Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. EROZIYA VA UNGA QARSHI KURASH 11.1. Eroziya to‘g‘risida tushuncha
Himoya daraxtlari. Xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitidan kelib-chiqib, quruq
shamollar, yuqori havo harorati, bug‘lanishning yuqoriligi va atmosfera yog‘ini miqdorining kamligi kabi omillar qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojiga salbiy ta’sir qiladi. Quruq shamol ta’sirining oldini oluvchi birdan-bir himoya vositasi bu daraxtlardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, himoya daraxtlari shamol tezligini 30-70% ga kamaytirib, havo namligini 10-15% ga oshiradi, tuproqdan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini 50-70% ga kamaytirib, bu bilan sug‘orish me’yori o‘zgarishining oldini oladi. Meliorativ tarmoqlar bo‘ylab ekilgan himoya daraxtlari, bu tarmoqlarda bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini kamaytiradi va tarmoq dambasini buzilishdan saqlaydi. Yana tuproqda bo‘ladigan bug‘lanish kamayadi, daraxtlar sizot suvlarini bug‘lantirganligi tufayli ular sathi ko‘tarilishining oldi olinadi. Shu bilan birga, ikkilamchi sho‘rlanishdan saqlaydi. Himoya daraxtlarini ko‘proq shamol yo‘nalishi tomonidan ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Nazorat savollari 1. Zax qochirish tarmoqlarini loyihalash prinsiplari. 2. Zax suvlarni qabul qilgichlar. 3. Zovurlarning gidravlik hisobi va qirqimlardagi loyihasi. 4. Zovur tarmoqlaridagi inshootlarning tarkibi va vazifalari. 157 11. EROZIYA VA UNGA QARSHI KURASH 11.1. Eroziya to‘g‘risida tushuncha Tog‘ jinslarining, tuproqning yoki boshqa bir yuzalar butligining va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarining parchalanib buzilishi eroziya deb ataladi. Tog‘ jinslari tuproq, metall, tarmoq eroziyalariga farqlanadi. Shuningdek, fizikaviy, kimyoviy, biologik eroziya tushunchalari mavjud bo‘lib, bundagi yemiruvchi kuchlar havo haroratining keskin o‘zgarishi, shamol, harakatdagi suv va uning tarkibida uchraydigan ishqor va kislotalar, biologik agentlar hisoblanadi. Hayotda antropogen, zoogen, geologik, yonbosh, tik, yer osti, chuqur, shamol, suv, chiziqli, tomchili, yo‘l, irrigatsiya, tekislik, daryo, qurilish, texnik, kimyoviy, transport eroziyalari uchraydi. Antropogen (jadallashgan) eroziya – inson noto‘g‘ri faoliyat olib borgan maydonlarda (qishloq xo‘jaligi ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish) tuproq va uning ostki qatlam gruntlarining suv va shamol kuchi ta’sirida yuvilishidir. Zoogen (yaylov) eroziya – yaylovlarda chorva mollarining boqilishi natijasida ularning tuyoqlari bilan o‘simliklar kesilib bo‘shagan tuproqlar va o‘tlash jarayonida yulingan o‘tlar ostida jipsligi bo‘shashgan o‘tli tuproq qatlamining shamol va harakatdagi suvlar ta’sirida ko‘chishi. Shamol eroziyasi (deflatsiya) – shamol kuchi ta’sirida tog‘ jinslari va tuproq zarrachalarining ko‘chishi. Suv eroziyasi - tuproq, geologik jinslar va qurilish materiallarining harakatdagi suvlar (erigan qor, yomg‘ir va oqar suvlar) ta’sirida yemirilishi. Suv eroziyasi yonbosh, oqim, tik, chuqur, irrigatsiya, tomchili, chiziqli, tekislik, yer osti eroziyalariga tasniflanadi. Yonbosh eroziya (45-rasm) daryo qirg‘oqlarining yuvilishi ko‘rinishida, oqim eroziyasi (46-rasm) oqim suvlari ta’sirida yuza tuproqlarning yuvilishi ko‘rinishida, tik eroziya mexanik tarkibi yengil 158 45-rasm. Yonbosh eroziyaning ko‘rinishi 46-rasm. Oqim eroziyasining ko‘rinishi 47-rasm. Chiziqli eroziyaning ko‘rinishi 48-rasm. Tekislik eroziyasining ko‘rinishi 159 tuproq qatlamlaridan loyqa zarrachalarining quyi qatlamlarga yuvilishi ko‘rinishida, chuqur eroziya suv o‘zanining joyida chuqurlashishi ko‘rinishida, irrigatsiya eroziyasi sug‘orish jarayonida tuproqning yuvilishi ko‘rinishida, tomchili eroziya yomg‘ir tomchilari ta’sirida tuproq strukturasining buzilishi ko‘rinishida, chiziqli eroziya (47-rasm) suv oqimlari to‘planib oqadigan soylarda tuproqlarning jarlik ko‘rinishda yemirilishidir. Tekislik eroziyasi (48-rasm) butun maydon bo‘ylab yomg‘ir va erigan qor suvlari ta’sirida tuproqlarning nisbatan bir tekis yemirilishi, yer osti eroziyasi yer osti suvlarining yotiq va tik harakati tufayli tog‘ jinslarining buzilishi (erishi) dir. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling