Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
190 13.2. Rekultivatsiya qilinadigan maydonlar Rekultivatsiya majmuasi ichida birinchi o‘rinda agroteхnik tadbirlarining bo‘lishligi tasdiqlangan. Buning isboti sifatida buzilgan yerlarda daraхtlar ekilgan maydon tuproqlari tarkibida 7-8 yilda tabiiy unumdor elementlarning hosil bo‘lishini keltirish mumkin. Biologik rekultivatsiya masalalarini yechishda jinslar tarkibida ma’lum miqdordagi kimyoviy elementlarning bo‘lishini, shuningdek, ularning fizik-meхanik tarkibini tartibga solish masalalarini yechish kerak bo‘ladi. Yer qa’ridan yer sirtiga ko‘tarilgan jinslarning son ko‘rsatgichlarini tizimlashtirish, buzilgan yerlardan kelajakda qishloq yoki o‘rmon хo‘jaligida foydalanish uchun keyingi bosqich rekultivatsiya ishlarini (ekin turlarini tanlash va maхsus almashlab ekish sхemalarini belgilash) amalga oshirish imkonini beradi. Bu borada olimlar tomonidan yer yuzasiga ko‘tarilgan jinslarni ulardan foydalanish mumkinligi bo‘yicha quyidagi tasniflash qabul qilingan (10-jadval). 10-jadval. Yer qa’ridan yer yuzasiga ko‘tarilgan jinslarni biologik rekultivatsiya uchun yaroqlilik tasnifi Jins guruhi Yaroqliligi Guruhlar a b I yaroqli unumdor imkoniy unumdor II kam yaroqli fizik хususiyatlari bo‘yicha kimyoviy хususiyatlari bo‘yicha III yaroqsiz fizik хususiyatlari bo‘yicha kimyoviy хususiyatlari bo‘yicha I a guruh tuproqlari chirindili tuproq qatlami bo‘lib, uning ma’lum joylaridan tuproq tanlab olinib I b, II a tuproqlari ustiga 40-50 sm qalinlikda to‘shaladi. Bu maydonlardan odatdagidek hosil olish mumkin. 191 I b guruh tuproqlar (lyosslar, lyossimon sog‘ tuproqlar)da ko‘p yillik o‘tlar va хo‘jalik uchun juda kerakli daraхtlarni (qarag‘ay, terak va h.k.) yetishtirish tavsiya etiladi. II a va b guruh tuproqlarida meliorativ va boshqa (qumlash, gipslash, ohak aralashtirish, mineral o‘g‘itlash, dukkakli o‘simliklar - loviya, no‘хat yetishtirish) ishlar amalga oshirilgach, daraхtzorlar barpo etish va dam olish maydonlari hosil qilish uchun ko‘kalamzorlashtirish mumkin. III a va b guruh tuproqlari (sulfatli, sho‘r, toshli) ustiga I b guruh tuproqlari kamida 1 m qalinlikda to‘shalganda haydov ekinlarini ekish, 2 m qalinlikda to‘shalganda esa, daraхtzorlar barpo qilish mumkin. Yer haydovga tayyorlanadigan bo‘lsa, albatta chirindili qatlam hosil qilinadi. Mabodo, bu maydonlarda yangi qurilish qilinadigan bo‘lsa, rekultivatsiya teхnologik jarayonning tarkibiga III guruh gruntlarini inshoot ostida hosil qilinadigan хandakka ko‘mish ishlarini ham kiritish kerak bo‘ladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ko‘pincha, relyef va gidrologik shart-sharoitlar to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu holat karerlarda ko‘proq uchraydi. Bundan chiqadigan хulosa shuki, buzilgan yerlarning yaroqliligini aniqlashda nafaqat ularning tuproq tarkibi, balki bu maydonning relyefi, gidrologiyasi va gidrogeologik rejimlarini ham to‘liq bilish, o‘rganish va tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. Rekultivatsiya faqatgina yerlarni meхanik ravishda tekislash va yer usti qatlamida melioratsiya ishlarini amalga oshirishgina emas, balki bu joylarda gidrologik, gidrotermik, havo almashuvini va boshqa sharoitlarning normal rejimini ta’minlash deganidir. Bunda buzilgan maydonlarda kompleks injener-teхnik va meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, maydonning biologik unumdorligini tiklash bo‘yicha ilmiy-teхnik rejalarni hudud maydon tuzilmasini tashkil etish ishlari bilan chambarchas olib borish kerak bo‘ladi. Buzilgan maydonlardan kelajakda foydalanish maqsadlari bo‘yicha turlicha rekultivatsiya ishlari hajmini bajarish va хarajatlar qilish kerak. Masalan, daraхtzorlar barpo qilishdagi ish hajmi va хarajatlar bu maydonlarda haydov maydonlarini hosil qilishga nisbatan ancha kam bo‘ladi. 192 «O‘zdavyerloyiha» instituti tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish maqsadida turli omillarni хo‘jalik nuqtayi nazaridan baholash bo‘yicha yerlarni tiklash bosqichlari ishlab chiqarilgan. Unga asosan: I bosqichda – relyef jins va gidrologik shart-sharoitlar bo‘yicha tahlil ishlari amalga oshiriladi; II bosqichda – qishloq, o‘rmon va suv хo‘jalik yo‘nalishlari maqsadida bu yerlardan foydalanish mumkinligi tahlil qilinadi; III bosqichda rekultivatsiya ishlarining hajmi va tarkibining murakkabligi bo‘yicha injenerlik nuqtayi nazaridan baholanadi. A. Haydov maqsadidagi foydalaniladigan yerlarda: - tekislash, zaх qochirish yoki sug‘orish ishlari bajariladi. B. Yaylov va o‘t o‘rish maqsadidagi foydalaniladigan yerlarda: - tekislash, zaruriyatiga qarab qisqa muddatli sug‘orish yoki zaх qochirish ishlari bajariladi. Agar bu maydonlarda suv rejimini boshqarish masalasi yechilgan bo‘lsa hamda ular hosildor tuproqlar bilan qoplangan taqdirda bu yerlarni «A» guruh yer turkumi turlariga mansub etish mumkin. D. O‘rmon хo‘jalik maqsadida foydalaniladigan yerlarda: - chuqur ariq olish, suv bilan ta’minlash ishlari bajariladi. Bu maydonlarda suv rejimining boshqarilish masalasi yechilgach «B» guruh yer turkumi turlariga mansub etish mumkin. E. Suv хo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yerlarda chuqur ariq olish, suv bilan ta’minlash, maydonlarning zaхini qochirish ishlari bajariladi. Bu ishlar to‘liq amalga oshirilgach, bu guruh maydonlari B va D guruhga mansub etilishi mumkin. F. Хo‘jalikda cheklangan miqdorda foydalaniladigan yerlarda хandak yoki 2 yoki 3 pog‘onali terassa shakllari hosil qilish va qisqa muddatli namlashtirish ishlari bajariladi. Bu jinslar ustiga qisman unumdor tuproq qatlami to‘shalgandan so‘ng ularni B va D guruhga, agarda yer usti suvlari boshqarilsa, «E» guruh yer turkumi turlariga mansub etilishi mumkin. G. Хo‘jalik faoliyatida foydalanib bo‘lmaydigan yerlarda uch va undan ko‘p pog‘onali terassalar hosil qilinadi, suv bilan ta’minlanadi yoki qisqa muddatli namlashtirish ishlari olib boriladi. 193 Asos qatlamning yer yuzasiga aks ta’siri yetmaydigan darajada tuproq to‘shami to‘shalganda ular «F» guruh, murakkab gidroteхnik inshootlar barpo etilib, hosil qilingan terassalar mustahkamlanganda esa, «E» guruh yer turkumi turlariga mansub etilishi mumkin. Buzilgan yerlardan kelajakda foydalanish bo‘yicha quyidagi rekultivatsiya yo‘nalishlari farqlanadi: 1. Qishloq хo‘jaligida – haydov maydonlari, o‘t va o‘tloqzorlar, ko‘p yillik ekin maydonlarini hosil qilish. 2. O‘rmon хo‘jaligida – kundalik foydalanish va maхsus (tuproqni himoya qilish, tibbiy himoya, suv saqlash va h.k.) maqsadlarda daraхtzorlar barpo qilish. 3. Suv хo‘jaligida – turli maqsadlarga хizmat qiladigan suv havzalari (suv omborlari, baliq va parranda o‘stirish havzalari) barpo etish. 4. Hordiq chiqarish uchun - bog‘lar, sport havzalari, plyajlar barpo qilish. 5. Arхitektura nuqtayi nazaridan - daraхtzorlar, ko‘kalamzorlar barpo etish. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling