorlashda hosil bo‘lgan chiqindi (qipiq, qirindi va shoxcha)lar gidroliz sanoatida keng foydalaniladi, jumladan o‘rmon kimyosi ishlab chikarishda yog‘ochdan turli mahsulotlar olinadi. Xalq xo‘jaligida o‘rmon yog‘ochining roli juda ham katta. Undan natural holda foydalanish hyech vaqt kamaymaydi, qayta ishlash mahsulotlarining soni va xillari esa uzuksiz ko‘payib boradi. Himoyalaydigan o‘rmon daraxtlari tizimi deganda joyining relefi va tuprog‘ini hisobga olib joylashtirilgan ixota daraxtlari tizimi va o‘rmon massivlarining atrof hududga ta'siri yig‘indisi tushuniladi. Bu tizim quydagi himoyalovchi o‘rmon 179 daraxtlari o‘tkazuvini xillar oladi: 1. Dalalarni himoya (ixota)laydigan o‘rmon daraxtlari. Ularni dalalarni quruq shamol (garmsel)dan va shamol eroziyasidan saqlash uchun tekis yerlarda va sug‘orish tarmoqlari atrofida joylashtiriladi. 2. Suv oqimini tartibga solib turuvchi (kengligi 15 m) o‘rmon daraxtlari va buta o‘simliklardan tashkil etilgan to‘siq (kulis)lar. Bular suv oqimini tartibga solish maqsadida qiyalikdagi haydalma yerlarda joylashtiriladi. Bu daraxtlar dalalarda suv eroziyasining oldini olish va mikroiqlimni yaxshilash uchun ham xizmat qiladilar. 3. Balka va jarliklar oldi o‘rmon daraxtlar tizimi (kengligi 15-21 m atrofida), balkalar va jarliklarning yoqasi bo‘ylab joylashtirilgan. Bulardan tashqari yuzada suv oqkimini tartibga solish, uni to‘xtatish yoki uni oldini olish, kam mahsulotli yerlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish, yaqin atrofda mikroiqlimni yaxshilashga qaratilgan balka va jarliklar atrofida joylashtiriladigan o‘rmon daraxtlari o‘tkazuvi. Yuqoridagi qishloq xo‘jalik dalalari uchun asosiy bo‘lgan uch xil o‘rmon meliorativ daraxtlaridan tashqari, himoyalaydigan hududning xususiyatlarini hisobga oladigan boshqa o‘rmon meliorativ daraxtlari ham barpo etiladi. Ular quyidagilar: a) sug‘oriladigan yerlarda kanallar bo‘ylab joylashadigan suv yuzasidan bug‘lanishi kamaytirish, yer osti suvini pasaytirish, dalalarni quruq shamol (garmsel) dan saqlashga qaratilgan o‘rmon daraxtlari tizimi; b) zaxi qochiradigan yerlarda kanallar bo‘ylab joylashadigan ularning ko‘milib ketishidan saqlashga, dalalarni esa shamol eroziyadan saqlashga qaratilgan o‘rmon daraxtlari tizimi; v) bog‘zor, uzumzor va boshqa ko‘p yillik mevali daraxtlarning ichida joylashadigan, shamol tezligini pasaytirish va mikroiqlimni yaxshilash uchun qo‘llanadigan o‘rmon daraxtlari tizimi; g) hovuzlar va suv omborlari atrofida, daryolar yoqasida va suvli yerlarda suv oqimidagi qattiq zarrachalarni ushlab qolish, qirg‘oqlarni yemirilishidan, yuvilishdan va qum bosishdan saqlash uchun joylashtiriladigan o‘rmon daraxtlari; d) yaylovlarda ularning mahsuldorligini oshirish, chorva mollarini shamol va qum jaziramasidan saqlash uchun joylashtiriladigan o‘rmon daraxtlari va to‘p-to‘p qilib 180 o‘tqazilgan daraxtlar; ye) qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan maydonlarda, qumliklarni mustahkamlash va unumdor yerlar qatoriga kiritishga qaratilgan to‘siq (kulis)lar, to‘p-to‘p qilib o‘tqazilgan va massivli o‘rmon daraxtlari; j) tog‘ qiyaliklarida yuza yuvilishni kamaytirish va sel oqimining oldini olish uchun joylashtiriladigan chiziqli, to‘p-to‘p va massiv qilib o‘tkaziladigan o‘rmon daraxtlari; z) yo‘llar yoqasida ularni qor va qum bosishdan saqlaydigan o‘rmon daraxtlari tizimi; k) qazilma boyliklar konlarida hosil bo‘ladigan ag‘darma (otval)larda rekultivatsiya qilish maqsadida joylashtiriladigan o‘rmon daraxtlari. Mavjud an'anaga ko‘ra o‘rmondan foydalanish quyidagilarga bo‘lingan: bosh, o‘rta va yondosh. Bosh foydalanish - daraxtlar o‘tqazish, yetishtirish, yog‘ochlar olish. O‘rtacha foydalanish – o‘rmon daraxtlarini parvarish qilish, ishlov berish. Bunday ishlov berishlar pishib yetishmagan yoshdagi barcha guruh o‘rmonlarida amalga oshiriladi. Ular umumiy tayyorlanadigan yog‘ochlarning yarmidan ko‘pini berishi mumkin. Himoyalovchi o‘rmon daraxtlari (kurort o‘rmonlari, o‘rmon bog‘i, daryo, ko‘l va suv omborlari yoqasidagi o‘rmon daraxtlari) o‘tqazuvida o‘rtacha ishlov berish pishib yetishgan o‘rmon daraxtlarida ham o‘tqazilishi mumkin. O‘rtacha ishlov berish (foydalanish) ayniqsa, birinchi guruhdagi o‘rmon daraxtlari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlov berish o‘rmonning foydali xossasini oshiradi, yog‘ochga nisbatan talabini qondiradi. O‘rmondan yondosh (yordamchi) sifatida foydalanish deganda undan yaylov, pichanzor, meva, qo‘ziqorin va dorivor teradigan, asal arilar quttisini joylashtiradigan, ov qiladigan joy sifatida foydalanish tushuniladi. O‘rmondan yuqoridagi an'anaviy foydalanishlardan tashqari, keyngi yillarda, yangi xildagi foydalanishlar paydo bo‘ldi-o‘rmon meliorativ va rekreatsion foydalanishlardir. Unga ko‘ra respublika o‘rmonlari tog‘, cho‘l, vodiy va to‘qay o‘rmonzorlariga bo‘linadi. Tog‘ o‘rmonlari 769,9 ming gektarni, cho‘l o‘rmonlari 7001,6 ming gektarni, vodiy o‘rmonlari 178,9 ming gektarni va to‘qay o‘rmonlari 107,3 ming gektarni tashkil qiladi. Tog‘ o‘rmonlarining 105 ming ga qismi archazor bo‘lib, Tyan Shan tog‘larida 181 (Chotqol va Quramin tizmalari) 26 ming ga, Hisor tizmalarida 46 ming ga, Turkiston tizmasida 33 ming ga ni tashkil qiladi. Tog‘larning yuqori qismlari archazorlar bilan qoplangan, yong‘oq va yovvoyi holdagi mevali daraxtlar pastki va namli maydonlarda, bodom, do‘lana yonbag‘r va nami kamroq tog‘larda o‘sadi. Yong‘oq, olma, nok, olcha daraxtlari asosan issiqsevar ekinlar hisoblanib, ular 800–2300 m balandlikda, 800-900 mm (eng ko‘pi 1500 mm) yog‘in miqdori mavjud maydonlarda havo harorati 9-12 o S bo‘lgan (6, 8 ming ga) maydonda yetishtirilmoqda. Bodomlar asosan Bobotog‘da ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular hozirgi kunda 11,5 ming ga maydonda yong‘oqzorlar O‘zbekistonda 100 ming ga maydonda mavjud. O‘rmon maydonlarni 1, 5-2 marotaba ko‘paytirish imkoni bor. Respublikamiz ekologik muvozanatini yaxshilashda madaniy o‘rmonlarni ko‘paytirish zamon talabidir. Jarliklar paydo bo‘lishining oldini olishda, suv tanqisligi muammosini hal etishda selga qarshi kurashda, qumlarning ko‘chishni to‘xtatishda, dasht-yaylovlarning hosildorligini oshirishda, sug‘oriladigan yerlardagi ekinlar hosildorligini oshirida madaniy o‘rmonlarning ahamiyati nihoyatda katta. Asosiy vazifa respublika xalqining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tog‘li, tog‘oldi, qumli va qishloq xo‘jaliklari yerlarini tabiiy ofatlardan muhofaza etishni va shular bilan birgalikda paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini oshirishga qaratilgan . Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling