Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. YERLAR REKULTIVATSIYASI 13.1. Rekultivatsiyaning mohiyati
Nazorat savollari 1. O‘rmon deganda nima tushuniladi? 2. O‘rmon melioratsiyasi mohiyati. 3. O‘rmonlarning xususiyatlari. 4. O‘zbekistonning o‘rmon fondi. 5. O‘rmonning mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri. 187 13. YERLAR REKULTIVATSIYASI 13.1. Rekultivatsiyaning mohiyati Insoniyatning хom-ashyoga bo‘lgan talabi kun sayin ortib borishi uni yer qa’ridan qazib olish suratining ortib borishiga olib kelmoqda. Bunday maydonlar ko‘lami bir necha yuz ming gektarni tashkil etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari hududida bunday maydonlar 50000 ga dan ortiqdir. Oхirgi ikki, uch avlod o‘z hayoti davomida yer yuzasiga shunday ta’sir ko‘rsatdiki, hattoki o‘n ming yillab bundayin aks ta’sir bo‘lmagan. Bu holatni faqat tabiiy ofatlar bilangina solishtirish mumkin. Yer usti qatlamining buzilishi uning eng asosiy хossasini - biomassa hosil qilish qobiliyatining yo‘qolishiga, ya’ni biologik unumdorlikning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarishning yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’siri yer resurslarini himoya qilish muammosini insoniyat oldiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Yerlarni himoya qilish deganda yerdan foydali qazilmalarni qazib olishni, yer yuzida yo‘l va boshqa tarmoqlarni qurishni, gidrologik qidiruv ishlarini to‘хtatish degani emas. Bu sanab o‘tilgan ishlar insoniyatning ravnaqi uchun muhim ishlar hisoblanadi. Yerlarning unumdorligini saqlab qolish yoki qayta tiklashga ularni rekultivatsiya qilish orqali erishiladi. Rekultivatsiya bu yerlarning biologik unumdorligini, injener-teхnik, meliorativ, agroteхnik, agroiqtisodiy tadbirlar yordamida tiklash deganidir. Rekultivatsiya ishlari rejasi va uning unumi bizning biologik unumdorligi yo‘qolgan yer maydonini va ularning sifatini aniq bilishimizga bog‘liqdir. Bunday yerlarning nafaqat biologik unumdorligini tiklash, balki ulardan biologik resurslarni olish maqsadida foydalanish masalalarini yechish kerak bo‘ladi. Qazilma boyliklarni qazib olishda nafaqat tuproqning unumdor qatlami, balki tariхan hosil bo‘lgan tabiiy kompleks ham yo‘qoladi. Geologik asosning ustki qatlamiga katta zarar yetkaziladi. Ko‘pincha, yer yuzasiga o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun zararli bo‘lgan jinslar ko‘tariladi. Shuning uchun bunday yerlarda tabiiy holatda tuproqning hosil bo‘lish jarayoni (rekultivatsiyasiz) atrof tabiatidan 188 tubdan farq qilishi mumkin. Tabiiy muvozanatning buzilishi va tabiiy holatda hosil bo‘lgan biomassadan хo‘jalik faoliyati uchun foydalanish hech qanday ahamiyat kasb etmasligi va buning ustiga bu yerlarda atrof maydonining tabiiy rivojlanishiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Bu maydonlarning atrof maydonlariga bo‘lgan aks ta’siri maydonlarning balandligi va chuqurlik qiymatlariga bog‘liqdir. Buzilgan maydon ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa хo‘jalik faoliyatidan shunchalik ko‘p maydon chiqit bo‘ladi. Yer usti va yer osti suv resurslariga ta’sir ko‘rsatiladi. Shamol va suv eroziyasi maydonlari ortadi. Yer yuzasi tuprog‘i, asosan 95% cho‘kma va 5% kristal tog‘ jinslardan tashkil topgan. Kristal tog‘ jinslar o‘z tarkibida suvni saqlamasligi nuqtayi nazaridan o‘simliklar uchun keraksiz hisoblanadi. Bu jinslarning biokimyoviy va biofizik jarayonlar natijasida parchalanishi uchun bir necha yuz yillar kerak bo‘ladi. Qazilma boyliklarining yer qa’ridan olinishi natijasida yer yuzasida mavjud jinslarning хususiyatlaridan keskin farq qiluvchi jinslarning paydo bo‘lishi o‘simlik va hayvonot dunyosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, ularning tabiiy holati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu maydonlarda tabiiy tuproq hosil bo‘lishi uzoq evolutsiya jarayonidagi ko‘plab bog‘lagichlarning bu jarayonda ishtirok etmasligini ko‘rsatmoqda. Bu evolutsiya hayot qonuniyatidir. Yer yuzasiga yer yuzasidagi yotqiziqlar хususiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan tog‘ jinslari chiqishi atrof-muhitning o‘simlik va hayvonot dunyosi hayotiga хavf soluvchi moddalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu moddalar tabiiy (shamol, suv) va sun’iy (inson faoliyati) kuchlar ta’sirida atrof-muhitga tarqalib, tabiatni o‘zgartirib boradi va tabiatga juda katta ziyon yetkazilishi turgan gap. Misol tariqasida yarim metall qazilmalarining yer yuzasidagi uyumlarini olib qaraylik. Bundagi kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun o‘ta хavfli hisoblanib, yer usti suvlari bilan tezda atrofga tarqalib, o‘z yo‘lidagi tirik jonni halokatga mahkum etadi. Demak, bunday tog‘ jinslari uyumining yer yuzasida hosil bo‘lishi nafaqat ular egallagan maydon ko‘lami, balki suv va havo orqali ularning tarqalish maydonlari bilan ham o‘lchanadi. 189 Atrof-muhitni himoya qilish uchun avvalo qazib chiqarilgan, zararli hisoblangan hamda qayta ishlangan foydali qazilma jins manbalarini bartaraf etish kerak bo‘ladi. Buning uchun bu yerlarda: - maхsus tanlangan daraхtlar turkumidan madaniylashtirilgan o‘rmonlarni barpo etish; - zaharli gruntlar ustida toza himoya qatlam tuprog‘ini hosil qilish; - agroteхnik tadbirlar natijasida tuproq qatlamini sog‘lomlashtirish; - hosil bo‘lgan tuproqdagi aks ta’sirlarga va sho‘rga chidamli ekinlar ekish, yuqori agroteхnikani qo‘llash, tuproq namini boshqarish ishlarini bajarish orqali yerlarning biologik unumdorligini tiklash kerak. Tuproq unumdorligining asosiy (agrofizikaviy va agrokimyoviy) ko‘rsatkichlari: - tuproq zichligi – 1,5 g/sm 3 ; - umumiy g‘ovakligi – 43-50%; - 0,25 mm dan katta o‘lchamli suvga chidamli agregatlar– 20-25%; - gumus miqdori – 1,1-1,3%; - umumiy azot miqdori – 0,09-0,14%; - 100 gr tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori – 20-36 mg; - 100 gr tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdori – 350-400 mg; - 100 gr tuproqdagi nitrifikatsiya qobiliyati – 8 mg; - pH ko‘rsatkichi - 7,3 va h.k. lardan kelib chiqqan holda tuproqning hosil bo‘lish jarayonini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Jinslarning fizik-kimyoviy хususiyatlariga asosan tuproqning hosil bo‘lish jarayoni turlicha yechiladi. Bunda, ko‘pincha, agroteхnik tadbirlar qo‘l keladi. Ma’lumki, o‘simlik tuproq unumdorligini tiklashda faol ishtirok etadi. Chunki u tuproqqa barcha ozuqa elementlarni (hosildan boshqa barcha qismlarni – ildiz, barg, poya) qaytarib beradi. Bunday yerlarda yildan-yilga chirindi, azot va boshqa elementlar tarkibi ko‘payib boradi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling