Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Tuproq eroziyasiga qarshi kurash uslublari


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
11.3. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash uslublari 
 Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni eroziyadan himoyalashda ikkita 
yo‘l qo‘llaniladi. Birinchi yo‘l - eroziyaga moyil tuproqlarda ko‘p xarajat talab 
etmaydigan oddiy agronomik va yerlardan foydalanishda ogohlantiruvchi-proflaktik 
tadbirlarni amalga oshirish. Bu tadbirlar alohida loyiha talab qilmaydi. Bunda juda 
oddiy talablarga rioya etish kifoyadir, ya’ni yonbag‘ir joylarda, jarliklar atrofida, 
daryo qirg‘oqlarida, suv yig‘iladigan soy maydonlarida yerni haydashga, ortiqcha 
namiqqan maydonlarda mol boqishga, maxsus loyiha ishlarisiz yo‘llarni hosil 
qilishga, maydon chegaralarini noto‘g‘ri belgilashga, suv tashlamalarini hosil qilishga 
yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi.
Bunday hollarda bu joylardan va hosil qilingan inshootlardan foydalanish 
me’yor va tartiblariga qat’iy amal qilish, ularni muntazam ta’mirlab borish va ularni 
ishchi holatida saqlash, daraxtlar ekish, sug‘orishlarni belgilangan me’yorlarda 
tashlamalarsiz amalga oshirish kerak bo‘ladi.


168
Yerlarni o‘zlashtirishda ko‘pincha yuqorida keltirilgan oddiy talablarga rioya 
etilmaydi va natijada tuproq o‘z unumdorligini yo‘qotib boradi. 
20 sm li tuproq qatlami tabiiy holda o‘rmon hosil qilgan maydonlarda 174 ming 
yilda, o‘tloqzorlarda 29 ming yilda hosil bo‘lgani qayd etilgan. Agrotexnik talablar 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari to‘g‘ri olib borilgan maydonlarda 20 sm li tuproq 
qatlami 100 yilda, faqat bir xil ekin yetishtirilgan maydonlarda esa 15 yilda yo‘qotilar 
ekan. 
Ikkinchi yo‘l - dehqonchilikda tuproqni himoya qilishning rejali loyihalarini 
ishlab chiqishdir. Dehqonchilikda tuproqni himoya qilish tizimiga tashkiliy-xo‘jalik, 
agrotexnik, o‘rmon meliorativ va gidrotexnik tadbirlari kiradi. Tashkiliy-xo‘jalik, 
agrotexnik va o‘rmon meliorativ tadbirlar tuproqni suv va shamol eroziyasidan 
himoyalashga, gidrotexnik tadbirlar esa tuproqni faqat suv eroziyasidan 
himoyalashga qaratilgan bo‘ladi. 
Tuproq eroziyasining oldini olish uchun unga qarshi olib boriladigan profilaktik 
choralarga – o‘rmonlarni noto‘g‘ri kesmaslik, eroziyaga uchragan yerlarda chorva 
mollarini boqishni cheklash yoki tartibga solish, shamol kuchli esadigan yerlarda 
ihotazorlar tashkil etish; sug‘orish qoidasiga va me’yorlariga rioya qilish; yangi 
yerlarni o‘zlashtirayotgan o‘sha hududning kompleks tabiiy geografik xususiyatlarini 
hisobga olish; tog‘ yonbag‘irlarida zinapoyasimon daraxt polosalarini tashkil etish; 
tuproqdan foydalanish jarayonida Yerdan foydalanish qonuni asoslariga qat’iy rioya 
qilish va boshqalar kiradi. 
Yer nishabligi 0,5

dan katta bo‘lgan maydonlarda tuproq suv eroziyasidan, yer 
nishabligi 0,5

dan kichik maydonlarda tuproq shamol eroziyasidan himoyalanadi.
1. Tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari turkumiga mazkur maydonda olib boriladigan 
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishini, ekiladigan ekin turi va ularni joylashtirish sxemasini, 
tuproqlarga o‘g‘it va ishlov berish tizimini belgilash; chuqur va jarliklarni ko‘mish va 
ularni mustahkamlash; yo‘llarni tartibga solish; maxsus ish qurollarini, ko‘chat 
turlarini, o‘t urug‘larini, materiallarni xarid qilish kabi va h.k. tadbirlar kiradi. 
Bunda har bir xo‘jalikning tabiiy geografik sharoitlari hisobga olinib, xo‘jalik 
ixtisoslashtirilishi kerak. Relyefi kuchli parchalangan, sertepa, soylar ko‘p va suv 


169
eroziyasi kuchli bo‘lgan joylarda ko‘p yillik ekinlarni (bog‘dorchilik, uzumchilik va 
boshqalar) rivojlantirish kerak. Suv eroziyasi intensiv bo‘lgan joylarda o‘tli dalalarni 
barpo qilish zarur. Bunda tuproq yuvila boshlagan dalaga ko‘p yillik yem-xashak 
o‘simligi, asosan beda ekilsa tuproqning yuvilishiga barham beriladi. Tik 
yonbag‘irlarni ko‘ndalangiga haydash, ko‘p yillik ekinlarni ekish yaxshi natija beradi. 
Bunda qiyaligi 5–10
0
bo‘lgan yerlar yonbag‘irga nisbatan ko‘ndalang haydalganda 
yog‘in suvlari jo‘yak hosil qila olmaydi. Yonbag‘irlar qiyaligi 10–15
0
bo‘lganda bu 
yerlarni haydash to‘xtatilib, ko‘p yillik o‘tlar yoki bu yerda zinapoya usuli qo‘llanilib, 
mevali daraxtlar va uzumzorlar tashkil etish kerak. Bunday ishlar hozir 
O‘zbekistonda keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 
Tashkiliy xo‘jalik tadbirlar
dan yana biri bu yo‘l qurilish ishlari orqali eroziyaga 
qarshi tadbiriy ishlarni amalga oshirish (yo‘l bo‘ylab suvlarni oqib ketishi uchun 
ariqlar vujudga keltirish, yo‘l yoqalariga daraxtlar ekish va boshqalar) dir. 
Shuningdek, hovuz, to‘g‘on, suv ombori, kanal qurilishlarida ham suv eroziyasiga 
qarshi kurash ishlari olib borish zarur. Bunda hovuz, suv ombori, ariq-kanallar 
yoqasiga daraxtlar ekish, damba, to‘g‘on uchun olingan grunt o‘rnini darhol tekislab 
to‘ldirish va bu yerlarga daraxt ekish kerak. Aks holda asta-sekin yog‘in suvlar 
ta’sirida eroziya boshlanadi. Suv eroziyasiga qarshi kurashda tashkiliy xo‘jalik 
tadbirlariga kichik jarlarni, chuqurchalarni buldozer, greyderlar yordamida tekislab 
to‘ldirish, daraxt o‘tkazish ham yaxshi natija bermoqda. 
Kontur meliorativ tashkiliy tadbirlar
turkumiga maydonlarning bo‘ylama 
chegaralari suv ushlovchi yoki suvni maydondan uzoqlashtiruvchi ko‘ndalang 
joylashgan tuproq uyumlari bilan cheklab, kichik konturlar hosil qilish kiradi. Bunda 
chegaralar doimiy hisoblanib, tuproq uyumlari yo‘llar bilan uyg‘unlashishi yoki ular 
yoqalab himoya daraxtlari hosil qilinishi mumkin. Ko‘ndalang hosil qilingan 
inshootlarda suv ushlanib qolishi yoki ulardan maxsus tashlamalarga tashlanishi 
mumkin. 
2. Agrotexnik tadbirlar.
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi dalalardagi suv 
oqimini kamaytirish (yerga ishlov berish yo‘nalishi va chuqurligini belgilash
chuqurchalar, uzlukli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)ga qaratilgan bo‘lishi kerak.


170
Bunda yer yuzasida paydo bo‘ladigan (qor va yomg‘ir suvlarini, jalalarni) suv 
oqimining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilg‘or agrotexnika usullarini 
qo‘llash, jumladan, yerni ag‘darib chuqur haydash zarur. Yerlarni bunday usulda 
haydash vujudga kelgan suvlarni ushlab qolib, namning tuproqda uzoq vaqt turishini 
ta’minlaydi. 
Agrotexnik tadbirlar yer usti suvlarining tuproqqa jadal shimilishiga, erigan qor 
va yomg‘ir suvlarining oqova hosil qilmasligiga, tuproq unumdorligini oshirishga, 
shamol va suv eroziyasiga to‘sqinlik qilishga, tuproq mikroiqlimini yaxshilashga 
qaratilgan tadbirlardir. 
Bu tadbirlar: yonbag‘ir yerlarga bo‘ylama va ko‘ndalangiga chuqur ishlov 
berish, maxsus suvni ushlab qoluvchi (uzlukli, tirqishli, chuqurchali egatlar hosil 
qilish va h.k.) egatlar hosil qilish, haydov qatlami chuqurligini oshirish, o‘g‘itlar 
kiritish, tuproqni ag‘darmasdan yumshatish, baland poyali ekinlarni yetishtirishni 
ko‘zda tutadi. 
Agrotexnik tadbirlar o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilsa uning 
samarasi yuqori bo‘lishi tajribalardan aniqlangan. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling