Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
O‘rmonning mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
12.3. O‘rmonning mikroiqlim va o‘simlik hosildorligiga tasiri
O‘rmonning unumdorligini tashqi muhit, ayniqsa iqlim belgilaydi. Bunda yog‘in miqdori hal qiluvchi o‘rinda turadi. Ko‘p yog‘inli tropik hududlarda yaproqli o‘rmonlar o‘sib, ularning turi juda xilma-xil bo‘ladi. Sovuq hududlarda bir tarkibli (xvoyni) daraxtlar egallasa, dasht hududlarda keng yaproqli o‘rmonlar tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasining xududida tabiiy o‘rmonzorlar juda ham kam. Faqat tog‘lik mintaqaning biroz qismi siyrak joylashgan o‘rmon daraxtlari bilan band. Lekin ular sun'iy ravishda barpo etilgan o‘rmonzorlar va o‘rmon daraxtlari 182 bilan birgalikda paxtachilik majmuini, umuman respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tog‘lik mintaqada joylashgan o‘rmonzorlar kanalarga suv oladigan daryolar rejimini bir me'yorda saqlashga yordam beradi, chorvachilik uchun ozuqabob o‘simliklardan yaylov sifatida foydalanishida xizmat qiladi. Sug‘oriladigan mintaqada barpo qilingan va qilinayotgan o‘rmon daraxtlari yerlarni botqoqlanish va sho‘rlanishdan saqlaydi, suvdan tejamli foydalanishga imkon yaratadi. Daladagi ekinlarni kuchli tezlikdagi shamollardan, ayniqsa “garmsel” shamolidan asraydi, mikroiqlimni yaxshilaydi. Bularning hammasi ekinlar hosildorligini anchagina oshirishga sharoit yaratadi. Ilmiy tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra o‘rmon daraxtlari o‘tqazuvi bilan himoyalangan dalalarda paxta hosildorligi himoyalanmagan dalalarga nisbatan 20- 30% ortiq. Hozirgi kunda xam “garmsel” va kuchli shamollarning salbiy ta'siri qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi, ayniqsa bu holat yangi o‘zlashtirilgan yerlarda kuzatiladi. Tabiiy o‘rmonzorlar aholi punktlaridan uzoq masofada joylashganligi va ulardan olinadigan yog‘ochlar sifati bo‘yicha talabga javob bermasligi tufayli mahalliy xalq qadimdan sug‘oriladigan yerlarda o‘rmon daraxtlarini sun'iy ravishda o‘stirish bilan shug‘ullanib kelgan. Ular doimo dalalar va tamorqa yerlari atrofiga, kanallar va yo‘llar yoqasiga daraxtlar o‘tqazib kelganlar. Ixota o‘rmonzorlarning shamol oqimiga ta'siri. O‘rmon ixotalarning aerodinamik samarasi ularning konstruksiyasiga, shamolni o‘tkazish darajasini, shamol tezligiga, shamol oqimining ixotaga kelib to‘qnashish burchagiga, ixota balandligiga, joyining relef elementlari bo‘yncha joylashishiga bog‘liq. Ixota o‘rmonzorlarining samarasi ularning tasiri uzoqligi va shamol tezligini bilan o‘lchanadi. O‘rmon yo‘laklari shamol kuchiga uning balandligining 30 marotabasiga teng bo‘lgan masofagacha ta'sir qiladi. O‘rtacha 3-7 m/s li shamol kuchida 20xN masofada shamolning kuchi 37-40 % ga kamayishi kuzatilgan. Ta'sir uzoqligi daraxtzorlarning balandligi bilan o‘lchanadi (N). Zich konstruksiyasiga ega bo‘lgan ixota o‘rmonzorlarida havo oqimi o‘z kuchini 183 ihotalardan 7-10xN masofada susaytirishni boshlaydi va 15-20xN ni tashkil etadi. Umumiysi 25xN dan ortmaydi. Shamol tezilgi o‘rtacha 30-35% ga kamaytiradi ( 51- rasm). 5-rasm. Shamol oqimiga daraxt qatorlarining ta'siri Panjarasimon o‘rmon ixota shamol oqimini ikki qismi ajratib aerodinamik diffuzor shaklida harakatlanadi: bir oqim, daraxt shox-shabbalarning ta'sirida ixotadan oshib o‘tadi, boshqasi ixotaning yer yuza qismidagi tana yog‘ochlari orasidan o‘tadi. Shamol tezligining susayish samarasi 35-40xN ni tashkil etadi va shamol tezligini 35-40% ga susaytiradi. To‘rsimon ixotalar xam yaxshi samara beradi. Ular shamol esishiga kataksimon ekran shaklida ta'sir etadi. Umumiy ta'sir uzokligi 35-40xN. Ixota o‘rmonzorlarining havo harorati va namligiga ta'siri. Ixota oraliqlaridagi havo harorati va namligi shamol faoliyatning o‘zgarishi va turbulentli almashinuv o‘zgarishiga bog‘liq. O‘rmon yo‘laklarining yer usti havo harorati va bug‘lanishga ta'siri. O‘rmon yo‘laklari orasdagi kechki havo harorati ochiq dasht-sahro dalalarinikidan yuqori bo‘lib, farq zich shamol to‘sadigan yo‘laklarda 1-3 0 S, to‘rsimonda yo‘laklarda 0,5-1 0 S bo‘ladi, shamol yuradigan yo‘laklarda qariyib o‘zgarmaydi. Havoning nisbiy namligi o‘rmon yo‘laklari orasida 3-5 % ga, absolyut namligi 0,5-1 ga ochiq dalalarga nisbatan yuqori bo‘lib, issiq shamol (garemsell) vaqtida nisbiy namlik 8-10 %ga ko‘p bo‘ladi. 184 O‘rmon yo‘laklari ochiq suv havzasidan suvning bug‘lanishini 30% gacha kamaytiradi. Shu bilan birga tuproq yuzasidan va o‘simlikdan namning bug‘lanishni kamaytiradi. Yilniig issiq faslida o‘rmon ixotalari havo harorati ochiq yerlardagiga nisbatan 1-2S ga yuqori bo‘ladi. Ixota o‘rmonzorlar tuzilishi zichlashgan sari harorat ortib boradi va ixota ortida yilning issiq havosida 5-6 ni tashkil etadi. yer yuza qismining havo namligiga ixota o‘rmonzorlar ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ixotalar orasidagi uchastkalarda havoning nisbiy namligi o‘rtacha 2-3% ortadi. yer yuza qismning havo namligiga ixota o‘rmonzorlar ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ixotalar orasidagi uchastkalarda havoning nisbiy namligi o‘rtacha 2-3% ortadi. Havoning quruq kunlarida nisbiy namlik 8-10% ga ortadi. Bulutli kunlarda ochiq yerlardagi va ixotalar oraliqlaridagi uchastkalarning namligini farqi kuzatilmaydi. Havo harorati va namligiga ixota o‘rmonzorlarning ta'sir uzoqligi 10-15xN dan ortmaydi. Ushbu zonada o‘rmon dasht sharoitida quruq havoda nisbiy namlik optimal ko‘rsatgichga yaqin bo‘ladi (70%) o‘simlik uchun kritik namlik (20%)o‘rmon ixotalari mavjud hududlarda kuzatilmaydi. Ixota o‘rmonzorlarining bug‘lanishga ta'siri. Ixota o‘rmonzorlari tizimida havo haroratining qisman ko‘tarilishi bug‘lanishning ortishiga aytarli ta'sir ko‘rsatmaydi. G.N.Visotskiy bo‘yicha namlik koeffitsienti yillik yog‘ingarchilik miqdorining shu davrdagi bug‘lanish ko‘rsatgichiga nisbatan bilan aniqlanadi. O‘z navbatida qurg‘oqchilik sharoitlarda ixotalar oraliqlaridagi uchastkalar bug‘lanishining pasayishi namlik koeffitsientining ortishiga olib keladi. Sug‘oriladigan yerlardagi ixota o‘rmonzorlar suvning befoyda bug‘lanishini kamaytiradi. O‘rmon yo‘laklarining tuproq namiga va qor tushishiga ta'siri. O‘rmon yo‘laklari orasidagi qor to‘shami ochiq daladagiga nisbatan 1,5-2 marotaba ko‘p saqlanadi, ammo notekis taqsimlanadi. Qorning taqsimlanishi o‘rmon yo‘laklarining konstruksiyasiga bog‘liq. Shamol o‘tmaydigan o‘rmon yo‘laklarida qor daraxt ostiga to‘planadi. To‘rsimon yo‘laklarda qor 120 m masofagacha 1 m gacha bo‘lgan qalinlikda to‘shalsa, shamol o‘tadiganlarda bu to‘sham 200 m gacha boradi. Qor to‘shami kuzda ekilgan ekinlarni muzlashdan himoya vositasini o‘taydi. O‘rmon yo‘laklari orasida qor bahorda ochiq dalaga nisbatan tez erib tuproqqa kam 5-6 % 185 ko‘proq shimiladi, suvni oqovaga aylanishi kam kuzatiladi, tuproq kamroq yuviladi. Ixota oraliqlarida qor katlamalarining bir tekis joylashishi, yog‘ingarchilik suvlarini o‘ziga shimdirishi, befoyda bug‘lanishni kamaytirish hisobiga o‘rmon ixotalari joylashgan yerlar ochiq yerlarga nisbatan 10-30% namlikni ko‘proq o‘zlashtiradi. Zich konstruksiyaga ega bo‘lgan ixota o‘rmonzorlar qorni katta hajmda to‘playdi. Lekin o‘zi qamragan dalalar bo‘yicha tekis taqsimlamaydi. Natijada namlik tuproqda teng taqsimlanmaydi. Ixota o‘rmonzorlar o‘zlari katta miqdordagi namlikni transpiratsiyalaydi. 15 yoshli terak yoki tol daraxti o‘zining vegetatsiya davrida 80- 100 m 3 suvni transpiratsiyalaydi, natijada ixota egallagan yerda vegetatsiya davri oxirida yer osti suvlarning sathi chuqurlashadi. Ixota o‘rmonzorlarning yerni qurutish qobiliyati sug‘orladigan yerlarda biologik jarayon sifatida foydalaniladi. Kanallar atrofidagi yerlarning yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘ladi, bu ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi. Ixota daraxtzorlari yer osti suvi satxini 3 m chuqurlikkacha pasaytiradi. O‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik o‘simliklari transpiratsiyasiga ta'siri. Ochiq joylardigi yerlarda issiq izg‘irinli shamolda transpratsiyaning keskin ortishi o‘simliklar hosildorligiga salbiy ta'sir etadi. Transpiratsion koeffitsient bo‘yicha o‘simlik suvni o‘zida qancha o‘zlashtirishini aniqlash mumkin. Bu koeffitsientlar o‘simliklarning ontogenetik rivojlanish jarayonlarida fizik va biologik olimlar bilan aniqlanadi. Bunda meteorologik iqlim omillarining ta'siri va turli agrotexnik usullarining ta'siri tushuniladi. Ayrim qishloq xo‘jalik ekinlarining vegetatsiya davri davomidagi transpsiratsiyasi ko‘rsatgichlari - bug‘doy: ixota o‘rmonlarida – 126 mm, ochiq joyda 86 mm bo‘ladi. O‘simliklarining transpiratsiya koeffitsienti o‘rmon ixotalari ta'sirida 15% ga kamayadi. O‘rmon yo‘laklarining qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta'siri. O‘rmon yo‘laklari orasidagi tuproqlar chirindiga boy bo‘lib, ularda azot va fosforning miqdori himoyalanmagan ochiq dalalarnikiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Shu bilan birga tuproq strukturasi ham yaxshi bo‘ladi. O‘rmon yo‘laklari orasidagi maydonlarida ochiq maydonlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi boshoqli don ekinlarida 186 20-30 % ga, poliz ekinlarida 50-70% ga yuqori bo‘lishi kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlar qurg‘oqchil yillarda juda sezilarli bo‘ladi. O‘rmon yo‘laklarini mahsuldorligi bu daraxtlar tarkibida mevali va texnik daraxtlar: o‘rik, tut, yong‘oq, olma, nok va h.k. qo‘llanilganda ortadi. Ixota o‘rmonzorlari mavjud dalalarda qishloq xo‘jalik ekinlari xosildorligi ochiq joydagi ekinlar hosildorligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ixota o‘rmonzorlari bilan o‘ralgan daladagi ekinlar hosildorligining ortishi u yerlardagi mikroiqlimning yaxshilanishi, tarnpsiratsiya intensivligi va mahsuldorligining yig‘indisi, tuproqni va ekilgan urug‘larni, nihollarni shamol ta'sirida zararlanishini saqlash bilan bog‘liq. Ixota o‘rmonzorlarining hosildorlikka ta'siri ular balandligi 1, 5- 2 m bo‘lgandan boshlanadi. Ixotlar balandligining ortishi bilan ularning himoyalash maydoni ortib boradi va ixotaning samarasi ham ortadi. O‘rmon bilan ixotalangan paxta dalalarida paxtaning hosildorligi yuqori bo‘lishi kuzatildi. Kuzatilgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ixotalangan paxtaning hosili ularga yuqori agrotexnika, o‘g‘it berish, almashlab ekish maydonlari qo‘llanilganda ochiq joydagi yerlarda o‘stirilgan paxtaga nisbatan 8- 20 % alohida holatlarda 40% gacha ko‘tarilgan. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan quyidagilari ixota o‘rmonzorlari barpo etilgan dalalarda qo‘shimcha hosilining ko‘rsatkichlari: kuzgi bug‘doy-2,3 s/ga; bahorgi bug‘doy-1,4 s/ga; makkajo‘xori doni-3,5 s/ga; kungaboqar-1,7 s/ga; paxta-2,9 s/ga. Ixota o‘rmonzorlar, bulardan tashqari hosildorlikning ortishiga mikroiqlimni yaxshilash bilan bilvosita ta'sir ko‘rsatadi. Ular tuproqni defolyasiyadan, urug‘larni, nihollarni uchirib ketishdan, kuzgi bug‘doyni sovuq urishidan saqlaydi. Bularni hisobiga olganda hosildorligi ya'ni ixotalarning iqtisodiy samaradorligi yana birmuncha ortadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling