Sug‘orish tarmog‘i - suvni manbadan olib sug‘orish dalasiga yetkazib
beruvchi doimiy va muvaqqat suv o‘tkazgichlar (kanallar, quvurlar) tarmog‘i.
Sug‘orish tarmog‘ining foydali ish koeffitsienti - sug‘orish uchun bevosita
sarf qilingan suv miqdorining suv manbaidan olingan suv miqdoriga nisbati.
Sug‘orish texnikasi - sug‘oriladigan maydonga yetarli miqdorda suv berish,
uni maydon bo‘yicha tekis taqsimlash, suvning tuproqqa shimilishini ta’minlash
orqali tuproqning aktiv qatlamida zarur namlikni hosil qilish ishlari majmui.
Sug‘orish texnologiyasi - turli texnik moslamalar sug‘orish usullaridan
foydalangan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona sug‘orishni tashkil qilish va
o‘tkazish.
Sug‘orishni avtomatlashtirish - yerni insonning bevosita ishtirokisiz
sug‘orish.
Tekislash - ekin maydonidagi baland joylar tuprog‘ini past joylarga keltirib
to‘kish, ya’ni undagi past-balandliklarni, o‘nqir-cho‘nqir joylarni bartaraf etish orqali
shu maydon yuzasida zarur nishablikka erishish.
Tomchilatib sug‘orish - ekinlarni sug‘orish usullaridan biri. Bunda sug‘orish
suvi quvurlar tarmog‘idan maxsus tomchilatgichlar yordamida tuproqning bevosita
o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlamiga beriladi.
Transpiratsiya koeffitsienti - o‘simliklar orqali bug‘lanish koeffitsienti.
O‘simlikning 1 g modda hosil qilish uchun sarflaydigan gramm hisobidagi suv
miqdori. Bu miqdor tajriba orqali aniqlanadi.
Tuproq - yer qobig‘ining sirtidagi o‘simliklarni butun o‘sish va rivojlanish
davrida suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta’minlab turish qobiliyatiga ega bo‘lgan
ustki unumdor tog‘ jinslari qatlami.
Tuproq eroziyasi - yog‘in suvlari, shamol, harorat almashinuvi kabi xodisalar
ta’sirida yer yuzasining o‘zgarishi va tarkibining buzilishi.
Tuproq namligi - mutloq quruq tuproq massasiga, ya’ni tuproqning mutloq
namligining hajmiga (tuproqning hajmiy namligiga ) nisbatan % larda ifodalanuvchi
suv miqdori.
203
Do'stlaringiz bilan baham: |