Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Tuproqning aeratsiya zonasi - tuproq qatlamining havo bilan to‘lgan bir 
qismi.
Tuproqning suv singdiruvchanligi - tuproqning suv shimish, suvni yuqoridan 
pastga o‘tkazish xususiyati.
Tuproqning suv tartiboti - tuproqda suvning doimiy harakatda bo‘lishi, 
ma’lum miqdorda namlanishi, namning bug‘lanishi yoki ushlanib turishi. 
To‘la nam sig‘imi - tuproqdagi barcha kapillyar, nokapillyar g‘ovaklar va 
bo‘shliqlar tamomila suv bilan to‘yingan holatda undagi suv miqdori.
Vegetatsiya davri - bir yillik o‘simliklar uchun urug‘ning unishidan boshlab 
yangi urug‘ning pishib yetilishigacha bo‘lgan davr, ko‘p yillik o‘simliklar uchun esa 
ko‘klamdan qishki tinim davrigacha kechadigan hayot faoliyati, ya’ni o‘sish, 
rivojlanish davri. 
Vertikal zovur (tik zax qochirish) - chuqur qazilgan burg‘i quduqdan 
qurilgan zovur. Quduqdan chiqadigan suv chuchuk bo‘lganda undan ekinlarni 
sug‘orishda ham foydalaniladi. 
Yaxob - qish va baxor mavsumlarida sho‘r yuvish yoki tuproqda nam to‘plash 
maqsadida beriladigan sug‘orish. 
Yerdan foydalanish koeffitsienti (YFK) - sug‘oriladigan maydonning 
umumiy foydalanadigan maydonga nisbati.
Yerni mulchash (ing. Mulch - o‘simlik ildizi bilan qoplamoq) - tuproq yoki 
ekinni mulch qog‘oz, chirigan go‘ng va boshqa materiallar bilan qoplashdan iborat 
agrotexnik usul. 
Yerni o‘zlashtirish koeffitsienti (YO‘K) - umumiy foydalaniladigan 
maydonning yalpi maydonga nisbati.
Yomg‘irlatish, yomg‘irlatib sug‘orish - ekinlarni sug‘orish usullaridan biri 
bo‘lib, bunda suv maxsus mashina yordamida sun’iy yomg‘ir xoliga keltirilib, tuproq 
va o‘simliklar ustidan sepiladi. Sug‘orish harakatlanadigan yomg‘irlatish mashinalari 
va ko‘zg‘almas qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.


204
Yopiq egat- nishabi 0,001-0,0005 va undan ham kichik bo‘lgan yerlarda 
olinadigan, suv sarfi 1-2 l/s, uzunligi 40-100 m bo‘ladigan, berilgan suvlar oqib 
ketmaydigan egatlar.
Yotiq zovur - yer zaxini qochirish, sizot suvlari sathini pasaytirib, yig‘ilgan 
zax suvlarni oqizib yuborish uchun qazilgan kanal yoki tor ariq. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling